Berdiyeva dilbar evodullayevna o ’ zbekiston Respublikasi ta


Pedagogika fanining paydo bo



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/24
Sana03.06.2022
Hajmi0,67 Mb.
#631183
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
BERDIYEVA DILBAR AMALIY

2. Pedagogika fanining paydo bo

lishi va rivojlanishi. 
Pedagoglik kasbining
shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog'liq. Terib-termachlab kun kechirgan
ibtidoiy davr kishilari bolalarni o'zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt
mevalarini terish, o'simliklarning ildizini kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi
harakatlarni amalga oshirishni o'rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug')ning tajribali
kishilari yoki keksalar tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish
yo'lida olib borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida
ma'lumotlarni berib, ularda amaliy ko'nikmalarni shakllantirganJar. Turli tovushlarni chiqarish
yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning
namunalari asosida o'zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo'lgunga qadar bu kabi harakatlar


imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni sodir etgan nutq va
yozuvning paydo bo'lishi, shuningdek, urug' jamoasi tomonidan bajariladigan mehnat
faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan munosabatning ilg'or (progressiv)
xarakter kasb etishiga imkon berdi.
Turli tabiiy ofatlar ta'siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan
kasalliklarni davolash, hayot kechirish uchun yetarli oziq-ovqatlarni jamlab olishga bo'lgan
tabiiy ehtiyoj yoshlarga hayotiy tajribalarni ma'lum mehnat faoliyati yo'nalishida yetarlicha
bilimga ega bo'lgan kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiq ekanligini ko'rsatdi.
Natijada bolalarga hayot tajribalarini o'rgatuvchi kishilar guruhi shakllandi hamda bolalarga
ma'lum yo'nalishlar bo'yicha bilimlarni berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi.
Dastlabki maktablar qadimgi Sharqda (Vavilon, Misr, Hindistonda) paydo bo'lib, ularda
bolalarga ma'muriy-xo'jalik boshqaruvi asoslari o'rgatilgan.
Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi
sifatida faoliyat olib borganlar.
Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiva deb nomlangan. 
«Akademiya»
so'zi
afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina
yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o'z shogirdlariga ma'ruzalar o'qigan
bo'lib, keyinchalik ta'lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan.
Qadimgi Rim va Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.
Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, quldorlik tuzumida bolalarni ta'lim maskanlariga
olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular 
«pedagog»
deb nomlanganlar. Ushbu
tushunchaning ma'nosi «bola yetaklovchi» demakdir.
Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizimli bilimlarni berish bilan
doimiy shug'ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar.
Feodalizm davrida aksariyat maktablar masjid (musulmon mamlakatlarida) yoki
ibodatxonalar (Hindiston) qoshida tashkil etilgan. Bunday maktablarda yoshlarga diniy bilimlar
bilan birga dunyoviy bilimlar ham o'rgatilgan.
O'rta asrlar davrida, Sharqda akademiya ko'rinishidagi ta'lim muassasalari ham faoliyat
yuritgan bo'lib, ular 
«Donishmandlar
uyi»
(IX asr, Bag'dod), 
«Ma'mun
akademiyasi»
(XI
asrboshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqane) tarzida
nomlangan. Akademiyalarga turli fan yo'nalishlari bo'yicha kuchli bilimga ega bo'lgan qomusiy
olimlar jalb etilgan bo'lib, ular tomonidan matematika, geodeziya, mineralogiya, meditsina,
astronomiya kabi yo'nalishlarda keng ko'lamli tadqiqotlar olib borilgan.
O'rta asrlar hamda kapital ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyatlarda akademiya
(Sharqda madrasa)lar ko'rinishidagi maktablarda ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk, turli sohalar
bo'yicha mukammal bilimga ega pedagoglarning faoliyat yuritishlariga alohida ahamiyat
qaratilgan. Chunonchi, Muhammad Tarag'ay Ulug'bek tomonidan barpo etilgan madrasalarda
o'z davrining taniqli olimlari 

Ali Qushchi, Taftazoniy, Qozizoda Rumiy, Mavlono
Muhammad, G'iyosiddin Jamshid Koshiy, Muiniddin Koshiy hamda Mansur Koshiylar
talabalarga ta'lim berganlar.
XIX asr oxiri hamda XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidizm harakatining asoschilari,
taniqli ma'rifatparvarlar 

Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori, Hamza Hakimzoda
Niyoziy, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriy, Ismatulla Raxmatullayev, Abdurauf Fitrat,
Isohxon Ibrat va boshqalar aholi orasida nafaqat murabbiy, balki ma'naviy yetuk inson sifatida
ham nom qozondilar. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan
himoyalanish yo'lida olib brogan harakatlari tarbiya g'oyalarining shakllanishiga asos bo'lib
xizmat qilgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo'lib hayot kechirishi
sababli boJalarga tirikchilik o'tkazish yo'lidagi faoliyat (o'simlik mevalari, ildizlarini terish,
hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o'rgatish guruh a'zolari tomonidan
birdek amalgam oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o'yin jarayonlarida
o'zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo'lganligi bois o'g'il va
qiz bolalarni tarbiyalashda o'ziga xos jihatlar ko'zga tashlangan. Oila, xususiy mulk va


davlatning paydo bo'lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida ham tub o'zgarishlarning sodir etilishi,
quldorlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy
talab va ehtiyojlari asosida yo'lga qo'yila boshladi. Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi,
vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi flkrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning
asarlarida muhim o'rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar mustaqil
pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy qarashlar yoki jamiyatni tashkil etish
loyihasining muhim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar
tizimi shakllanishi uchun boshlang'ich asoslar qo'yildi.
Quldorlik tuzumida erkin bo'lmagan kishilar (qullar)ning haq-huquqlari cheklanganligi bois
tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan.
Quldorlik tuzumi o'rnida shakllangan feodal tuzumda pedagogik g'oyalar feodallar manfatlarini
ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g'oyalar yetakchi o'rin
egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar (G'arbda cherkov, Sharqda esa
masjidlar)ning roli osha borib, bolalarni o'qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda
tashkil etildi. Garchi dunyoviy g'oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ'ib
etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko'zga tashlangan bo'lsa-da,
ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko'lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi keskin chora
ko'rish ehtiyoji ilmiy bilimlarni rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. Insoniyat
tarixidan mustahkam o'rin olgan Sharq Uyg'onishi deb nom olgan tarixiy jarayon aynan feodal
tuzumi 

o'rta asrlar davrida sodir boidi. Sharqda buyuk allomalar - Muhammad Muso al-
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg'oniy,
G'arbda esa T.Mor, T.Kampanella, E.Rotterdamskiy, F.Rable, M.Monten va boshqalar
tomonidan har tomonlama rivojlangan, ruhiy va jismoniy jihatdan sog'lom, antik dunyo va
burjuaziya davri yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o'zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g'oyasi
ilgari surildi va puxta asoslab berildi.
Savdo, hunarmandchilik va manufaktura negizida rivojlanib borayotgan ishlab chiqarishni
yanada takomillashtirish yo'lidagi amaliy harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat murakkab
texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga hal etilishini tasdiqladi. Mazkur
davrda ilg'or, progressiv pedagogik g'oyalar ilgari surildi. Aksariyat g'oyalar mazmunida bilim
olishga nisbatan ijtimoiy tenglikni qaror toptirish borasidagi qarash o'z ifodasini topdi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jihatdan asoslandi.
Bu o'rinda pedagogika fani rivojiga o'zining munosib hissasini qo'shgan mutafakkirlar: G'arbda

Ya.A.Komenskiy, D.Didro, J.J.Russo, F.Gerbart, V.V.Disterveg, K.D.Ushinskiy,
A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, Sharqda I.Ibrat, S.Siddiqiy, A.Shakuriy, S.Ayniy,
A.Avloniy, A.Fitrat, H.H.Niyoziy, M.Abdurashidov, M.Behbudiylar shaxsga t a ' l i m berish va uni
tarbiyalash borasidagi qarashlarni yanada boyitdilar hamda ta'lim tizimiga ilm-fan, texnika
yangiliklarini tatbiq etish, o'qitishni yangi t i z i m (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil
etish kabi g'oyalarni ilgari surdilar.
Sobiq Sho'ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari
asosida boyidi, ta'lim muassasalari tizimi shakllantirildi, shuningdek, har tomonlama
(gormonik) rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya
g

oyalarini amaliyotga tatbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi yaratilmadi. O'zbekiston
Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgach, rivojlanish va taraqqiyot yo'li demokratik,
insonparvar va huquqiyjamiyatni barpo etishdan iboratligi e'tirof e t i l i b ,
«Ta'lim
tizimini
tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos
etish»'
davlat siyosatining usluvoryo'nalishlaridan bin deya belgilandi. Asosiy e'tibor yuksak
ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi.
Respublikada ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy mazmun hamda
yo'nalishlari O'zbekiston Respublikasining 
«Ta'lim
to'g'risida»gi
Qonuni va 
«Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» kabi me'yoriy hiyjatlarda belgilab berilgan.


Demak, mavjud sharoitda pedagogika fani barkamol shaxs va malakali mutaxassisni
tayyorlashga yo'naltirilgan ijtimoiy harakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va ularni hal
etish yo'Ilarini o'rganadi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish