Sunami belgilari. Sunamidan darak beruvchi tabiiy signal zilziladir. Sunami boshlanishidan avval, odatda, suv qirg‘oqdan uzoq masofaga chekinadi, dengiz tubi yuzlab metr, hatto bir necha ming metrga ochilib qoladi. Bu holat bir necha daqiqadan yarim soatgacha davom etadi.
To‘lqinlar harakati momoqaldiroqsimon tovush bilan birga kechishi mumkin. Tovush ovozi sunami etib kelgunga qadar eshitiladi. Ayrim hollarda sunami to‘lqini oldidan sohil suv «gilami» bilan to‘shaladi. Qirg‘oqlardagi muz qoplamining yorilishi kuzatilishi mumkin. YAqinlashib kelayotgan tabiiy ofatdan jonzotlarning o‘zlarini notabiiy tutishlari ham darak beradi. Ular xavfni oldindan sezib, balandliklarga ko‘chib o‘tishga harakat qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |