Zilziladan so‘ng qanday harakat qilish kerakǵ Muhtojlarga birinchi yordam ko‘rsating. Vayrona uyumlari ostidan qutqarib olish mumkin bo‘lganlarni ozod qiling.
Ehtiyot bo‘ling! Zarurat bo‘lmasa, telefonni band qilmang. Radiopriyomnikni ishlatib qo‘ying. Mahalliy hokimiyat, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (bo‘limi) ko‘rsatmalariga bo‘ysining.
Elektr simlarida ishdan chiqqan joylar bor – yo‘qligini tekshiring. Nosozlikni bartaraf eting yoki xonadondagi elektr ta’minotini o‘chiring. Kuchli zilzila vaqtida shaharda elektr ta’minoti avtomatik ravishda o‘chishini yodda tuting.
Gaz va suv tizimidagi nosozliklarni tekshiring. Ishdan chiqqan joylarini tuzating yoki tarmoqdan o‘chiring. Ochiq olovdan foydalanmang. Zinadan tusha turib, ehtiyot choralarini ko‘ring, uning mustahkamligiga ishonch hosil qiling.
Kuchli vayronalikka uchragan binolarga yaqinlashmang, ular ichiga kirmang. Kuchli qayta silkinishlarga tayyor turing. Zilziladan keyingi 2 – q soat ayniqsa xavflidir. Ehtiyoj bo‘lmasa binolar ichiga kirmang. Qayta silkinishlar haqida Mish – mishlarni to‘qimang va tarqatmang. Faqat rasmiy ma’lumotlardangina foydalaning. Vayrona uyumlari osida qolgan bo‘lsangiz, xotirjamlik ila vaziyatga baho bering, imkon doirasida o‘zingizga yordam ko‘rsating. Tashqaridagi odamlar bilan aloqa o‘rnatishga (ovoz bilan, taqillatib) harakat qiling. Olov yoqish mumkin emasligi, hojatxona bakidagi suvni ichish mumkinligi, suv quvurlari va isitish batareyalaridan signal berish vositasi sifatida foydalanish mumkinligini yoddan chiqarmang. Kuchingizni asrang. Inson ovqatsiz yarim oydan ortiq chidashi mumkin.
Ko‘chki – tog‘ va jar yonbag‘irlaridan, dengiz, ko‘l va daryolarning tik qirg‘oqlaridan tuproq va tog‘ jinslarining og‘irlik kuchi ostida pastga siljishi.
Ko‘chkining ko‘p uchraydigan sabablaridan biri yonbag‘irning yuvilishi, yog‘i ta’sirida namlanishi, zilzila yoki inson faoliyati (portlatish ishlari va boshq) bo‘lishi mumkin. Ko‘chki hajmi o‘nlab va yuzlab ming kub metrga, ayrim hollarda undan ham oshishi mumkin. Ko‘chki tezligi yiliga bir necha metrdan soniyasiga bir necha metr bo‘lishi mumkin. Ko‘chkining eng katta tezligi zilzila vaqtiga to‘g‘ri keladi. Tuproq surilishi turar joy va ishlab chiqarish binolariga, muhandislik va yo‘l inshootlariga, magistral quvurlari va elektr tarmoqlariga shikast etkazishi va vayron qilishi bilan birga, odamlarga jarohat etkazishi va qurbon bo‘lishlariga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |