Kiritma tuzilmalar tuzilishiga ko’ra 3 turga bo’linadi: kiritma bo’lak, kiritma birikma, kiritma gaplar. Kiritma bo’lak ayrim so’z shaklida bo’ladi: Bo`z mergan degan ovchi bo`lardi. Yonida bir juft tozi (it) bilan bitta gurju (kuchukvachcha)ni ergashtirib yurardi. Kiritma birikmalar so’z birikmasi shaklida bo’ladi: Tag`in shunisi zavqli ediki, u (hamon oyog`idan bog`langan) kata qafas ichida qanotlarini hilpillatib urib, burchakka suyab qo`yilgan quruq o`rik shohiga uchib chiqar, osha yerda mag`rur o`tirib, patlarini cho`qir, sargish, gachak tumshug`ini butoqqa rosa surkab artar edi. (Bandi burgut). Kiritma gaplar gap shaklida bo’ladi: Yoz boshlanib ketgan, kunduz kunlari qanchalik issiq bo’lsa (tog’ning toshlari darrov qiziydi-da), kechalari shunchalik salqin, hatto sovuq bo’ladigan kunlardan biri edi. (Bandi burgut). XULOSA XX asrning oltmishinchi yilaridan boshlab jadal rivojlangan lingvopoetika masalasi yuzasidan dunyo tilshunosligida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. So’z san’atkorlarining asarlarida badiiy ifodaga xizmat qiluvchi til hodisalarini indavidual nutq tarkibiy qismi sifatida mahsus tadqiq qilish alohida ahamiyatga ega. Mazkur kichik ishda adib prozasi tilining sintaksisi, aniqrog’i, murakkablashgan qo’shma gaplarning lingvopoetik hususiyatlari mahsus tekshirish obyekti hisoblanadi. Ishda ko’tarilayotgan barcha masalalar o’zbek lingvopoetikasiga va badiiy stilistikasiga qaysidir darajada zarur hisoblanadi, shuning uchun yozuvchi prozasi lingvopoetik nuqtai nazardan tahlil qilindi. Umumiy xulosa qilinganda, quyidagilarni qayd qilishimiz mumkin: 1.Murakkab gap sintaksisida sodda gap tarkibida kelib, ularni murakkab gaplarga aylantiruvchi sintaktik konstruksiyalar – gapning ajratilgan bo’laklari, gapning uyushiq bo’laklari, undalmalar, kirish bo’laklar ekspressiv sintaksis vositalari sanalmasa-da, badiiy mazmunni oshiruvchi ifoda sifatida qayd etiladi. 2.Ajratilgan bo’laklar o’ziga xos semantik funksiyaga ega bo’lib, bunda ajratish orqali ma’lum bo’lakning ma’nosi ajratib, bo’rttirib ko’rsatiladi, boshqa gap bo’laklardan ayirilib, diqqat shu bo’lakka jalb etiladi. Bunday logik ajratish intonatsiyada ham o’z ifodasini topadi; ajratilgan bo’lak boshqa gap bo’laklaridan farqlanuvchi alohida yarim hukm, yarim predikativlikka ega bo’ladi. 3. Bu birliklar har bir uyushuvchi qismga qo’shilganda so’zning ma’nosini ta’kidlash, uni ayirib ko’rsatish kabi uslubiy ma’nolar ifodalanadi. 4. Undalmada so’zlovchining tinglovchiga qo’shimcha munosabati mavjud bo’ladi, shuningdek, undash bilan bir o’rinda, ekspressivlik ham ifodalanadi. Undalmalar o’zida turli modal ma’nolarni tashiydigan o’tkir, ta’sirchan vositadir, bunday birliklarda so’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi yaqinlik, hurmat, ishonch; hurmatsizlik, ishonchsizlik kabi kommunikativ munosabatlar ham ifodalangan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |