Diodli detektorlar
Diodning nagruzka rezistoriga bog’liq ulanishiga qarab diodli detektor ketma-ket yoki paralle detektorga ajratiladi. Ikkiyoqlama holda ham u signal amplitudasiga qarab, kvadratik yoki chiziqli detektorlash rejimida ishlashi mumkin.
Ketma-ket diodli detektorning ishlash prinsipi bilan tanishaylik. Uning sxemasi 4.25 а-rasmda ko’rsatilgan. Qulaylik uchun diodni ideal (manfiy tok nolga teng) deb hisoblaymiz.
Boshlang’ich holatda kondensatordagi kuchlanish nolga teng bo’lsin. Shuning uchun kirish kuchlanishining musbat yarim davri ta’sir eta boshlashi bilan dioddan tok o’tib, kondensatorni zaryadlash boshlaydi. Nagruzka rezistori kondensatorga parallel ulangan
а ) Д
U1 RH U2
|
U1 Uc
|
б ) С
U1 RH U2
Д
4.25-rasm. Diodli detektorning ketma-ket ketma-ket
(а) va parallel sxemasi (б).
|
а в
б
5
I
4.26-сүўрет. Модуляцияланбаған тербелисти детекторлаў.
|
Bo’lgani uchun chiqish kuchlanishi kondensatorning kuchlanishiga teng bo’ladi. Biroq kondensator kuchlanishi kirish kuchlanishiga aksincha ko’rsatilgan. Shuning uchun kirish kuchlanishi kondensator kuchlanishiga teng bo’lgandan keyin (4.26-rasmdagi а nuqta), diod yopiladi va zaryad toki nolga teng bo’ladi. Shundan so’ng kondensator Rн yuklama rezistori orqali zaryadsizlanadi (аб chiziq), u б nuqtagacha davom etadi. Shuning uchun bu nuqtada kirish kuchanishi yana kondensator kuchlanishiga teng bo’ladi. Undan keyin U1 >Uc bo’lib, diod ochiladi vat ok kondensatorni yana zaryadlay boshlaydi (бв chiziq) va h.k. Bu jarayon natijasida sistemada dinamik muvozanat vujudga keladi. Unda yuqori chastotali tebranishning har bir davr ichidagi kondensatorning zaryadlanishi bir xil bo’lib turadi. Natijada chiqishdagi kuchlanish deyarli o’zgarishsiz qoladi. Uning o’zgarishi kondensator kuchlanishining pulslanishi bilan belgilanadi va kattaligi Rн С -zanjirning vaqt doimiysiga bog’liq bo’ladi.
Yuqori chastotali tebranish davriga nisbatan zanjirning vatq doimiysi qancha katta, ya’ni bo’lsa, kondensatorning zaryadsizlanish vaqti shuncha katta bo’ladi va chiqish kuchlanishi o’zgarmas qiymatga erisha boshlaydi.
Detektorga modulyatsiyalngan yuqori chastotali tebranish ta’sir etganda ham yuqorida ko’rilgan jarayonlar paydo bo’ladi. Biroq chiqish kuchlanishida o’zgarmas tashkil etuvchi tokdan tashqari, yuqori chastotali tebanishning qoplovchisi chizig’iga mos keluvchi o’zgaruvchan tashkil etuvchisi ham hosil bo’ladi. (4.27-rasm).
C hiziqli detektorlash rejimida sxema elementlari noto’g’ri tanlangan bo’lsa, chiqish kuchlanishida buzilish hosil bo’ladi. U 4.28-rasmda ko’rsatilgan. a nuqtagacha bo'lgan jarayonlarda kondensator kuchlanishi kirish kuchlanishining qoplovchi chizig’I qonuniyatni takrorlaydi. Biroq аб bo’limda kondensator kuchlanish o’zgarishini sezmay qoladi va buzilish holatiga keladi. Uning hosil bo’lmaganligi uchun hamma vaqt diod yopiq bo’lganda kondensator
I I
в
б
U0 а
U 5
U1 Uн Т
T
Uн0
5
U2 Um2
5
5
|
|
4.27-rasm. Diodli detektorda amplitudali modulyatsiyalngan tebranishni deteektorlash
|
Kuchlanishining o’zgarish tezligi kirish kuchlanishi qoplovchi chizig’I o’zgarish tezligidan yetarlicha katta bo’lishi kerak, ya’ni .
Boshqacha qilib aytganda, detektorning nagruzkasi u yuqori chastotali tebranish uchun inersial, past chastotali tebranish uchun esa, inersial bo’lmasligi kerak. U quyidagicha bo’ladi:
U 1
a Uc
б
5
|
4.28-rasm. Detektorlashda chiqish kuchlanishining buzilishi.
|
Bunda - tashuvchi tebranishning davri,
- modulyatsiyalovchi tebranish davri,
Rн С – nagruzka zanjirining vaqt doimiysi.
Diodli detektorning parallel sxemasi 4,25 б-rasmda ko’rsatilgan. Undagi fizik jarayonlar ketma-ket detektordagidan ko’p farq qilmaydi. Asosiy farqi, sxemadagi kondensator faqat yuklama rezistori orqali emas , balki sxema ko’rinishidagi tebranish konturi orqali zaryadsizlanadi. Undan tashqari, diod yuklama rezistoriga parallel bo’lgani uchun undagi kuchlanish chiqish kuchlanishi bilan bir xil bo’ladi. Bu degan so’z zanjir chiqishida faqat modulyatsiyalovchi tebranishning kuchlanishi emas, yuqpri chastotali tebranishning kuchlanishi ham qaralib chiqiladi (4.27-rasm). Shuning uchun radiopryomniklarda diodli detektorning parallel sxemasi qo’llanilsa, spektrdagi yuqori va quyi chastotali tebranishlarni ajratish chorasi ko’rilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |