Aim.uz
Beosenotik zonalar
Reja
1. Dashtlar zonasi
2. Sahrolar zonasi
3.Lavrli va qattiq bargli o’rmonlar
Tayanch iboralar
1. Dasht biosenozlarining asosiiy belgisi
2. Dashtlarni xarakterli o’simliklari
3. Dashtlarda yashaydigan hayvonlar, ularni o’tishdagi xilma - xilligi, hozirgi xolati va qo’riqlash masalasi
4. Dasht hayvonlarini yashash xususiyati
5. Dasht hayvonlarini, o’ljasini ovlash usullari
6. O’rtacha va tropik mintaqalar saxrolarini ekalogik sharoiti
7. O’rta va tropik mintaqalar sahrolarining o’simliklari
8. Saxrolarni hayvonat dunyosi va ularning yashash xususiyati
9. Saxro hayvonlari uchun inning ahamyati
10. Lavrli va qattiq bargli o’rmonlar va butalar zonasining ekalogik sharoiti
11. Lavrli va qattiq bargli o’rmonlar va butalar zonasini hayvonat dunyosi
12. Lavrli va qattiq bargli o’rmonlar va butalar zonasining o’simliklari
Dashtlar
Dashtlar kserofil o’tloq o’simliklar bilan qoplangan hududlardan iborat. Dasht beosenozlarini asosiy belgisi kurinishlikni yaxshiligi va o’simlik oziqasini ko’pligidan iborat.
Dashtlarda yozda qurg`oqchil davr, ya’ni tinim davri yoki yarim tinim davr boshlanadi. Bu jixatdan dasht, o’rmon beosenozlariga tamon qarama qarshidir. Dashtlar uchun chimli bashoqlilar, Yevraziyada chalavlar, Amirikada boradachlar va gamma o’tloqlari juda xarakterlidir. Ular shimoldan janubga tomon ko’payib boradi. Chim hosil qilmaydigan tomirli bashoqlilar, dasht zonasining shimoliy qismida ancha ko’proqdir. Ikki pallali o’simliklardan dasht turli utloqlari, ya’ni shimolda guli ochiq rangli bo’lgani mezofilroq , janubda esa guli uncha belgili bo’lmagan juda kseromorf o’simliklar gruxlari ajralib turadi. Efimer va efimeroid lar ham uchraydi. Ular janubga tomon ko’payib boradi. Tuproq ustida qurg`oqlikni sevadigan moxlar va leshayniklar rivojlanishi mumkin. Qattiq bargli yoki bargi qishda to’kilmaydigan butachalar , chelega va dasht olvalisi hamda yarim buttachalar kuzatiladi. Ularni miqdori janubga tomon ko’payib boradi.
Dashtlar o’simlik va xayvonlarni aspektlarini almashinishini keskin belgilanganligi bilan xarakterlanadi. Namlanish sharoiti va yorug`lik rejimini o’zgarishi bilan gullayotgan o’simliklarni biri va aktiv xolatda bo’lgan hayvonlar ikkinchisi bilan almashinadi.
Dasht xayvonlari uchun poda bo’lib yashash xarakterlidir . Bir tomondan oziqani kupligi, ikkinchi tomondan dushman xavfidan tez habardor qilishni zarurligi hayvonlarni poda bulib yashashiga va ularni tovush organlarini rivojlanishiga olib kelgan.
Ovlash usullari xar -xil. Kup qushlar uz o’ljasini havodan kuzatadi va undan keyin uni yerdan ushlaydi Lunalar yirtqich qushlar o’z uzun oyoqlari bilan shunday qiladi.Lochinlar esa o’z o’ljasini havoda urib oladi. Ba’zan burgutlar hayvonchalarni inlari oldida qoravullik qiladi. Yirtqich sutemizuvchilardan Xoryoqlar o’z o’ljalarini ularni inlaridan olib chiqadilar, tulkilar esa , ug`irlab oladilar.
Dashtda asosiy ozuqa o’tloq o’simliklar hisoblanadi.Urug` oziqalari juda kam bo’lib, ular ko’pgicha bayrach o’rmonlarida uchraydi.Uzlashtirilgan bo’z yerlarda urug` oziqalari keskin ko’payadi.
Ibtidoiy dashtlarni kengish maydonlarida masalan Yevraziyada qadimda saygak va tarpan yavvoi otlari, Shimoliy Amerikada esa bizonlarni katta podalari o’tlab yurgan. hozirgi vaqtda esa daщtlarda o’y xayvonlari boqiladi
SAHROLAR. o’rtacha poyasda yoz faslida tropik poyasida esa yil davomida tempraturani balandligi bilan xaraktarlanadi. Yillik yig`inni o’rtacha miqdori odatda 200mm oshmaydi. Bug`lanish juda katta bo’lib dengiz yuzasida 900-1500mm tashkil qiladi. Gruntini xarakteriga ko’ra to’rt tindagi saxro: gilli, solonchakli, qumli va toshloq sahrolar ajratiladi.
Saxrolarni o’simliklari juda xam kseromorflik bilan xarakterlanadi. Yozgi tinim davriga ega bo’lgan yarim buttachalar ko’pligini tashkil qiladi. Tropik saxrolarda ko’p yillik skulentlar kaktus va agavalar. Kserofil daraxtlar masalan bargsiz saksovul va teppasidagina to’p barglari bo’lgan ingichka bargli yukkalar ko’p. O’simlik qoplami yaxlit emas.
Kontinental tipdagi saxrolarda efimerlar yog`in ko’p yoqqandan so’ng, iqlim qishda namgarchilik bo’lgan o’rtayer dengizi sahrolarida esa, qor erigan paytdan keyin rivojlanadi.
Saxrolarni hayvonat dunyosi oziqa kam bo’lganligi tufayli kamdan-kam kolonial yoki poda bo’lib yashaydilar. Podalarga yoki xillarga faqatgina tez harakat qiladigan antilopalar jayron va sayg`oqlar turi va ryabkalar birlasha oladilar, kemirivchilar esa, ko’pincha mayda gruppalar bilan uchraydilar. Saxrolardagi xayvonlarni hayoti uchun inlarni axamiyati dasht zonasidagidan xam oshadi Chunki bu yerda o’simliklarni himoyalash xususiyati yomonlashadi, hayvonlarni iqlimga va obuxavoga bog`liqligi oshadi, qurg`oqchilikni intinsivligi va davomchiligi kuchayadi, oziqalarni fasllar bo’ylab tengsiz taqsimlanishi oshadi va urug` hamma shox ozuqalarini roli oshadi. Ana shunga bog`liq holda tez yugurishligi va tez uchishligi tufayli keng maydonda oziqa izlaydigan turlarni masalan sayg`oq antilopalari va dorfa qushlarini miqdori ko’paydi. Faqat kechki hayot obrazini o’tkazuvchi (boyo’g`li, yavoyi mushuk, ko’rshapalak) yoki sahar bilan namoshomda aktiv bo’lgan turlarni ya’ni sichqonlar va qushlarni miqdori keskin oshadi. Sahro daraxtlari kavaklar hosil qilib, ba’zi bir hayvonlar uchun oromgoh hisoblanadi.
Kemiruvchilarni va tuyoqli hayvonlarni sahrodagi faoliyati tuproqlarda va qumlarda uchirilib ketilish uchoqlarini rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun barxan tepaliklari massivlari hosil bo’ladi.
Iqlim qattiq bo’lganligi va oziqa bazasini yetishmasligi tufayli, sahrolarda turlar miqdori ko’p emas. Sahro hayvonlarida oziqa zapas qilish instinkti dasht hayvonlarinikidan past taraqqi etgan. Ovqatni yetishmasligi moslashish yo’li o’yquga ketish va ko’chib yurishdan iborat.
Sahro o’rtasida daryolar bo’ylab O’rta Osiyoda to’qay o’rmonlari, Afrika esa gallereya o’rmonlari uchraydi. Ba’zan sug`oriladigan uchastkalarda vohalar rivojlangan.
L a v r l i va qattiq bargli o’rmonlar temperaturasi qish faslida ham ko’pincha issiq bo’lgan subtropik oblastlar uchun xarakterlidir. Bu oblastlarni iqlimi namgarchil davrni, qo’rg`oqchil davr bilan almashinishi bilan xarakterlanadi. Mussonli iqlim sharoitida yoz namgarchil bo’ladi. O’rtayer dengizi iqlimi sharoitida esa, qish namgarchil bo’ladi. Ancha qirg`oqchilroq rayonlarda biosenozlar oddiyroq tuzulishga, namgarchil rayonlarda esa biosenozlar murakkabroq bo’ladi. Hamma yaruslarda doim yashil o’simliklar hukumronlik qiladi. Ular ko’pincha barglari yaltiroq va po’stloqli bo’lgan lavrlilar, magnoliyalilar va dublilar oilalaridan tashkil topgan. Ko’pincha baland bo’lmagan daraxtchalar va buttacha yarusi, undan keyin esa, o’tloq-buttachali yarus belgilangan. Mox qoplami belgilangan emas. Eipfitlar, mox va lishayniklardan va ba’zan paporotnik shaklilar va gulli o’simliklardan iborat.
Lianalar ancha ko’p bo’lb, faqatgina o’tloqlardan bo’lmasdan balki daraxt turlari ham bordir, ular smilakslar, shipovniklar, yejevikalar va boshqalardan iborat.
Bu urmonlarni hayvonot dunyosi juda xilma-xildir, chunki o’rmonda xilma-xil mevalar ko’pdir. Ular olmaxonlar, burunduklar va letyagalardan iborat. Yer usti kemiruvchilaridan urug`xur sichqonlar va kalamushlar ko’plikni tashkil kiladi. Hasharotxur va urug`xo’r qushlar ham ko’p.
Ba’zi joylarda o’rmon chetlarida yoki o’rmon kesilgan joylarda O’rtayer dengizida makvis deb ataladigan, Amerikada chaparal deb ataladigan baland bo’talar o’sadi. Makvis yuqori yarusini ko’p turli tarkibi bilan xarakterlanadi. Gariga deb yuqori yarusi bir yoki ikki turdan (dublar, karlik palmitto-palmasidan) iborat bo’lgan bo’tta o’simliklariga aytiladi. Ancha sovuqroq oblastlarda shiblyak deb ataladigan barcha to’kiladigan buttalar o’sadi. Butta chakalaklaridan tashqari doimyashil friganadan iborat bo’lgan yarim buttachalar va buttachalar o’sadi.
Subtropikni qurg`oqchil rayonlarida qattiqbargli o’rmonlar va butalar tarkalgan.Ular ko’pincha ingichka bargli va barglari kuyoshga nisbatan qirrasi bilan joylashgan. Ularda yozgi tinim davri yaxshi belgilangan.Bu rayonlarda klubniyali (tuganakli) va piyozli-giofit o’simliklar tarqalgan.
Bu yerda ma’lum miqdorda yerqazuvchilar yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |