Bekobod shaxar



Download 298,62 Kb.
bet4/4
Sana23.06.2021
Hajmi298,62 Kb.
#99697
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu

1-masala. A=3 va B=5 bo’lganda Suvchi 1 litr suv o’lchab olishi uchun algoritm tuzing.

Bu masalaning maqsadga yetkazuvhci algoritmini so’zlar yordamida tuzish qulay:




Qadamlar

Algoritmdagi ko’rsatmalar

A idishda

B idishda

1

A ni to’ldir;

3 litr

0 litr

2

A dan B ga quy;

0 litr

3 litr

3

A ni to’ldir;

3 litr

3 litr

4

A dan B ga quy.

1 litr

5 litr

2. Algoritmni formulalar yordamida ifodalanishi.

Bu usul matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi fanlarda ko‘plab foydalaniladi. Yo­dingizda bo‘lsa so‘zlar yordamida ifodalangan 4-darsdagi 2-misolda algoritmni formula orqali ifodalagan edik. Formuladagi “+”, “-”, “·”, “:” kabi arifmetik amallarning hisoblash qoidalariga rioya qilgan holda bajarilishi ham algoritmga misol bo‘ladi. 5-darsda berilgan “ ko‘rinishidagi kvadrat tenglamani yechish” algoritmining quyida keltirilgan formula orqali ifodasi bilan tanishsiz:.

3. Algoritmni jadval yordamida ifodalanishi.

Algoritmning bu ko‘rinishda berilishi ham sizga tanish. Masalan, maktabdagi dars jadvali, Pifagorning ko’paytirish jadvali, lotareya yutuqlar jadvali, Mendeleyev kimyoviy elementlar jadvali. Bunday jadvallardan foydalanish ma’lum bir algoritm qo‘llashni talab etadi.

Biror funksiyaning grafigini chizish uchun ham funksiyaning argument qiymatlariga mos qiymatlar jadvalini hosil qilamiz. Bu ham algoritmning jadval ko‘rinishiga misol bo‘ladi. Masalan, y=x2 algoritm asosida harakat qilayotgan ijrochi o’tadigan nuqtalarni ba’zilari ko’rsatilgan quyidagi jadval bilan matematikadan tanishsiz:




x

-3

-2

-1

0

1

2

3

y

9

4

1

0

1

4

9

4. Algoritmni grafik shaklda ifodalanishi.

Algoritmning bu ko‘rinishdagi ifodasi bilan matematikadagi funksiyaning grafigi, kerakli uyni oson topish uchun dahalarda o‘rnatilgan uylarning joylashish sxemasi, avtobuslarning yo‘nalish sxemasi orqali sizga tanish.

Algoritmlash asoslarini o‘rganishning yana bir qulay grafik shakli blok-sxema usulidir. Blok-sxemalar yo‘nalish chiziqlari orqali tutashtirilgan ma’lum buyruq yoki ko‘rsatmani aks ettiruvchi maxsus geometrik shakllar – bloklardan tashkil topadi.


                                         

5. Algoritmni dastur shaklida ifodalanishi.

Ma’lumki, kompyuter dasturlar asosida ishlaydi va boshqariladi. Siz hozirgacha MS Word, Paint va MS Excel kabi amaliy dasturlar bilan ishla­dingiz. Shuni ta’kidlash joizki, har bir amaliy dastur ham juda katta va murakkab algoritmning bir ko‘rinishidir. Demak, bu kabi algoritmlar bajarilishi uchun algoritm ijrochisiga, ya’ni kompyuterga tushunarli bo‘lishi lozim.

Odatda, algoritmning kompyuter tushunadigan tilda yozilishi dastur deb ataladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi. Jahonda minglab dasturlash tillari mavjud va yana rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda BASIC, Pascal, VBA, Delphi, C, C++ dasturlash tillari keng tarqalgan va o‘rganish uchun qulay.

IV. Mustahkamlash.

Savollar:


  1. 1. Algoritmni tasvirlash usullari haqida ma’lumot bering.

  2. 2. Algoritmni so‘zlar orqali ifoda etilishiga hayotiy misollar keltiring.

  3. 3. Qaysi fanlarda algoritmni formulalar yordamida berish qulay?

  4. 4. Algoritmni formulalar orqali ifoda etilishiga fizika fanidan misollar keltiring.

  5. 5. Algoritmni jadval ko‘rinishida berilishiga misollar keltiring.

  6. 6. Algoritmni grafik shaklda berilishiga misollar keltiring.

  7. 7. Blok-sxema nima?

Mashqlar:

1. Paint grafik muharririda “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat!” matnidagi so’zlarni tagma-tag yozdirish uchun so’zlar yordamida algoritm tuzing.

2. MS Word dasturining WordArt obyekti yordamida “O’zbekiston vatanim manim!” iborasini yozish algoritmini qulay usulda tasvirlang.

3. Berilgan ikki natural sonning eng kichik umumiy karralisini topish algoritmini tu­zing.



V. Uyga vazifa.   7-dars    18-21 bet.         3-mashq.
Download 298,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish