Boshqarma boshlig‘i Sh.Maxmudov
“Axr Story-ekskluziv” ChP raxbari K.A.Xamraeva
Ushbuni yozib ma’lum qilamizkim, Buxoro shahar, B.Naqshband ko‘chasi
256-uyda joylashgan fuqaro Fomina Lyubov Aleksandrovnaga tegishli bo‘lgan ob’etnining umumiy er maydoni 1086 m2 ni tashkil qilishi kadastr hujjatida ko‘rsatilgan.
Hozirda, fuqaro L.Fominaga tegishli bo‘lgan ob’ekt va madaniy meros ob’ekti hisoblangan “Binolar majmui” binosi o‘rtasida nizo kelib chiqayotganligi sababli, Sizdan yuqorida ko‘rsatilib o‘tilgan ob’etnining umumiy er maydoni 1086 m2 ni tashkil qilishi yoki qilmasligini, er maydoni perimetri va umumiy er maydonining bo‘rilish burchaklarining koordanatsion nuqtalarigacha bo‘lgan holatni to‘liq o‘rganib, yozma xulosa berishingizni so‘raymiz.
Boshqarma boshlig‘i Sh.Maxmudov
vni Buxoro viloyati hokimligida o’tkazilgan Viloyat ma'naviyat va ma'rifat kengashi yig'ilishi bayonining (1/9283-son 29.12.2021 yil) 12-dandida "ETTI PIR" ziyoratgohlarida, allomalar hayoti, qoldirgan ilmiy-ma'naviy merosi misolida "Islom ma'rifati va milliy qadriyat" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o'tkazish choralarini ko'rish belgilangan.
Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi "Islom ma'rifati va milliy qadriyat" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o'tkazish bo'yicha amaliy yordam berishga tayyor ekanligini ma'lum qilamiz.
Boshqarma boshlig'i Sh.Mahmudov
Ijrochi: U.Jumaev
Tel: 65-224-24-60
O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi huzuridagi
Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘iga
Madaniy meros departamenti Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan “Kandakor” shirkatiga tegishli bo‘lmagan hujralarni ixtiyoriy ravishda bo‘shatish bo‘yicha bir necha marotaba ogohlantirish berilishiga qaramasdan ushbu talablar bajarilmasdan kelinganligi uchun, boshqarma tomonidan iqtisodiy sudga R.Quliev tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lmagan madrasa hujralarini majburiy tartibda bo‘shatilishi bo‘yicha da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilingan.
Ushbu da’vo arizasi Kogon tumanlararo iqtisodiy sudi belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, 2019 yil 17 maydagi 4-2001-1902/651-sonli qarori bilan madrasaning “Kandakor” shirkati rahbari R.Qulievga tegishli bo‘lmagan hujralaridan majburiy tartibda chiqarish bo‘yicha hal qiluv qarorini qabul qilgan.
Mazkur hal qiluv qarori bo‘yicha “Kandakor” shirkati tomonidan sudga apellyasiya shikoyati kiritilib, ushbu apellyasiya shikoyati Xorazm viloyat iqtisodiy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Bu borada Kogon tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 17 maydagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Shundan so‘ng, “Kandakor” shirkati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga nazorat shikoyati yuborilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 8 noyabrdagi qaroriga asosan, Kogon tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 17 maydagi hal qiluv qarori va Xorazm viloyat iqtisodiy sudi apellyasiya instansiyasining 2019 yil 25 iyuldagi qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan. Nazorat shikoyatini qanoatlantirish rad etilgan hamda ijro varaqasi Majburiy ijro byurosiga Buxoro shahar bo‘limiga yuborilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi” qonunining 22-moddasiga binoan davlat ijrochisi ijro hujjatini sud yoki boshqa organdan yoxud undiruvchidan ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atishi shart. Davlat ijrochisi ijro hujjatini olgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror nusxasi u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek hujjati ijro etilishi lozim bo‘lgan sud yoki boshqa organga yuboriladi. Davlat ijrochisi undiruvchining arizasiga binoan yoki o‘z tashabbusi bilan mulkiy undiruv bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda qarzdorning mol-mulkini ro‘yxatga olib, ularni xatlashga haqli bo‘lib, bu haqda mazkur qarorda ko‘rsatib o‘tadi.
Mazkur qonunning 30-moddasiga binoan ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy ijro etilishi uchun belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran ko‘pi bilan ikki oy muddat ichida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shu munosabat bilan, “Kandakor” shirkati rahbari o‘ziga tegishli bo‘lmagan hujralardan chiqarish va sud qarori ijrosini ta’minlashda amaliy yordam burishingizni so‘raymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |