Ilova____ varaqda.
Hurmat bilan,
Boshqarma boshlig‘i Sh.Mahmudov
Ijrochi: E.Sobirov
Tel:65.220.02.19
Buxoro tumani Shergiron MFY “Chor Bakr” qishlog‘ida yashovchi fuqaro K.Safarovga
Sizning 2022 yil 10 yanvardagi arizangiz Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
20-dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan er uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1023-son qaroriganing “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning
63-bandida Auksiondan chaqirib olish “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi tomonidan buyurtmani bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi deb belgilangan.
Shunga ko‘ra, Sizga viloyat madaniy meros boshqarmasi tomonidan
er uchastkalarini auksiondan chiqarib olishda amaliy yordam berishni so‘rab, Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasiga 2022 yil
7 yanvardagi 03-m/21-sonli xat hamda Buxoro tumani hokimligigiga 2022 yil
03-M/-25-sonli xatlar orqali murojaat etilganligini ma’lum qilamiz.
Boshqarma boshlig‘i Sh.Mahmudov
Ijrochi: E.Sobirov
Tel:65.220.02.19
Ijrochi: E.Sobirov
Tel:65.220.02.19
Buxoro shahar “Havzi Nav” MFY raisi L.M.Mirzaboevaga
Ma’lumot uchun: Buxoro viloyati prokuraturasi 10.1-bo‘limi boshlig‘i 1-darajali yurist Sh.Ergashovga
Buxoro shahar A.Borband ko‘chasi 18A-uyda yashovchi fuqaro M.Nuritdinovning Buxoro viloyait prokuraturasiga hududda joylashgan madaniy meros ob’ektlariga jamoatchi inspektor bo‘lish istagini bildirib, “Havzi Nav” MFYning tavsiyanomasini olishda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 martdagi 265-son qaroriganing 12-ilovasiga muvofiq “Moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi inspektorlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.
Mazkur nizomning, 2 bandiga muvofiq Faol fuqarolar ixtiyoriylik va tanlov asosida mahalla fuqarolar yig‘inlari kengashining qarori bilan jamoatchi inspektorlar etib tasdiqlanadi.
Yuqoridagilarni iobatga olib, Sizdan fuqaro M.Nuritdinovnineg ixtiyoriylik tarzida madaniy meros ob’ektiga jamoatchi inspektor bo‘lishi istagi borligini bildirib yozgan murojaatini belgilangan tartibdi ko‘rib chiqishingizni hamda MFY yig‘ilishi bayonining qarori bilan jamoatchi inspektor etib tasdiqlash yoki rad etish(nima sababdan) to‘g‘risidagi xulosani viloyat madaniy meros boshqarmasiga taqdim etishingizni so‘raymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |