Bekiston respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi madaniy meros agentligi buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi



Download 1,84 Mb.
bet53/89
Sana22.11.2022
Hajmi1,84 Mb.
#870155
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89
Bog'liq
1. хатларррррр (Восстановлен)

MARKAZ YIG‘ILIShI QAROR QILADI:



  1. Buxoro viloyati adliya boshqarmasining 2021-yil 25-noyabrdagi 2012/100/28-sonli Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomasi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik xizmatlar xodimlarini attestasiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan vazifalarning ijrosi hududiy markaz rahbariyati tomonidan nazoratga olinsin;
3. Taqdimnomada belgilangan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 22-noyabrdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik xizmatlar xodimlarini attestasiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida boshqarma yuriskonsulti S.R.Avazovning attestasiyadan o‘tish uchun tegishli hujjatlari rasmiylashtirilsin va o‘rnatilgan tartibda viloyat Adliya boshqarmasiga taqdim etilsin;
3.1. Kelgusida hududiy markazning turli toifadagi xodimlarini belgilangan muddatlarda attestasiyadan o‘tkazish ro‘yxatlari shakllantirilib borilib, nazoratga olinsin.
4 Mazkur bayonnoma qarorlari ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Yig‘ilish raisi: Sh.R.Mahmudov


Yig‘ilish kotibi: A.K.Jo‘raev

Buxoro tumani, Rabotipoyon MFY, Chortoq ko‘chasi 43 uyda yashovchi fuqaro A.Turaevga

Buxoro tumani, Shergiron MFY hududida joylashgan “Chor Bakr” majmuasi XVI-XX asrlar mansub madaniy meros ob’ekti hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan davlat muhofazasiga olingan.


Buyuk ipak yo‘lining mamlakatimizdan o‘tgan qismini «Ipak yo‘li: Zarafshon daryosi vohasi» nomi ostida YuNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha Buxoro viloyatida joylashgan “Poykent”, “Varaxsha” va “Vardonze” arxeologiya ob’ektlari hamda “Chor Bakr” va “Baxouddin Naqshband majmualari”, “Vobkent minorasi” hamda “Chashmai Ayub” arxitektura merosi ob’ektlarini YuNESKOning Umumjaxon merosi ob’ektlari ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida, ilg‘or va yuqori texnologik uskunalardan foydalangan holda nomzodlik hujjatlari tayyorlanib, belgilangan tartibda YuNESKO Umumjaxon merosi markaziga taqdim etilgan.
1972 yilda imzolangan Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya hamda Umumjahon merosi qo‘mitasining tegishli qarori talablariga ko‘ra, nomzodnoma ob’ektlar ro‘yxatiga kiritilgan yodgorliklar ham YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ob’ektlar singari muhofazaga olinishi shartligi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
20-dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan er uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1023-son qaroriga asosan ob’ektning bufer zonasidan YERELEKTRON” ATT ga 1 ta, jumladan B1706207-87378 (lot raqami 0882809), unikal raqamli er uchastkalari auksion savdolari orqali sotilgan. Savdo g‘olibi sifatida Siz topilgansiz.
Mazkur er uchastkalari Buxoro tumani "Chor Bakr" majmuasi madaniy meros ob’ekti hududidan 16 metr uzoqlikda, ya’ni madaniy meros ob’ekti qo‘riqlanadigan muhofaza tegrasi xududida joylashganligi sababli ushbu er uchastkalari madaniy meros ob’ekti himoya zonasiga qaytarilishi lozim.
Madaniy meros boshaqarmasi ushbu nizoli er maydonlarini auksion savdolaridan chiqarish haqidagi ogog‘lantirishlarga qaramasdan er uchastkalari sotib yuborilgan.
Madaniy meros ob’ekti qo‘riqlanadigan muhofaza tegrasiga oid er uchastkalarini sotuvga chiqarilganligi holati yuzasidan vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda Madaniy meros agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan xizmat tekshiruvi yakunlariga ko‘ra nizoli er uchastkalari bo‘yicha tuzilgan bayonnomalarning bekor qilinishi hamda er uchastkalar himoya zonasiga qaytarilishi to‘g‘risida xulosaga kelingan.
Shu munosabat bilan Sizdan YERELEKTRON” ATT da sotilgan,
B1706207-87378 (lot raqami 0882809)unikal raqamli er uchastkalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan bayonnomalarni bekor qilinishini ta’minlash hamda ushbu er uchastkalari bo‘yicha rasmiylashtiruv jarayonlarini to‘xtatishingizni so‘raymiz.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish