Begona o’tlarni tarqalishini oldini oluvchi agrotexnikaviy,biologik va maxsus kurash choralari



Download 255,5 Kb.
bet2/8
Sana24.11.2022
Hajmi255,5 Kb.
#871522
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
begona o\'tlar . tayyor . 11ggjgjgjgj

Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda qishloq xojaligi yer yuzida anchagina tez suratda rivojlanmoqda.Jumladan yurtimizdaxam qishloq hojalik sohasida anchagina ozgarishlar yuz bermoqda. Yer yuzasida esa bungi kunda qishloq xojalik soxasida kata ozgarishlar amalga oshirilyatkan bolsada, ozlashtirilgan yerlar unumdorlik xususiyati asta sekin yoqotib bormoqda.
Dunyo axolisi esa kundan kunga kopaymoqda shuningdek ular uchun oziq ovqat, kiyim kechak qurilish xom ashiyo bazalari va boshqalarga talab ortmoqda. Yerdan samarali unumli foydalanish, chollanish va shorlanishni oldini olish, ozlashtirilmagam yerni chol va saxro botqoqliklardan qishloq xojalik va iqtisod uchun zarur bolgan yer maydonlariga aylantirish kabi masalalar turibdi.
Haydaladigan hamma yerlar ekinlar bilan band qilinib, ularga qator oralari ishlanadigan ekinlar ekiladi. Dehqonchilikning bu tizimida yerga organik va mineral o’g’itlar solib, yuqori darajada sifatli ishlov berish orqali mikrobiologik jarayonlar tartibiga solinadi, begona o’tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi. kurashishda kimyoviy vositalardan foydalaniladi, mexanizasiya ishlari yuqori darajada olib boriladi va meliorativ tadbirlarni qo’llash yo’li bilan tuproq unumdorligi oshiriladi.
Almashlab ekishda shudgor qilinmasdan yoki nihoyatda oz maydonlarda qo’llanib, don va boshqa ekinlar navbatlab ekish, ekin almashinadigan tizim deyiladi. Bu tizimda fan va texnika yutuqlaridan foydalaniladi. Aholini o’sib borayetgan ehtiyojini qondirish uchun yerlardan oqilona foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirish talab etiladi.
Dehqonchilikda omillarning teng ahamiyatliligini o’simlikning unga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashda bir xil sharoit bo’lmaganligi uchun nisbiy harakter kasb etadi. Masalan, turli xil tuproq – iqlim sharoitida yetishtirilayetgan ekinlar mavjud omillarni har xil nisbatda bo’lishini taqozo etadi.


I BOB ; ADABIYOTLAR TAHLILI
Begona o’tlar klassifikastiyasi ustida G.N.Vo’sotskiy, D.F.Fedorov, A.I.Maltsev, S.A.Kott, V.V.Nikitin, A.V.Fisyunov va boshqalar ish olib borganlar. Ularning hammasi begona o’tlarni u yoki bu biologik xususiyatlarga qarab guruhlarga ajratishgan. Hozir dehqonchilikda begona o’tlarni oziqlanish usuli, hayotining davomiyligi, ko’payish usuliga asoslangan klassifikatsiyadan foydalaniladi.
Ko`pchilik begona o`tlarning urug`i tuproqning ustki qatlamiga, ya`ni unib chiqishi uchun noqulay bo`lgan sharoitga tushib qolib unmasligi, ayrimlari esaunib chiqishi mumkin. Masalan, Moxindor Singe 1963 yili Toshkent viloyatining qadimdan dehqonchilik qilinadigan o`tloqi yerlarida ekin ekishdan oldin gektariga 81,3 mln. 1964 yili esa 55,3 mln. dona begona o`t urug`i borligi aniqlangan. Qo`riq va bo`z yerlarida esa 284-1086 mln. donagacha bo`lishi mumkin. Bu ma`lumotlarni S.P.Gorbunova aniqlagan.
Begona o’tlar unib chiqish qobiliyati turlicha bo’lgan urug’lar hosil qilishadi. Bir tup begona o’t morfologik jihatdan yetilgan va yetilmagan urug’hosil qiladi. Yetilmagan urug’lar vaqt o’tishi bilan asta-sekin yetilib, keyin unib chiqadi. Chunki ular unuvchanlik qobiliyatini yo’qotmagan bo’ladi. P.Shodiev (1980 y) ma’lumotiga ko’ra, begona o’tlarning yetilganda qaraganda yetilmagan (sut pishiqlik) davrdagi urug’ining unib chiqish ko’rsatkichlari yuqori ekan, ularning bunday xususiyati dalalarning yil davomida begona o’tlar bilan ifloslanishiga sabab bo’ladi.
Ma’lumki, begona o’tlar urug’dan tez ko’payadi, lekin ko’pchiligi vegetativ organlari – poya bo’laklari, bachki ildizi va ildizpoyasidan ham ko’payadi. Bularga asosan g’umay, ajriq, qo’ypechak, bo’ztikan misol bo’la oladi. Vegetativ organlaridan ko’payuvchi o’simliklarning ildizpoyasi mayda bo’laklarga qirqilganda ham uning hayotchanligi susaymay, balki har bir bo’lakning o’simta chiqarish qobiliyati saqlanadi. 1 m2 yyerdagi kuchli o’sgan bug’doyiq ildizida 26000 ta murtak borligi aniqlangan, ya’ni gektariga hisoblaganda, 260 mln donani tashkil etadi, chunki ularning har biri tegishli sharoitda yangi o’simta chiqarishi mumkin. B.M.Smirnov ma’lumotiga ko’ra, 1 gektar yyerdagi bug’doyiq ildizining umumiy uzunligi 1318 km ni tashkil etar ekan. Xullas, uning ildizi bir yilda 74% gacha ko’payishi mumkin.
Begona o’tlar tarqalishining oldini olishda dalalarga faqat yaxshi chirigan go’ng chiqarish kerak. Odatda, chirimagan go’ngda begona o’tlarning urug’i juda ko’p bo’ladi, chunki ular yem-xashakka aralashib, hayvonlarning oshqozon-ichagidan o’tganda ham unuvchanligini yo’qotmaydi. S.A.Zabashtanskiy 20 t chirimagan go’ngda begona o’tlarning 4,9 mln dona urug’i borligini aniqlagan.
Begona o’tlarga qarshi kurashda biologik tadbirlardan almashlab ekish, ekinlarni ekish usullari, muddatlari, normalari, madaniy o’simliklarning tez va yaxshi o’sishi amaliy ahamiyatga ega. Bu sohada K.A. Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo’jalik akademiyasi qoshidagi tajriba stanstiyasida salkam 60 yildan buyon muttasil va almashlab ekish dalalarida g’alla, zig’ir va qizil beda ekish bo’yicha olingan tajriba ma’lumotlari diqqatga sazovordir.
Quyida, go’yo ular begona o’tlar hisoblanib, ekilayotgan va parvarish qilinayotgan o’simliklarga salbiy ta’sir qilsada, ulardan har xil vositalar sifatida foydalanish mumkin bo’lgan turlarga to’xtalib o’tamiz. Mazkur turlarni aniqlashda va tahlil qilishda quyidagi manbalardan foydalanildi (Chevrenidi, Mustafoev, 1964), Sagatov (1966), Mardiev (1965), Allanazarova (1969), Kiryushina (1975), «Перепективные сапониноеные растения и опыт их культуры» (1975), Shodiev (1980), Karimov (1981), Malstev (1989), Veliev (1981), Tayjanov (1994).
Begona o’tlar ekilayotgan va parvarish qilinayotgan o’simliklarga salbiy ta’sir qilsada, ulardan har xil vositalar sifatida foydalanish mumkinligi haqida Chervenidi, Mustafoyev (1964), Sagatov (1966), Mardiyev (1965), Allanazarova (1969), Kiryushina (1975), Shodiyev (1980), Karimov (1981), Maltsev (1989), Valiyev (1981), Tayjanov (1994) kabi olimlar qator ishlar olib borishgan.
E.P.Korovin (1934), I.T.Vasilchenko (1953) va V.V.Nikitinlar (1951, 1957) va boshqalarning ishlarida Markaziy Osiyoning qator agrotsenozlarida tarqalgan begona o’tlar to’g’risida atroflicha ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu va boshqa ishlarda ko’pchilik mamlakatlarning qishloq xo’jalik ekinlari dalalarida ko’plab begona o’tlar tarqalgan bo’lib, ularning ekinlarning hosildorliklarini kamaytirishdagi ishtiroki ancha yuqori hisoblanadi.
I.Toshbekovning (1981) ma’lumoti bo’yicha Zarafshan daryosi havzasining ko’pchilik hududlari agrotsenozlarida ko’pchilik begona o’tlar qatori semizo’t (Portulaca oleracea) qayd qilingan. Ushbu turning ko’pchilik dalalarning ashadiy begona o’t bo’lishi bilan bir qatorda uning foydali xususiyati borligini ifodalagan. Olingan ma’lumotlar bo’yicha semizo’tning tanasida biroz kimyoviy faol moddalar bo’lib, undan oziq-ovqat sifatida foydalanish mumkin ekan (konserva va shifobaxsh sifatida).
1963-1966 yillarda yosh tadqiqotchi U.Allanazarova (1969) tomonidan Qashqadaryo havzasi lalmikor yerlarining begona o’simliklari o’rganilgan. Muallifning ta’kidlashicha, ushbu hududning lalmikor yerlarida don yetishtirishda, u yerlarda tarqalgan begona o’tlarga qarshi kurashish muhim hisoblanadi.
Bu muhim mavzu ko’proq geobotanik nuqtai-nazardan o’rganilgan, qaysiki ushbu hududlarda 220 ta geobotanik (balanki bilan) blankalar to’lg’azilgan. SHuning bilan birgalikda begona o’tlarning floristik va biologik guruhlari aniqlangan. Ushbu hududlar lalmikor yerlarida asosan bug’doy (Friticum vulgare) ekilgan.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Qashqadaryo havzasida 283 tur begona o’tlar aniqlangan, qaysiki ular 182 turkum va 39 oilaga mansub. Turlarga boylilari jihatidan birinchi o’rinda murakkabguldoshlar (Asteracuae), ikkinchi va uchinchi o’rinlarda dukkakdoshlar va boshoqdoshlar (Fabaceae, Poaceae) turadi.
D.Veliev (1981) “Amudaryo o’rta oqimi havzasining begona o’tlari va ularga qarshi kurash” mavzusida tadqiqot ishlari olib borgan. Unda ta’kidlanishicha mamlakatimizda paxtachilikni rivojlantirishda qator agrotexnika tadbirlari, jumladan, paxtazorlardagi begona o’tlarga izchil kurash olib borish zarur. Muallif tomonidan paxta dalalari, bedapoyalar, sabzavot ekinlari, shlipoya va uzumzorlardagi begona o’tlar tadqiq qilingan. Ushbu hududdagi 37 ta paxta dalasining begona o’tlari o’rganilgan, ulardan 58 tur o’tlar aniqlangan. Aniqlangan begona o’tlardan 25 tasi bir yillik va 33 turi ko’p yillik ekanligi belgilangan. Muallifning aniqlashicha axta dalalarining eng yomon begona o’ti deb pechak (Convolvulus arvensis) belgilangan.
D.Veliev shuningdek, yuqoridagi hududlarning bedapoyalari begona o’tlari o’rganilgan, hammasi bo’lib 37 bedapoyalar dalalari o’rganilgan. aniqlanishicha bedapoyalarda 74 turdagi begona o’tlar tarqalgan, ulardan 39 bir yillik, 2 ta ikki yillik va 33 tur o’p yillik o’tlar topilgan.
Shuningdek muallif uzumzorlarda 74 tur begona o’tlar aniqlangan. Muallifning ta’kidlashicha yuqoridagi hududning bug’doyzorlarining begona o’tlari boshqalarnikidan farq qiladi. Buning sababi shuki bug’doyzorlarning sug’orish rejimi boshqacha. Bu dalalarda 71 tur begona o’tlar tarqalgan, ularning 37 turi bir yillik va 34 turi ko’p yillik hisoblanadi.
Bug’doyzorlarning eng keng tarqalgan va yomon ziyon yetkazadigan turlardan ajriq, salom alaykum, pechak hisoblanadi. sho’r tuproqli dalalarning begona o’tlari bo’lib odatda sho’ra va sho’rajriq hioblanadi.
Shuningdek D.Veliev yuqoridagi hududlar sholipoyalarida 26 turdagi begona o’tlarni aniqlagan sholipoyaning xarakterli begona o’tlari bo’lib salam alaykum, g’umay, qamish va qo’g’alar hisoblanadi. Ushbu tadqiqot ishining oxirida keng tarqalgan begona o’tlarning bioekologik xossalari berilgan.
T.X.Mahkamov (2009) “Farg’ona vodiysining ruderal flora va o’simliklari (Ruderalьnыe florы i rastitelьnostь Fyerganskoy dolinы)”. Hozirgi zamonning ruderal o’simliklari – bu antropogen tayziqlarga bardoshli, ikkilamchi kelib chiqqan va suktsessiya jarayonining dastlabki etaplaridagi o’simliklar jamoalari hisoblanadi, yoki bo’lmasa bu begona o’tlar eski binolar, devorlarni taglarida, axlatlar to’plangan joylarda, ularni atrofida talqalgan turlar majmuasi hisoblanadi. Ruderal turlar orasida ko’pgina foydali, shuningdek zaharli va allergiya chaqiruvchi turlar mavjud. Ishda ta’kidlanishicha, ruderal flora va o’simliklar qoplami olimlarni ehtiborini o’ziga qaratishiga qaramay bunday turlar haligacha o’rganilmagan edi.
Begona o‘tlarning klassifikatsiyasi bo‘yicha dastlabki ma‘lumotlar M.G.Chijevskiy, A.N.Kiselyov, V.Ye.Yegorov, P.M.Baleyevlar (1957) tomonidan darsliklarga kiritilib, tizimlashtirilgan bo‘lib, undan kam yillikva ko‘p yillik guruhlarga bo‘lingan.
S.N.Rijov va I.F.Sukachlar (1955) begona o‘tlarni bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik hamda shu guruhlarni ham mayda guruhlarga bo‘lgan.
A.M.Likov (1999) va boshqalar begona o‘tlarni zarar keltiruvchilik xususiyatlari bo‘yicha parazit bo‘lmagan begona o‘tlar, parazit va yarim parazit gurug‘larga bo‘lgan. Ushbu olimlar begona o‘tlarning gegetasiya davri bo‘yicha kam yillik va ko‘p yillik ikkita katta guruhlarga bo‘lib, xususiyatlari bo‘yicha ham kichik guruhga bo‘lgan.
Begona o‘tlarning eng zamonaviy va qulay klassifikasiyasi A.V.Fisyunov (1980) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra begona o‘tlarni parazit bo‘lmagan, parazit va yarim parazit kabi ikkita katta gruhga hamda 5 ta podtiplarga 11 (bir yillik, ikki yillik, ko‘p yillik, parazitlar va yarim parazitlar) bo‘ladi. A.V.Fisyunov klassif


Download 255,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish