Zamonaviy darsliklarga qo’iyladigan talablar. Darslik bilan ishlash metodikasi .
Darslik fan yutuklari asoslarini o’zida mujassamlashtirgan eng muhim ta`lim
vositalaridan biri hisoblanadi.
Fan asoslarining darslikda mantiqan izchil va ilmiy bo’lishida quyidagilarga e`tibor
berish kerak.
1. Geografik ob`ekt va hodisani tadqiq qilish va u haqda har xil axborotlar to’plash.
2. Yig’ilgan axborotlarni ma’lum tizimga tushirish.
3.Qonuniyatlarni tushuntirib bayon etish, ular o’rtasidagi sabab aloqadorlikni o’r-
natish
4.Ilmiy informatsiyalarini o’quv qo’llanmalar, maqolalar tarzida chop qilib turish
va shu tarzda kelajakda ulardan darsliklar yaratishda foydalanish
O’quv predmeti mazmunida fan yutuqlarini aks ettirishda qo’yidagilarni e`tiborga
olish maqsadga muvofiq.
1.Materiallarning muammoli bayon qilinishi
2.O’quvchilarni izlanishga o’rgatishi
3.Sabab oqibatlar aloqadorligi tarzidagi materiallar berilishi
4.Materialning mantiqan izchil yoritilishi
5.Kuzatish natijasidagi materiallarning berilishi
6.Qiziqarli materiallarning bo’lishi
7.Darslik matnining murakkab bo’lmasligi
8.Zarur kartalar, chizmalar va boshqa illyustrativ materiallarning bo’lishi
9.Xorijiy mamlakatlar tajribasi aks etishi
1O.Matnning 45-5O% har xil illyustrativ materiallardan iborat bo’lishi
darslikning jahon standartlari darajasida bo’lishiga imkoniyat yaratadi.
Geografiya darsligi bilan ishlash usullari
Darslik bilan ishlashga kirishishdan oldin darslik nomi, mualliflar xaqida
ayrim ma‘lumotlar, darslikning yirik mavzulari, mazmuni, ilovalari, rasmlari
kartalari bilan o’quvchilarni tanishtiradi va ular bilan qanday ishlash zarurligi
aytiladi.
Geografiya darsligi bilan ishlash usullari uch xil bo’lib ular quyidagilardan iborat
bo’lishi mumkin.
1.Matn bilan ishlash.
2.Savol va topshiriqlar bilan ishlash.
3.Darslikdagi illyustratsiyalar va raqamli materiallar bilan ishlash.
Matnni o’qishda albatta o’quvchining izohlab va tushuntirib borishi samarali
natijalar beradi. O’quvchilarning darslik bilan ishlash usullari murakkablashib
borgan sari, ular qo’yilgan savollarga darslikdan mustaqil javob topa olishlari asosiy
o’rinni egallashi zarur. O’qituvchining oldindan tayyorlangan topshiriqlari asosida
o’quvchilarning matn bilan ishlashida quyidagi usullarni tavsiya qilish mumkin.
1.Matndagi tushunchani topa olishi va unga tarif bera olishlari;
2.Qo’yilgan savolga darslik matnidan aniq javoblarni topa olishlari;
3.Matndan mavhum savollarga javob topa olishlari;
4.Matnni tahlil qilish orqali qo’yilgan savollarga javob topishlari;
5.Xulosalar chiqara olish u yoki bu hududning tabiiy sharoitini baholay olishlari
matn bilan ishlashdagi muhim omillardan sanaladi.
Matn mazmunini tahlil etishda uning asosiy komponentlarini bilish zarur. Bu
komponentlar quyidagilardan iborat.
1.Umumgeografik tushunchalar tarifini aniqlash;
2.Ob`ektlar va hodisalarni tariflash. Bunda relef, iqlim, foydali qazilmalarga oid
bo’lgan birinchi va ikkinchi darajali tomonlarini yeritish ya`ni asosiy va qo’shimcha
bilimlarni aniq ko’rsatish.
3.Voqea va hodisalarni kelib chiqishi va o’zgarishiga oid malumotlarni izohlash.
4.Tariflovchi, izohlovchi, aralash matnlarini aniqlash va ajrata olish.
Darslikdagi matnlarni tuzilishiga ko’ra quyidagicha farqlash mumkin.
Matn turlari
Misollar
1. Sababadan oqibatlarga
Passatlar. Ularning yoginlar
taksimlanishidagi roli.
2. Oqibatlardan sabablarga
Relefning xilma xilligi
3. Butundan qismlarga
Afrika relefidagi turli shakllariga
4. Faktlardan umumlashga
Iqlim ko’rsatkichlaridan iqlim
mintaqalariga o’tish
Matnlar mazmunga ko’ra quyidagi turlarda namoyon bo’ladi.
Matnlarning mazmuniga ko’ra turlari
Misollar
1. Tasvirlovchi
Daryolar, tog’lar, ko’llar, shaharlar
2. Izohlovchi
Tog’larning, tekisliklarning hosil bo’lishi
3. Aralash
Relef,
geologik
tuzilish,
foydali
qazilmalar.
Savollar tuzish nafaqat darslik matni asosida, balki kartalar va boshqa
illyustrativ materiallar asosida ham tashkil qilinsa o’quvchilardagi bu ko’nikma
malaka darajasiga ko’tarilishiga imkon tug’iladi.
"Qiyoslash geografiyaning jonidir" degan edi buyuk geograf metodist
N.N.Baranskiy. Darslik matni asosida ob`ekt va hodisalarni qiyoslash orqali
matndagi yakka tushunchalarni shakllantirish imkoniyati tug ’iladi.
Quyida Janubiy Amerika va Janubiy sharqiy Osiyodagi nam ekvatorial o’rmonlarni
qiyoslab tasvirlash rejasini keltiramiz. Qiyoslash rejasi taxminan quyidagicha
bo’lishi mumkin.
1.Har ikkala hududdagi nam ekvatorial o’rmonlarni joylashishi va ular egallagan
maydon
2.Iqlim sharoitlari
3.O’rmonlardagi daraxtlar farqi
4.Hayvonot dunyosining xayot tarzi
5.Qaysi davlatlar hududida joylashgan
6.Aholisi va ularning mashg’uloti
Bu ishni bajarishda o’quvchilar darslik matni va kartalar buyicha mustaqil
ishlaydilar. Ishning qanday bajarilganligini o’qituvchi nazorat qiladi, ularni
baholaydi.
Har qanday mavzuning asosiy maqsadi o’quvchilarda geografik tushunchalarni
shakllantirishdan iborat. O’quvchilar har bir mavzudagi tushunchalarni guruhlarga
(umumiy, yakka, mavhum) ajrata olishlari kerak. Boshlang’ich tabiiy geografiya
kursining "Okean va uning qismlari" mavzusida tushunchalarni guruhlashni
o’quvchilar quyidagi tarzda bajarishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |