G‘AZALLAR
Jahon-og‘uga kelgan Anbar otinman,
g‘amu qayg‘uga kelgan Anbar otinman.
Yamon soatda keldim man jahonga,
Ini jodug‘a kelgan Anbar otinman.
Adab ahli oyoq ostida xordur,
Chunin yog‘dug‘a kelgan Anbar otinman.
* * *
Ey do‘st, jaholat ahlig‘a oshno bo‘la ko‘rma,
To kelguncha baxtu saodat shaydo bo‘la ko‘rma
Har kimki o‘zin o‘yladi, eldin xabari yo‘q,
Ul ablahi bedin ila savdo qila ko‘rma.
Ilmeki adab, ishqu muhabbatga yiroqdur,
Bilgilki san ul ilmni also bila ko‘rma.
Har kim amali el foydasig‘a jori emasdur,
Oning yuzini umringda san bir yo‘la ko‘rma.
Har mug‘bacha daf cholsa, ayo Anbari xushro‘y,
To oshiq emas, ishqida bag‘ring tila ko‘rma.
ALIFBO
Alif
Odam ersang ma’ni bil dona-dona,
Vatan erur sanga ikkinchi ona.
So‘zlamasdin oldin so‘zingni sina,
Har bir so‘zdur umring ichinda sina.
Be
Ulg‘ayursan sanda bor o‘lsa adab,
Ulg‘ayursan sanga yor o‘lsa adab.
Odam ersang, tashqi surat berma zeb,
Ona yurtingni hamisha ayla zeb.
Te
Bir ish qilki, el ichra bo‘l bohurmat,
Ikki dunyo noming bo‘lur boizzat.
Hayonsiz ersa ming jafo mashaqqat,
Ul ish deyilmagay el ichra mehnat.
Jim
Xarobat elda sultonlar olur boj,
Adolat ilkida yakson o‘lur toj.
Kimki el g‘amidadur suxansanj,
Aning har so‘zi dunyoda ulug‘ ganj.
Chim
Qayu sulton adolatga qo‘yar sinch,
Qo‘l ostida eli doim bo‘lar tinch.
H-huttiy
Butun umrimda yer edim g‘ami subh,
Dam oxirida keldi bu dami subh.
Umidim subhidamdin boshlanur sulh,
Diyorimg‘a suyunib toshlanur sulh.
X
Falak kajravlig‘idin shom erur talx,
g‘amu qayg‘u chekishdin kom erur talx.
D-dol
Basharni tarixi qonuni ajdod,
Aningdin ilm topg‘usi har avlod.
Bu yo‘qsul el hayoti garchi barbod,
Bo‘lur avlodini ro‘zg‘ori obod.
Hayot tarixi elda nekiyu bad,
Na tavsif bildirur, na xatti abjad.
Z-zol
Manga xalq ro‘zg‘ori bo‘ldi ustoz,
Na sifat kitobi van a taku toz.
Xirad elig‘a ko‘ksin tutdi qog‘oz,
Ham irfon ishqida qon yutti qog‘oz.
R –re
Kishi o‘z taqdirig‘a o‘zi ma’mur,
Na ma’murlar yaratgan ro‘zi ma’mur.
Murodingni hayoting ichra axtar,
Ki, mavhum ilm ichinda bo‘lma axgar.
Mashaqqatsiz hunardin chiqmag‘ay dur,
Hayonsiz ilm durridin ko‘b erur dur.
Kimiki ko‘bni rangin etdi za’far,
Ikki dunyoda bo‘lmaydi muzaffar.
Ming yil armonu hasratda oqar Sir,
Muzaffar elga sirini ochar Sir.
Z-ze
Kimki ma’rifatni etsa e’zoz,
Ani irfon etar albatta mumtoz.
O‘zingni elga xizmatkor etkil,
Ishing anjomig‘a yetguncha yetkiz.
S-sin
Shahanshohi nomvar afzal bo‘lmas,
Har adli ham zulmidin xoli bo‘lmas.
Mani so‘zimni tinglang, ayuhannos,
Kelur avlod davri o‘ziga xos.
Azaldin adl ila zulm erdi nojins,
Zulmni pasha qildi, kimki nojins.
Bilingki, o‘ziga qo‘ymas bino kas,
Takabburlik o‘tida kuydi nokas.
Sh-shin
Darig‘okim, hamisha ko‘nglim g‘ash,
Charoki, ko‘p xaloyiq ko‘ngli g‘ash.
Hukmron zulm tobora qilur ish,
O‘zin jismiga ko‘p yaro solur nish.
Jahongir qo‘shnilariga qo‘ysa otash,
Aning boshiga bo‘lg‘usi balokash.
S-sod
Biz adabda ko‘rgumiz husni qasos,
Xush kunim deb o‘tadur ahli asas.
Kim o‘zin Namrudg‘a aylar qiyos,
Ibrohimni qavmidin tortgay qasos.
Z-zod
Zulm bo‘lgan o‘lkada qolmaydi fayz,
Tonggacha kun nurini olmaydi fayz.
Mufti el boshig‘a solg‘ay yangi farz,
O‘lmag‘ay to bermaguncha elga qarz.
T-itqi
El g‘amidin o‘zgaroq o‘lmas bu xat,
Shuncha qilsam bir yo‘li bo‘lmas g‘alat.
Yo‘llarimda jaru(ko‘h), qiru qiyot,
Shul sabab yurganda qilgum ehtiyot.
Z-izg‘i
Beqiroat so‘zlamas ahli voiz,
Har nido qilganda tinglayman g‘aliz.
Tanga o‘ziqdir hamisha to‘g‘ri lafz,
Millatu tilga xiyonat o‘g‘ri lafz.
‘-ayn
Adab irfon ilmi ichradur sham’
Aql oyinasida chehradur sham’
g‘-gayn
Bu vujud bir qo‘lima berdi yarog‘,
Bir qo‘lim hodisadin tutdi charog‘.
Ajnabiy xayliga yo‘l bermadi tog‘,
Uchsa ham qo‘ng‘ali tob etmadi zog‘.
F-fe
Ma’rifat shoirini so‘zi sadaf,
Harzago‘y ahli uchun misli hazaf.
Madhdin voizi ming aylasa lof,
Dinu vajd orasida mingta xilof.
Q-qof
Mehnatu aqlu vujud ittifoq,
Shayxdin bu orag‘a solma nifoq.
Garchi bu ahli vujud bo‘yni siniq,
Chirkinat ta’siri yo‘q, ko‘ngli tiniq.
Shayxu pir ko‘rsatadi yo‘lu-yo‘ruq,
Og‘zida zikri xudo, o‘ngli quruq.
K-kof
Odam ersang, ko‘ngling etgil pok-pok,
Sandin etmasdin o‘zini ulki pok.
Har nafas mazmun ila o‘tsa kerak,
Gar hayot mazmunini bo‘lsa yurak.
Odamiyda bo‘lsa gar yaxshi tilak,
Xalq uchun tebratgusi doim bilak.
L-lom
Yaxshi odamlar ishidin ibrat ol,
Ibratomuz xizmat aylab, izzat ol.
Kimni ilgidan bor ersa himmati,
Rangu ro‘yida ko‘rung‘ay rahmati.
Har g‘azalda yangi mazmun ayla hal,
To qiyomat rangi o‘chmas misli hal.
Foydasiz so‘zlamasa qaysi til.
Ona til bo‘lg‘ay o‘shal til, ona til.
M-mim
Bosh egib turg‘ay hamisha harfi mim,
O‘ylamang ta’zimda bor de zarbu bim.
Odamiylik xislatidur ham salom,
Ham bahoyim etmas odamdek kalom.
N-nun
Ona yer shaklidagi bu harfi nun,
Ko‘ksida ravnaq topodur har funun.
Vaqti kelguncha takabbur osmon,
Sirni bermay tek tururmish olumon.
Zufununlik hullasi bila kiyin,
Elg‘a hikmat sirini aytg‘il keyin.
O‘z gunohingni so‘rab eldin o‘tin,
Nafrat o‘ti ichra bo‘lmasdin o‘tin.
V-vov
Odami ahli nazokatda suluv,
Bo‘lsa axloqi sadoqatda suluv.
Dunyoni bilmakka idroking garov,
Zehn qo‘ymoqg‘a dili poking garov,
Yaxshi ish qilmoq uchun yo‘qsa uquv,
Sanga lozimdur uquv birlan o‘quv.
Boq hayoting lavhasiga, bo‘lma quv,
Gar nishoni yaxshilik topilsa quv.
H-havvaz
Qachon yetkurgusi ul kunni Olloh,
Xotunlar xurram o‘lsa chekmayin oh.
Qachon baxt o‘lg‘usi bizlara hamroh,
Ki, tokay band o‘lurmiz hamchu gumroh.
Nechun iqbol bizdin muncha sarko‘h,
Aning kuyida yermiz shuncha anduh.
I-yoy
Agar irfong‘a vus’at bersa bori,
Funun zahmatg‘a bergay erdi yori.
Xudo xotunni baxtin ochsa erdi,
Ki xovar o‘z nurini sochsa erdi.
Bu Anbar ohini tingla Ilohi,
Zamona ahli ahvolim guvohi.
Chuqur mazmunda bu so‘zlar tamomi,
Kelur davronga qoldi itmomi.
Do'stlaringiz bilan baham: |