Bazidioomikota filumi. Uredinales tartibi


Zang zamburug’larining ixtisoslashgan formalari va fiziologik irqlari. Zang



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana14.06.2023
Hajmi1,22 Mb.
#951328
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
18-мавзу

Zang zamburug’larining ixtisoslashgan formalari va fiziologik irqlari. Zang 
kasalliklari bilan kurash choralari. 
Fiziologik formalar mavjudligini birinchi bo’lib 
shved olimi 
Ya. Eriksson 
(Eriksson, 1894) g’alla va xashaki boshoqli ekinlarda poya 
zangi qo’zg’atuvchi 
Puccinia graminis 
zamburug’ida isbotlagan. Eriksson bu tur 
ko’p formalardan tashkil topishi va ularning har biri muayyan xo’jayin o’simliklar 
to’plamini zararlashga moslashganini ko’rsatib bergan. Misol uchun, ular orasida 
faqat 


bug’doyni yoki faqat sulini zararlaydigan formalar mavjud va h. Zamburug’larning 
ixtisoslashgan formalari lotincha 
formae speciales 
(birlik shakli 
forma specialis

qisqartirilgan shakli 
f. sp.
) terminlari bilan ifodalanadi. Maxsus formalar morfologik 
belgilari to’la yoki asosan bir xil bo’lgan, ammo ular zararlay oladigan xo’jayin 
o’simlik turi yoki o’simliklar guruhlari har xil bo’lgan zamburug’lardir. Botanik 
nomenklaturaning xalqaro kodeksi (BNXK) maxsus formalarga nom berishga ijozat 
beradi va ular zang (va boshqa) zamburug’larining binomiallaridan keyin 
qisqartirilgan shaklda qo’yiladi. Odatda maxsus formalarning nomi ular 
zararlaydigan xo’jayin o’simlik nomidan olinadi. Masalan, poya zangini 
qo’zg’atuvchi 
Puccinia graminis 
turining ko’p maxsus formalari bor, jumladan, 
bug’doyni 
P. graminis 
f. sp. 
tritici
, javdarni 
P. graminis 
f. sp. 
secalis 
va sulini 
P. 
graminis 
f. sp. 
avenae 
zararlaydi. 
Ulardan bug’doy formasi ekinlarni vayron qiluvchi darajada kuchli 
zararlaydigan parazit bo’lib, shu sababdan unga qarshi kurash choralari chuqur 
o’rganilgan. Kurash choralarining biri qo’zg’atuvchining keng tarqalgan oraliq 
xo’jayini – zirk butalarini yo’qotishdir. Zirk butalari yonidagi bug’doy o’simliklari 
ko’p va kuchli zararlanishini hali XVII-asr boshlarida fransuz fermerlari qayd 
etishgan. 1660 yilda Fransiyada g’alla ekinlari yaqinlaridagi barcha zirk butalarini 
yo’qotish haqida qonun chiqarilgan. Ammo zirkdagi esial bosqich va bug’doydagi 
uredinial va telial bosqichlar orasidagi aloqa bundan yana ikki asr o’tganidan keyin 
– 1865 yilda A. de Bari tomonidan kashf etilgan. Bundan keyin zirk butalarini 
yo’qotish zang kasalligini qo’zg’atuvchi zamburug’ning rivojlanish sikli uzilishini 
ta’minlaydigan tadbir ekanligi ma’lum bo’lgan. 1918 yili AQSh da zirklarni 
yo’qotish bo’yicha katta tadbir o’tkazilgan va, haqiqatan, undan keyin zang 
epifitotiyalari kamaygan. 
Shu bilan birga zirklarni yo’qotish poya zangi butunlay yo’qolib ketishiga olib 
kelmadi, chunki iliqroq iqlimli mamlakatlarda patogen urediniosporalari va kuzgi 
bug’doy to’qimasi ichida urediniomiseliy shaklida qishlay olishi va bahorda 
bug’doy maysalarida rivojlanishini davom ettirishi mumkinligi ma’lum bo’ldi. 
Zirklarni yo’qotish 
P. graminis 
turida, gibridizasiya vositasida, yangi fiziologik 
irqlar hosil bo’lishini ham kamaytiradi. Ammo, baxtga qarshi, zamburug’ning 
uredinial bosqichida dikariotik miseliy hujayralari orasida yadro almashinuvi 
natijasida yangi fiziologik irqlar ushbu bosqichda ham hosil bo’lishi aniqlandi. 
P. 
graminis 
f. sp. 
tritici 
formasining har xil fiziologik irqlarga mansub bo’lgan 
urediniosporalaridan o’sib chiqqan dikariotik gifalar qo’shilishi, yadrolar 
almashinuvi tufayli rekombinasiya bo’lishi natijasida yangi fiziologik irqlar paydo 
bo’lishi haqida juda ko’p genetik va morfologik dalillar olingan. 
Bu yerda fiziologik irq tushunchasiga izoh berish lozim. Hatto bitta maxsus 
forma (
formae speciales
) ga mansub bo’lgan zang zamburug’lari ham xo’jayin 
o’simliklarga nisbatan har xil ixtisoslashuv darajalarini namoyon qiladi. Har bir 
bunday maxsus forma bir xil genotipga ega bo’lgan va 

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish