Puccinia graminis
:
1
- teliosporalar,
2
- urediniosporalar
(Ulyaniщyev, 1978)
Oradan ko’p o’tmay, bazidiosporalar sterigmalardan kuch bilan otiladi, va
ulardan shamol bilan zirk barglariga tushganlari, qulay ob-havo bo’lganida, o’sadi,
murtak gifa, appressoriy va infeksion gifa hosil qilib, to’qimaga kiradi va u yerda
(+) yoki (–) jinsga mansub bo’lgan gomokariotik miseliy hosil qiladi. Ko’p hollarda
zirkning ayni barglariga har xil jinsli bazidiosporalar tushadi, natijada bitta bargda
ham (+), ham (–) jinsli miseliy rivojlanadi.
Zirk bazidiosporalar bilan zararlanganidan keyin bir necha kun o’tgach,
gifalardan bargning ustki tomonidagi epidermisga yaqin joylarida spermogoniylar
hosil bo’ladi (15.6, C-rasm) va ular barg tashqarisiga og’izchasi bilan ochiladi. Har
bir spermogoniy ichidagi spermatofor hujayralarning har birida birin-ketin ko’plab
mayda spermasiylar hosil bo’ladi. Ular spermogoniy og’izchasiga yopishqoq
suyuqlik tomchisida chiqadi. Spermogoniy og’izchasi atrofida bir qancha perifizalar
ham hosil bo’ladi. Spermogoniy o’sib chiqqan miseliyning jinsi bilan bog’liq holda,
spermasiylarning har biri yoki (+), yoki (–) jinsiy faktorga ega bo’ladi. Bitta
spermogoniyda hosil bo’lgan
barcha spermasiylar faqat bir jinsga mansub bo’ladi. Spermasiylar hosil qilgan ayni
gomokariotik miseliy spermasiylar bilan bir xil jinsga ega bo’lgan reseptiv gifalarni
ham hosil qiladi. Ular spermogoniy ustisasi atrofida joylashadi (15.6, C- rasm).
Bundan keyin hasharotlar vositasida spermatizasiya jarayoni kuzatiladi.
Hasharot spermogoniy ustisasidan chiqqan suyuqlik bilan oziqlanganida
spermasiylar uning og’iz qismi va boshqa joylariga yopishib qoladi va ular hasharot
boshqa spermogoniyda oziqlanishi paytida, o’sha joydagi reseptiv gifalarga tushadi.
Bunda (+) belgili spermasiylar (–) jinsli reseptiv gifalarga yoki (–) jinsli
spermasiylar (+) belgili reseptiv gifalarga tushsa, spermatizasiya yuz beradi, ya’ni,
spermasiy bilan reseptiv gifa orasidagi ularning hujayra qobiqlari eriydi va
spermasiy yadrosi reseptiv gifaga o’tadi.
Bu vaqt orasida gomokariotik miseliy bargning barcha to’qimalariga singib
kirib, uning ostki epidermisi yaqinida ko’plab esiy murtaklarini hosil qiladi.
Reseptiv gifalarga kirgan spermasiylarning yadrolari migrasiya qilib, esiylar
murtaklariga yetib keladi va ularning hujayralarini dikariotik holatga keltiradi.
Dikariotizasiyadan keyin esiylar va esiosporalar shakllanadi (15.6, D-rasm).
Esiosporalar har biri ikkita, biri (+) va ikkinchisi (–) belgili yadrolarga ega bo’lgan
bir hujayrali sporalardir. Ular barglarning ostki (juda kam hollarda ustki) tarafida,
epidermis ostida, zanjirchalarda hosil bo’ladi va sporalar yetilganida, esiylar
epidermisni yorib, tashqariga ochiladi. Esiosporalar shamol va ba’zan hasharotlar
vositasida atroflariga tarqaladi. Ulardan bug’doyning kasallikka moyil naviga
tushganlari, agar ob-havo sharoitlari qulay bo’lsa, o’sadi, appressoriy hosil qiladi va
o’simlik to’qimalariga kirib, dikariotik miseliy hosil qiladi. Boshqa substratlarga
tushgan esiosporalar ham o’sishi mumkin, ammo ular tezda nobud bo’ladi.
Bug’doy to’qimalari ichida hosil bo’lgan dikariotik miseliy D-gaustoriylar
hosil qiladi. Ko’p vaqt o’tmasdan, miseliyda hujayra to’dachalari, ulardan esa
urediniya yostiqchalari va bu yostiqchalarda ancha uzun oyoqchali, uzun oval
shaklli, qobig’i tukchalar bilan qoplangan dikariotik urediniosporalar hosil bo’ladi
(15.6, E- va 15.7, 2-rasmlar). Rivojlanayotgan sporalar bosimi tufayli epidermis
yoriladi va uzunchoq, chiziq yoki tasmacha shaklli, qizg’ish-qo’ng’ir tusli pustula
(urediniya) lar tashqariga ochiladi. Urediniosporalar ham qizg’ish-qo’ng’ir tusli.
Zang bilan kuchli zararlangan dalaga kirgan odamlarning kiyimlari ushbu tusli kukun
bilan qoplanadi. Urediniosporalar hosil bo’lganidan keyin darhol o’sib, yangi
o’simliklarni zararlab, bir necha kun ichida ularda yangi urediniosporalar avlodini
hosil qiladi. Bir mavsumda poya zangining bir necha urediniya avlodlari rivojlanadi.
Qulay sharoitda ular dalada yong’inday tez tarqalishi va epifitotiya shaklida
rivojlanishi mumkin. Ular shamol bilan oson tarqaladi va bir kecha-kunduzda bir
necha yuz kilometrgacha uzoqroqdagi dalalarda bug’doy o’simliklarini zararlashi
mumkin. Boshoqlarda don yetilishi boshlangan paytda urediniyalarda teliosporalar
hosil bo’la boshlaydi. Vaqt o’tishi bilan yostiqchalarda urediniosporalar hosil
bo’lishi kamaya boradi, teliosporalar hosil bo’lishi esa ko’payib boradi va oxiri
ularda faqat teliosporalar rivojlanadi (15.6, F-rasm). Bu paytda ular hosil bo’lgan
yostiqchalar teliyalar, deb ataladi. Teliyalar qora tusli bo’lganligi sababli, poya
zangini yana qora zang, deb ham atashadi. Teliosporalar to’q-qizg’ish tusga ega,
ammo ular ko’p bo’lganida qora bo’lib ko’rinadi. Urediniosporalar bilan kech
zararlangan to’qimalarda teliyalar bevosita miseliydan hosil bo’lishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |