1-jadval
Ba’zi Xorijiy davlatlardagi neft va gaz zaxiralari va resurslarini toifalari
Mamlakatlar
|
Toifalar
|
Zaxiralar
|
Resurslar
|
Sobiq SSSR (tasnif 1983 y.)
|
Razvedka qilingan
|
Dastlabki baholangan
|
Istiqbolli
|
Prognozlangan
|
A V
|
Si
|
s2
|
S3 D,
|
d2
|
AQSH (Tog‘ byuro- siva geologiya xizma- ti tasnifi, 1975 y.)
|
Qazilgan va ishlatilgan (ekspluatatsion to‘r bilan)
|
Qazilmagan
|
Belgilangan
|
Hisoblangan
|
Gipotetik
|
Bashoratlangan
|
AQSH (Amerika neft instituti va Amerika gaz assotsiatsiyasi, 1975 y.gacha)
|
T asdiqlangan
|
Bo‘lishi mumkin
|
Ehtimolli
|
Bashoratlangan
|
AQSH (Amerika neft' instituti va Amerika gaz assotsiatsiyasi, oxirgi qabul qilingan)
|
1 P
(A,V,Si zaxira) mahsuldor drenajli quduqlar bo'yicha maydon neftgaz qazib chiqarish rejasida 100% belgilanadi)
|
2 P
Bo'lishi mumkin (S|-S2) quduq drenajidan tashqari maydon neftgaz qazib chiqarish rejasida 50% belgilanadi
|
3P
Ehtimoliy S2 quduqlar bo'lmagan maydon. Qazib chiqarish belgilanmaydi
|
Bashoratlangan
|
Avstriya
|
T asdiqlangan
|
Bo‘lishi mumkin
|
Ehtimolli
|
Bashoratlangan
|
Avstraliya
|
T asdiqlangan
|
Bo‘lishi mumkin
|
Ehtimolli
|
Bashoratlangan
|
Buyuk Britaniya
|
Tasdiqlangan
|
Bo‘lishi mumkin
|
Ehtimolli
|
-
|
Daniya
|
Tasdiqlangan
|
Bo‘lishi mumkin
|
Ehtimolli
|
-
|
Ispaniya
|
Tasdiqlangan
|
Bo‘lishi mumkin
|
Ehtimolli
|
-
|
Eron
|
T asdiqlangan
|
Bo‘lishi mumkin
|
Ehtimolli
|
Bashoratlangan
|
Malayziya
|
T asdiqlangan
|
Bo‘lishi mumkin
|
Ehtimolli
|
_
|
Frantsiya
|
T asdiqlangan
|
Bo‘lishi mumkin
|
Ehtimolli
|
Gipotetik
|
Bashoratlangan
|
Germaniya
|
T asdiqlangan
|
Texnik belgilangan
|
Geologik belgilangan
|
|
2. Zaxiralarning toifalari
Jahon neftchilar kengashi tavsiya etgan muhandis nefitchilar jamiyatini neft va gaz zaxira qo’mitasi (SPE) AQSH, tayyorlangan va jahon neftchilar kengashi (WPS), Amerika geology neftchilar assotsiatsiyasi (AAPS) va AQSH neft va gaz zaxiralarini baholash muhandislar jamiyati (SPEE) tomonidan ko’rib chiqilgan va ma’qullangan.
Suyuq, gazsimon va qattiq uglevodorodlami zaxiralasi (resurslari) deb yer os- tidagi tabiiy uyumdagi yoki yer ustidagi hisoblangan uglevodorodlar miqdoriga ay- tiladi. Resurslami baholashda aniqlangan hamda kelajakda bo’lishi mumkin uyumlaming miqdori hisoblanadi; resurslar va zaxiralami baholashda asosiy obyekt sifatida tijorat loyihalarini amalga oshirish jarayonida qazib olish imkoni- yati bo’lgan uglevodorodlar miqdori hisoblanadi.
Suyuq, gazsimon va qattiq uglevodorodlar zaxira va resurslarini boshqarish tizimida ketma-ketlikda ishlatish loyihasida iqtisodiy ko’rsatkichlari aniqlanadi hamda olingan natijalar kengqamrovli yaxlid toifada ko’riladi.
Suyuq, gazsimon va qattiq uglevodorodlami tarifini standartlash va ulami xalqaro darajada baholash tartibi 1930 yillardan boshlanadi. Bu ishlami bosh- lang’ich davrida asosiy e’tibor tasdiqlangan zaxiralarga qaratildi. 1987 yilda AQSH neft va gaz zaxiralarini baholash muhandislar jamiyati (SPEE) tadqiqot ishlarini asoschilari hamda muhandis neftchilar jamiyati (SPE) suyuq gazsimon va qattiq uglevodorodlar zaxiralari umumiy toifasi va tasnifmi chop etishdi. O’sha yilda jahon neftchilar kongressi kengashi (WPC) mustaqil suyuq, gazsimon va qattiq uglevodorodlar zaxiralari bo’yicha yaratgan toifasini chop etdi va u SPE tasdiqlagan toifa bilan deyarli bir xil edi.
Bu tasniflashlar 1997 yilda hamkorlikda suyuq, gazsimon va qattiq uglevo¬dorodlami zaxirasini tasnifmi yaratishdi va barcha foydalanishi uchun chop et¬ishdi. 2000 yilda Amerikaning geolog neftchilar assotsiatsiyasi (AAPE), SPE va WPC hamkorlikda suyuq, gazsimon va qattiq uglevodorodlar resursi va zaxirasi barcha toifa tasniflarini yaratishdi.
Neft va yonuvchi gazlar zaxiralarini, ulami o'rganilganlik darajasi bo‘yicha toifalarga ajratish shartlari 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat Zaxiralar Komissiyasi yo‘riqnomasi bilan aniqlanadi.
Alohida konlar va maydonlar bo‘yicha hisoblanadigan neft, yonuvchi gazlar va ularda uchraydigan yoidosh komponentlaming A, B, Si va S2 toifali zaxiralaridan tashqari, neft-gazli provintsiya, region, zona va hududlaming potentsial imkoni- yatlarini umumiy geologik tasavvurlar asosida baholash uchun bashoratli zaxiralar (D guruhi) aniqlanadi. Bu zaxiralar «Oczbekneftegaz» MXK da muhokamadan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat Zaxiralar Komissiyasiga tasdiqlash uchun neft va gaz zaxiralarini hisoblash bo‘yicha taqdim etiladigan materiallaming mazmuni, ко‘rib chiqish va rasmiylashtirish tartibi, neft va yonuvchi gaz konlarining zaxiralari tasnifmi qo‘Ilash maxsus Yo‘riqnoma bilan belgilanadi.
Zaxiralarning u yoki bu toifaga mansubligi 1983 yilda qabul qilingan «Neft va yonuvchi gazlaming istiqbolli va bashorat manbalari va konlari zaxiralari tasnifi» va 1984 yilda nashr qilingan yo‘riqnoma orqali aniqlanadi. Ulaming mazmuni va mohiyati «Zaxiralami hisoblash metodi, neft va gaz manbalarini hisoblash» fanida kengroq yoritilgan. Neft va gaz zaxiralarining tasnifi 0‘zbekiston Respublikasi va MDH da quyidagicha ta’riflanadi:
Zaxiralarning toifasi uyumning yoki uning bir qismining o‘rganilganlik darajasini va o'zlashtirishga tayyorlanganligini bildiruvchi ko‘rsatkichdir. Shu sababli zaxiralami u yoki bu toifaga mansubligini aniqlash uchun uyumning miqdori va sifati to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlami va uyum holatini belgilovchi sharoitlami xolisona baholash zarur.
Sanoat miqyosiga molik neft, gaz, kondensat va ular tarkibidagi komponentlar zaxiralari o‘rganilganlik darajasiga ko‘ra razvedka qilingan - A, В va toifalarga hamda dastlabki baholangan - S2 toifaga bo‘linadi. Shuningdek, neft va gaz manbalari ulaming asoslanganligiga ko‘ra istiqbolli - S3 toifaga hamda bashorat D1 va D2 toifalarga boiinadi.
A toifadagi zaxiralarga neft va gaz zaxiralarining mukammal o‘rganilganligi, neft(gaz)li qatlamlaming yotish holati, geologik tuzilishini, uyum tipi, shakli, o‘lchami, qatlamning neft va gazga to‘yingan foydali qalinligi, kollektor tipi, jinslaming kollektorli xususiyatlarining o‘zgarishi, samarali qatlamlaming neft va gazga to‘yinganligi, neft, gaz va kondensat tarkibi va xususiyatlarining o‘zgarish tavsifini hamda uyumlaming ishlatish sharoitlarining (ishlash rejimi, quduqning mahsuldorligi, qatlam bosimi, neft, gaz va kondensat sarfi, gidro- va pezoo‘tkazuvchanlik va b.) asosiy xususiyatlarini to‘liq belgilash orqali aniqlangan zaxiralar kiradi.
В toifadagi zaxiralarga neft-gazliligi mufassal tekshirilgan qatlamlaming yotish holati, geologik tuzilishi hamda turli gipsometrik sathlarda joylashgan neft va gaz quduqlaridanolingan sanoat miqyosidagi oqimlar asosida aniqlangan uyumlaming zaxiralari kiradi. Uyumning katta-kichikligi, shakli va tipi, qatlamning neft va gazga to‘yingan foydali qalinligi, kollektor turi, jinslaming kollektorli xususiyatlari, mahsuldor qatlamning neft va gazga to‘yinganligi, qatlam sharoitidagi neft, gaz va kondensatning tarkibi va xususiyatini o‘zgarish tavsifi hamda uyumning o‘ziga xos xususiyatlarini o'rganilganlik darajasi uyumning ishlatish loyihasini tuzish uchun yetarli bolishi lozim.
S1 toifadagi zaxiralarga neft(gaz)li qatlamlaming geologik tuzilishi, yotish holati va tarqalish maydoni umumiy holda o‘rganilgan hamda maydonni neft¬gazliligi quduqlardan olingan sanoat miqyosidagi oqimlar asosida belgilangan zaxiralar kiradi. Uyumning katta- kichikligi, shakli, tipi, neft va gazli qatlam- kollektorlaming yotish sharoiti razvedka va ishlatish quduqlarining burg‘ilash ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Mahsuldor qatlamlaming litologik tarkibi, kollektor tipi, kollektorlik xususiyatlari, neftva gazga to'yinganligi, neft va gazga to‘yingan qatlamlar qalinligi kem va burg‘ qudug‘ida bajarilgan geofizik tadqiqotlar ma’lumotlari asosida o‘rganiladi. Quduqlami sinash ma’lumotlari yordamida neft, gaz va kondensatlaming qatlam sharoitidagi tarkibi tahlil qilinadi. Neft-gaz quduqlari bo‘yicha neftli hoshiyani sanoat miqyosidagi ko‘lami baholanadi. Quduqlaming mahsuldorligi, qatlamni gaz- va pezoo‘tkazuvchanligi, qatlam bosimi, temperaturasi, neft, gaz va kondensat sarfi quduqda bajarilgan sinash va tadqiqotlar natijasida aniqlanadi. Maydonni gidrogeologik va muhandislik-geologik sharoitlari burg‘ilangan quduqlar yordamida va aniqlangan konlardan olingan ma’lumotlar asosida belgilanadi.
S2 toifadagi zaxiralar maydonning umumiy geologik ma’lumotlari va neft- gazli qatlamning ayrim joylarida bajarilgan sinov ishlariga asoslanib aniqlanadi. Shuningdek, yuqori toifaga mansub zaxiralari bo'lgan uchastkalarga ulanib ketadigan, uyumlami tekshirilmagan qismi da boiishi mumkin bo‘lgan neft va gaz zaxiralari hamda o‘rganilgan konlardagi uyumlar ustida va oralig‘ida joylashgan, sinash ishlari bajarilmagan qatlamlar zaxiralari geologik va geofizik tadqiqotlar asosida aniqlanadi. Uyumning shakli va katta-kichikligi, qatlamlaming kollektorlik xususiyati va qalinligi, neft, gaz, kondensatlaming tarkibi va xususiyatlari umumiy geologik va geofizik tadqiqotlar natijasida o‘rganilgan bo‘ladi.
S3 toifadagi zaxiralarga chuqur burg‘ilashga tayyorlangan istiqbolli neft va gaz manbalari mansub bo‘lib, ular neft-gazli rayon chegarasida joylashgan va shu rayon uchun belgilangan geologik va geofizik tadqiqotlar metodi yordamida chegaralangan bo‘ladi. Shuningdek, razvedka qilingan konlarda burg‘ quduqlari bilan ochilmagan, lekin mahsuldorligi rayondagi ochilgan boshqa konlarda belgilangan zaxiralar ham shu toifaga kiradi.Uyumning shakli, o‘lchami va yotish sharoiti geologik va geofizik tadqiqotlar asosida umumiy tarzda aniqlangan bo‘lib, qatlamning qalinligi va kollektorlik xususiyatlari, neft va gazning tarkibi va xossalari razvedka qilingan konlamikiga o‘xshash qilib olinadi.Neft va gazning istiqbolli manbalaridan Si va S2 toifalardagi zaxiralaming o‘sishini ta’minlashda hamda izlov va razvedka ishlarini loyihalashda foydalaniladi.
D1 toifadagi zaxiralar litologik-stratigrafik komplekslardagi neft va gazning bashorat manbalari bo‘lib, yirik regional struktura chegarasida neft-gazliligi sanoat miqyosida isbotlangan boiadi. Dj toifadagi neft va gazlaming bashorat manbalarini miqdoriy baholash o‘rganilayotgan region chegarasida razvedka qilingan konlamikiga o‘xshash qilib olinadi va bajarilgan regional geologik, geofizik va geokimyoviy tadqiqotlar natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
D2 toifadagi zaxiralar litologik-stratigrafik komplekslardagi neft va gazning bashorat manbalari bo‘lib, yirik regional strukturalar chegarasida ulaming neft- gazliligi sanoat miqyosida isbotlanmagan bo‘ladi. Ushbu komplekslaming neft¬gazga istiqbolliligi geologik, geofizik va geokimyoviy tadqiqotlar ma’lumotlari asosida bashorat qilinadi. D2 toifadagi bashorat manbalaming miqdoriy baholash umumiy geologik tasavvurlar asosida aniqlangan taxminiy parametrlar qiymatiga asoslanadi. Shuningdek yaxshi o‘rganilgan va neft-gaz konlari razvedka qilingan regionlardan olingan ma’lumotlardan bu toifani tavsiflashda foydalaniladi.
Bulardan tashqari cho‘kindi jins havzalarining isbotlangan va taxmin qilinadigan neft-gazliligi quyidagicha aniqlanishi mumkin:
1) tutqichlardagi, sonini oldindan aniqlash qiyin bo‘lgan mahsuldor va taxmin qilinadigan gorizontlar;
2) burg‘ilash yordamida ochilgan jinslar ichida bor bo‘lishi mumkin bo‘lgan istiqbolli gorizontlar;
3) burg‘ qudug‘i yordamida ochilgan, katta chuqurlikda joylashgan va bo‘lishi mumkin bo‘lgan mahsuldor gorizontlar.
Neft va gaz konlari zaxiralarini boshlang‘ich miqdoriga qarab tasniflash bo‘yicha sobiq Ittifoqning Davlat Zaxiralar Komissiyasi yo‘riqnomasiga ko‘ra quyidagi tasnif qabul qilingan.
Konlardan chiqarib olinadigan zaxiralaming eng ko‘p miqdori neft uyumlarida 30-50 %, gaz uyumlarida 80-90 % ga yetadi.
Geologik tuzilishining murakkabligiga, joylashish sharoitiga, mahsuldor qatlamning izchilligiga ko‘ra (zaxiralar miqdoridan qat'iy nazar) kon (uyum)lar quyidagi xillarga boiinadi:
- sodda tuzilgan konlar - tektonik yoriqlar bilan buzilmagan yoki kuchsiz buzilgan strukturalar;
- mahsuldor qatlamlar qalinligi va ulaming kollektorlik xususiyatlari maydon va kesim bo‘ylab deyarli o‘zgarmaydi;
- murakkab tuzilgan konlar - mahsuldor qatlamlar qalinligi va kollek-torlik xususiyatlari maydon va kesim bo‘ylab o‘zgamvchan jinslaming qavatlanishi yoki tektonik buzilishlar kuzatiladi;
- juda murakkab tuzilgan konlar ? ularga litologik qatlanishlar yoki tektonik buzilishlar xos bo‘lib, mahsuldor qatlamlaming qalinligi va kollektorlik xususiyatlari qisqa masofada o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Konlaming geologik tuzilishining murakkablik darajasi zaxiralarning 70 %ni o‘zida jamlagan asosiy uyumlaming tavsifi bilan belgilanadi. Konlami o‘rganishda yuqori samaradorlikka erishish uchun geologik qidiruv ishlari bosqichlari va etaplariga qat'iy rioya qilish lozim. Konlaming o‘rganilganlik darajasi uni to‘liq o‘zlashtirish imkonini ta’minlashi va shu bilan birga atrof muhitni muhofaza qilish talablariga javob berishi kerak.
Maydonda izlov burg‘ilashini loyihalash uchun geologik-geofizik tadqiqotlar natijasida aniqlangan va chuqur burg‘ilashga tayyorlangan stmkturalar (tutqichlar) belgilangan, shuningdek S3 toifadagi istiqbolli manbalar hisoblangan bo‘lishi lozim.
Tutqich maydonida burg‘ilanadigan quduqlar izlov ishlari loyihasida ko‘rsatilgan to‘r bo‘yicha joylashtiriladi. Izlov quduqlari chuqurligi neft-gazga istiqbolli maydon kesimini burg‘ilash texnikasi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda to‘liq o‘rganishni ta’minlashi kerak.
Ulkan va yirik neft-gaz konlarini bosqichma-bosqich o‘zlashtirishda mufassal razvedka ishlari birinchi navbatda o‘zlashtirilishi belgilangan uyumlarda yoki uning bir qismida olib boriladi. Razvedka quduqlarining miqdori, joylashish tizimi, burg‘ilash ishlarining ketma-ketligi, mahsuldor qatlamlaming geologik tuzilishi, ulaming qalinligining o‘zgarish qonuniyatlari, kollektorlik xususiyatlari, neft gaz va suv bilan to‘yinish xarakteri hamda konning tektonik xususiyatlari to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar to‘plash imkonini berishi kerak.
Kon(uyum)ni mufassal o‘rganish, uning hajmini baholash, zaxiralarini hisoblashni asoslash va obektni sanoat miqyosida o‘zlashtirishga tayyorlash uchun burg‘ilanadigan razvedka quduqlari oralig‘idagi masofa uyumning o‘lchami va uning geologik tuzilishini murakkabligiga qarab aniqlanadi. Quyida 2- jadvalda neft va gaz konlarini razvedka qilishda sobiq Ittifoqda qabul qilingan quduqlar oralig‘idagi o‘rtacha masofalaming umumlashtirilgan ma’lumotlari berildi. Bu ma’lumotlardan geologik qidiruv ishlarini loyihalashda foydalanish mumkin. Har bir kon uchun to‘plangan geologik va geofizik ma’lumotlami tahlil qilish asosida razvedka quduqlari joylashishining oqilona sistemasi tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |