1. Xorijiy davlatlarda qabul qilingan zaxiralar
Neft va gaz sanoatida asosiy muammolardan biri neft va gaz zaxiralari va resurslarini asoslangan tasnifmi tanlash bo‘lganligi sababli geologorazvedka ishlarini samarali yo‘nalishini aniqlashda va uglevodorod konlarini ishlatish tizimi bir-biri bilan uzviy bog‘liq.
MDH va qator Osiyo (shu qatorda 0‘zbekistonda), Afrika va Sharqiy Yevropa davlatlarida hamda sobiq SSSR da yaratilgan tasnif printsiplari qabul qilingan.
MDH davlatlarida qonunchilik asosida konni to‘liq va kompleks o‘rganib undagi barcha foydali qazilmalami hisoblash majbur qilingan. Aniqlangan uyumlarda balans va balansdan tashqari zaxiralarga ajratish, qazib olinmaydiganlarini hisoblab, yer zaminidan maksimal foydalanishni taqoza etadi.
Yevropa, Amerika, Afrika va Osiyo davlatlaridagi tasnifda zamonaviy texnika, texnologiya va iqtisodiy sharoitda qazib olishi rentabel bo‘lgan zaxiralar inobatga olishni rejalashtirish, hamda kapitalni ratsional joylashtirishga qaratilgan.
AQSH (1975 y.) geologik xizmat va tog‘ byurosi tayyorlagan tasnifida quduqlar burg‘ilanmagan, neft qazib olinmagan maydonlarda qazib olinadigan zaxira va resurslami norentabel guruhi ajratilgan.
MDH dagi qator davlatlaming hozirgi kungi tasnifidagi balansdan tashqari zaxiralar guruhiga qisman mos keladi. Bularda qazib olinadigan zaxira hisoblanmaydi. Qazib olinishi hozirgi kunda norentabel bo‘lgan guruhni ikkiga ajratishdi. Birinchisi qazib olish qiymati rentabellikdan salgina pastroq, ikkinchisi neftni sotish narxi keskin ko‘tarilishiga yoki qazib olish texnologiyasini mukammallashuvini hisobiga tannarxini pasayishi inobatga olingan.
MDH va AQSH amaldagi tasniflarida “resurslar’’ tushinchasi har xil ta’riflangan: ochilgan yoki taxmin qilingan uyum. AQSH da faqat qazib olinadigan resurslar inobatga olinadi. MDH davlatlarida birinchi navbatda geologik zaxira va uni tarkibida qazib olinadigani. Bu ikki hujjatlarda zaxiralar va resurslarga ajratishga faqatgina uyumni aniqlash omili asos boladi.
AQSH ning Amerika neft instituti va Amerika gaz assotsiatsiyasini tomonidan yaratgan tasnifida qazib olinadigan zaxiralar va resurslar to‘rtta toifaga ajratiladi: tasdiqlangan, bo‘lishi mumkin boigan, ehtimolli va bashoratlangan.
Qator rivojlangan va rivojlanayotgan malakatlaming hozirgi kundagi tasniflarida ushbu asosiy holatlaridan foydalaniladi.
Sobiq SSSR tasnifida geologorazvedka ishlarini tizimda markazlashtirilgan rejalashtirish va moliyalashtirishga moljallangan edi. Unda uglevodorodlami zaxira va resurslarini baholash me’yori va qoidalari yana bir karra reglamentlangan.
Hozirgi kunda MDH mamlakatlarida neft va gaz sonoatida radikal o'zgarishlar sodir boiishi asosan rejali iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan bogliq bolganligi sababli integratsiya hisobiga jahon bozorida foydalanayotgan Xalqaro tasnifga yaqinlashdi. Barcha tasniflami ikki guruhga ajratish mumkin: geologik va geologo-iqtisodiy.
Birinchi guruh tasnifmi asosan yer zaminini egasi davlat bolib, neft va gaz qazib oluvchi kompaniyalar ishlatish huquqi uchun litsenziya olishadi. Bu holatda kompaniyaga kon haqida geologo-fizik xususiyati va asosiy vazifasi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.
Agarda kompaniya konni samarasiz ishlatib, neft va gaz qazib olishda maksimal imkoniyatdan foydalanmasa undan litsenziya olib qo‘yiladi.
Ikkinchi guruh tasnifida iqtisodiy ko‘rsatkichlar birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Neftgaz qazib olinadigan kompaniyalar maydoni yoki uyumni sotib olish boshlanglch bosqichida geologik, texnik, iqtisodiy va huquqiy cheklanishlami inobatga olib uyum hajmidagi uglevodoroddan qancha qismini olishi mumkinligi aniqlab olishadi.
Geologik aspektni inobatga oluvchi birinchi guruh tasnifiga 1997 yilda yaratilgan OON (YEEK) iqtisodiy kompaniyasi rozilik bergan. OON ramkali tasnifidir. Bunda neft va gaz toifasi uch o‘lchamli to‘rda, o‘qlardan biri geologik o‘rganilganligi, ikkinchi o‘qiga iqtisodiy samaradorligi va uchinchisi o‘qiga baholangan qiymatini aniqlik darajasida kiritiladi. Shu guruhga Belorusiya respublikasini neft va gaz zaxiralarini tasnifmi ham kiritish mumkin.
Rossiya fe dirats iy as ini tasnifmi asosida quyidagi omillar inobatga olingan:
- o‘zlashtirishni iqtisodiy samaradorligi;
- ishlab chiqarishdagi o‘zlashtirish darajasi;
- geologik o‘rganilganlik darajasi.
Iqtisodiy kriteriyasi zaxira guruhlarida (sanoat ahamiyatiga ega) shartli rentabel va (sanoat ahamiyatiga ega emas) geologik zaxira toifalarda (A,V,S|, S2) va resurslar (S3, D0, D,, D2).
SRE/VPK va SEK hozirgi vaqtdagi tasnifida birinchi navbatda iqtisodiy aspekti e’tiborga olingan. Tasnif neftgazli hududlami neftgaz qazib oluvchi kompaniyalar davlatdan yoki boshqa yer egasidan sotib olish mumkin bo‘lgan mamlakatlarda qo‘llaniladi.
Tasnif SRE/VPK neftchi muhandislar jamoasi va jahon neftchilar kongressi tomonidan 2002 yilda resurslar va zaxiralar bo‘yicha standartini yakuniy variantini qabul qildi.
Iqtisodiy jihatdan geologik ma’lumotlar asosida texnologik imkoniyati maqsadga muvofiq bo‘lgan miqdorda qazib olinadigan neft va gazga zaxira deb ta’rif berishgan.
Mahsuldorligi qazib olish bilan yoki qatlamni sinash bilan 90 % va undan ortiq olishni ehtimoli bo Uganda tasdiqlanadigan zaxira deb qabul qilinadi.
Mahsuldorligi geologik tadqiqotlar bilan yoki kollektorlami o'rganilganligi zaxirasi hisoblangan uyumlar o‘xshash bo‘lganda uglevodorodlami qazib olishi 50 % va undan ortiq imkoni bo‘lganda tasdiqlangan zaxiraga kiritiladi. Ko‘rinib turibdiki, tasnifda asosan qazib olinadigan zaxiralar iqtisodiy omillar bilan aniqlanadi.
Barcha neft kompaniyalari jahon moliyaviy va fond bozoriga chiqish uchun qimmat baho qog'ozlar (SEK) komissiyasini tavsiya qilgan tasnifidan neft va gaz zaxiralarini hisoblashda foydalaniladi. Tasdiqlangan zaxiraga hozirgi vaqtdagi iqtisodiy sharoitda texnika va texnologiya darajasida 90 % yuqori qazib olish mumkin bo‘lgan zaxaralar kiritiladi.
Tasdiqlanmagan zaxiraga hozirgi iqtisodiy sharoitda geologik ma’lumotlarga asoslanib texnik va iqtisodiy faktorda 50 % yuqori qazib olishi mumkin bo‘lgan zaxiralar kiritiladi.
Razvedka metodi bilan aniqlangan qazib olish imkoniyati 10 % yuqori bo‘lganda hisoblangan uglevodorod resurslariga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |