BAYONNOMASI 6-may 2021-yil Qo’qon shahri.
Qatnashdilar: O’IBDO’ Q. Payzimatova, fizika fan o’qituvchisi N. Dehqonova boshqa o’qituvchilar va amaliyotchilar
Kun tartibi: Amaliyotchi – talaba Yusupova Dilnoza Ilhomjon qizining 7-T sinfi o’quvchilari uchun fizika fanidan “Eng muhim tuzlarning ishlatilishi ” mavzusida o’tkazilgan sinov darsining tahlili va muhokamasi.
Eshitildi: Amaliyotchi- talaba D.Yusupova : Bugungi fizika fanidan sinov darsida men o’z oldimga “ Eng muhim tuzlarning ishlatilishi ” mavzusi yuzasidan o’quvchilarga bilim,ko’nikma va malakalar berishni maqsad qilgandim.Maqsadga erishish uchun darsimni reja asosida bayon etdim. Dars jarayonida sinfdagi barcha o’quvchilarni qamrab olishga harakat qildim.” Eng muhim tuzlarning ishlatilishi” mavzusini zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydalanib o’quvchilarga yetkazishga harakat qildim.Bunda “Zinapoya o’yini ” usulidan hamda mavzuga oid slaydlardan foydalandim.Bugungi sinov dars jarayonida ko’zlangan maqsadga erishdim deb o’ylayman.
So’zga chiqdilar: O’IBDO’ Q. Payzimatova :Dars to’gri tashkil qilindi, darsning maqsadi va o’quvchilar bajarilishi lozim bo’lgan faoliyat turlari e’lon qilindi. Talaba mavzuni yaxshi o’zlashtirgan. Darsda zamonaviy ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’z o’rnida to’g’ri foydalanildi.Talaba ko’plab ilmiy adabiyotlar va manbalardan foydalanib, darsga tayyorgarlik ko’rgan.
Fan o’qituvchisi N.Dehqonova:Talabamiz dars jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalarni o’z o’rnida foydalana oldi. Yangi mavzuni mustahkamlashda mavzuga oid masalalardan foydalandi.Ko’plab adabiyotlardan foydalanib darsga tayyorgarlik ko’rgani ko’rinib turibdi.Talaba mavzuni tushuntirishda slaydlardan to’g’ri foydalandi. Talabaning nutqi ravon, tempi talab darajasida. Kamchilik : sinfdagi past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ko’proq ishlash kerak.
O’qituvchi M.Qo’shoqova :Talaba darsni yaxshi tashkillagan va reja asosida olib bordi.Vaqt taqsimotiga to’g’ri e’tibor qaratgan. Darsga har tomonlama tayyorgarlik ko’rgani yaqqol ko’rinib turibdi. Dars yakunida o’quvchilarning bergan savollariga batafsil javob berdi. Uyga vazifa doskaga yozib berildi.
Yig’ilish kun tartibidagi masalani atroflicha muhokama qilib,
Qaror qiladi: 1.Amaliyotchi-talaba Yusupova Dilnozaning 7- T sinfda fizika fanidan “Eng muhim tuzlarning ishlatilishi ” mavzusida bir soatlik sinov darsi ma’lumot uchun qabul qilinsin va “qoniqarli” deb baholansin.
2.Dars yuzasida bildirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish va navbatdagi darslarda yo’l qo’ymaslik amaliyotchi- talaba Yusupova Dilnozaga yuklatilsin.
3.Yuqoridagi ogohlantirishlarga qat`iyan rioya qilinsin.