Bayonnomasi №7
O’tkazilgan joy 236-xona
O’tkazilgan sana
Qatnashdilar M.Axunboboyev
va guruh talabalari
Kun tartibi :
1.” Adabiyotga e’tibor – kelajakka e’tibor” mavzusida ma’ruza.
2. Talabalarning mavzu bo’yicha fikr va mulohazalari
Guruh murabbiysi M.Axunboboyev “Adabiyotga e’tibor – kelajakka e’tibor” mavzusida talabalarga quyidagi fikrlarni ta’kidlab o’tdi : Yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, xalqimizning eng yaxshi fazilatlaridan biri kitobga bo‘lgan ehtiromi ekanini yoshlar orasida targ‘ib qilish, ularni adabiyotga, Ona Vatanga yuksak muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash va oilaviy kitobxonlikni keng targ‘ib qilish
tafakkuri, dunyoqarashi keng bo‘lgan xalqgina qudratli davlat qurishga qodirdir. Bugun xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish zamirida ularni ma’rifatli, yuksak salohiyatli, o‘z fikrini teran ifoda eta oladigan kelajak egalari qilib tarbiyalash masalasi yotibdi. Prezident farmoyishi ham ayni shu sohadagi ishlarni yanada rivojlantirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
Darhaqiqat, yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Bu haqda so‘z borganda, Istiqlol bizga kitobxon xalq degan azaliy yuksak mavqeimizni nafaqat qaytarib bergani, ayni chog‘da, bu boradagi intellektual salohiyatimiz va imkoniyatlarimizni tubdan oshirishning asosiy omili ham bo‘lganini ta’kidlash lozim, Bir so‘z bilan aytganda, xalqimiz adabiyotni muqaddas va ulug‘ bir dargoh deb biladi. Ana shunday bahoning o‘zi el-yurtimiz hayotida bu soha namoyandalariga, ularning haqqoniy so‘zi, chuqur ma’noli asarlariga ishonch, hurmat-e’tibor va ehtirom azaldan yuksak darajaga ko‘tarilganini yaqqol ko‘rsatib turibdi».
Guruh talabasi Odilova Nilufar mavzu bo’yicha quyidagi fikrlarini bildirib o’tdi: Darvoqe, ijodkor olam va odam haqida avvalgidan farqli o‘laroq, sog‘lom fikrlash, ya’ni adabiyot nuqtai nazaridan ko‘proq bilishga intiladi. Natijada olamni, odamni, ularning tuyg‘ularini turlicha ifodalaydigan badiiy asarlar yaratish — bugunning dolzarb vazifasiga aylandi. Istiqlol adabiyotida tasvirlanayotgan inson o‘zining bashariyat, Vatan, el-yurt oldidagi mas’uliyatini chuqur his etgan holda namoyon bo‘lmoqda. Demak, xalq hayotidagi istiqbolli davr adabiyoti yuqori bosqichga ko‘tarildi, uning mazmun va shakli yangilandi hamda boyidi.
Do'stlaringiz bilan baham: |