Guliston Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari (rus guruhi) yo’nalishi 19e-20-guruh talabalarining “Ajdodlar merosiga ehtirom“ mavzusida o’tkazilgan tarbiyaviy soat
Bayonnomasi №1
O’tkazilgan joy 236-xona
O’tkazilgan sana
Qatnashdilar M.Axunboboyev va
guruh talabalari
Kun tartibi :
“Ajdodlar merosiga ehtirom “mavzusida ma’ruza.
Boshqa masalalar.
“Ajdodlar merosiga ehtirom” mavzusida yuzasidan guruh murabbiysi M.Axunboboyev guruh talabalariga Mamlakatimizda qatagʻon qurboni boʻlgan ota-bobolarimizning hayoti va faoliyatini, xususan, jadidlar merosini yana-da chuqur oʻrganish va ularning xotirasini abadiylashtirish boʻyicha muhim farmon va qarorlar qabul qilingan. Jumladan, yurtimizda 2001-yildan buyon har yili 31-avgust – mamlakatimiz Mustaqilligi bayrami arafasida “Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni” sifatida keng nishonlab kelinmoqda. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi barpo etilganligi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy taʼlim muassasalari qoshida uning boʻlimlari tashkil etilganligi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida Jadidchilik harakatining davlatchiligimiz tarixida muhim ahamiyatga egaligini taʼkidlab oʻtganligi haqida gapirib o’tdi.
M.Axunboboyev o’z so’zi davomida Madaniy meros jamiyat asosini, xalqimizning avloddan–avlodga o’tib kelayotgan ma’naviy qadriyatlari va an’analarini mustahkamlaydigan omil hisoblanishi, tarixiy va madaniy yodgorliklar har bir odamga ta’sir ko’rsatib, o’ziga maftun qilishi va g’ururlantirishi, shu bois ularni saqlash, eng avvalo, faqatgina davlatning emas har bir kishining burchi, maqsadiga aylanishi kerakligini ta’kidlab o’tdi.Guruh talabalari buyuk ota-bobolarimiz, dunyo tamaddunida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Muxammad ibn Ismoil Al Buxoriy, Muso Al-Xorazmiy, Ibn Sino kabi bobokalonlarimizning boy meroslari to‘g‘risida yana bir bor tushunchalarga ega bo‘ldilar.
Ikkinchi masala yuzasidan guruh muarbbiysi M.Axunboboyev guruhdagi iqtidorli o’quvchilarni o’z iqtidorlari bo’yicha tadbirlarda faol ishtirok etishi va tadbirlarda, tanlovlarda qatnashishi haqida ta’kidlab o’tdi.Shuningdek M.Axunboboyev Shavkat Mirziyoyevning quyidagi qarorini ta’kidlab o’tdi: Mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |