Inoqlik
Dunyoda bir kaptar yashar ekan.
Bir kuni yer qimirlab kaptarning uyasi buzilibdi. Tinchligini yo'qotgan
kaptar shahar ustida kun bo'yi uchib yuribdi.
Bir vaqt qaldirg'och kaptarni ko'rib qolibdi. Hol-ahvol so'rabdi. Kaptar
uyi buzilib ko'chada qolganini aytibdi.
Qaldirg'ochning uyi zarar ko'rmagan ekan. U do'stini uyiga taklif
qilibdi. Kaptar qaldirg'ochnikida tinch yashay boshlabdi.
Oradan kunlar o'tibdi. Qaldirg'och uyiga yaralanib kelibdi. Uning
ko'kragi qonga belangan edi.
Kaptar darhol buloqdan suv keltirib beribdi. So'ng do'stiga yumshoq
joy hozirlabdi. O'zining chap qanotini do'stiga to'shab beribdi. O'ng
qanotiga o'zi yotibdi. Qaldirg'och tinch uxlab orom olibdi.
(90 so'z,
bayon
60-70 so'zdan iborat bo'lishi ham mumkin.)
Do'stlaringiz bilan baham: