Q u l u n t u z a l d i
Anvar yilqi fermasiga borib turadi. Qorako'z nomli biyani parvarish-
laydi. Otboqar Qorako'zni quluni bilan yaylovga chiqarib yubordi.
O'sha kuni Anvar otxonaga bordi. U yerda oyoqlarini cho’zib, ko'zlarini
yumib yotgan qulunni ko'rdi. U zo'rg'a nafas olardi. Anvar qulunning
peshonasini silagan edi, qo'li qon bo'ldi. Tezda qulunni mol doktoriga
olib bordilar. Shifokor qulunni tekshirib, dori berdi.
Anvar dorini qulunning peshonasiga surkab turdi. Dorixonadan
so'rg'ich sotib oldi. Unga har kuni Qorako'zning sutidan quyib emizdi.
Qulun asta-sekin tuzalib, o'ynoqlay boshladi.
Anvar hozir o'quvchi. U katta bo'lganda mol doktori bo'lmoqchi.
(87 so'z)
Do'stlaringiz bilan baham: