Imlo: buyumlar, yetibdi, shox, bo'yinturuq so'zlari va ketma-ket
kelgan bir xil undoshli so'zlar ustida ishlanadi.
Tahlil: Teshaboy yog'ochlardan nimalar yasar ekan? Usta
o'g'illariga qanday ish buyurdi? U nimadan omoch, nimadan
bo'yinturuq yasadi? Nima uchun kichik o'g'ildan haqiqiy usta chiqar
ekan?
O'quvchilar «Usta Teshaboy» matnini ona tili daftarlaridan qayta
o'qiydilar va m ustaqil reja tuzadilar. Uni birgalikda tahlil qiladilar.
Reja:
1. Teshaboy usta.
2. Teshaboyning topshirig'i.
3. Usta omoch yasadi.
4. Teshaboy bo'yinturuq yasadi.
5. Haqiqiy usta.
Matn reja asosida so'zlatiladi, so'ng yoziladi. Bayon yozayotganda
bolalardan daftarlarini yopib qo'yish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |