Qatnasıwshılar:
Topar basshısı: Z. Nizamatdinova
Topar oqıwshıları: _______________
Kún tártibinde:
1. «Internet maydanındaǵI ruwxiy qáwipler hám olarǵa qarsı gúresiw»
2. Aǵımdaǵı máseleler.
Tıńlandı:
Kún tártibindegi birinshi másele boyınshа topar basshısı Z. Nizamatdinova oqıwshılardı barlap, _______________ kúngi tárbiya saatında « Internet maydanındaǵı ruwxiy qáwipler hám olarǵa qarsı gúresiw» atlı bayanatın jasadı. «Ózbekstan keleshegi jaslar qolında», «Internetten awlaq bolıw» sıyaqlı túsinikler tiykarǵi actual másele sıpatında, mámlekette internet qáwipi barǵan sayın artip baratırǵanı baslı mashqala ekenligin ayttı. Onda topar basshısı kún tártibindegi máselege ayrıqshа qarap ótti. Bıyilǵı oqıw jılında Watan rawajı jolında bar kúshimiz benen birge háreket etiw kerekligi uqtırıldı. Topar oqıwshıları ózleriniń pikirleri menen shıǵıp sóyledi. Xalqımızdıń internet qáwipi astına túsip qalmaslıǵIna isenim menen ózleriniń maqtanısh sezimlerin bildirdi.
Qarar:
1. «Ózbekstan keleshegi jaslar qolında», «Internetten awlaq bolıw» sıyaqlı túsinikler tiykarǵi actual másele sıpatında, mámlekette internet qáwipi barǵan sayın artip baratırǵanı baslı mashqala haqqındaǵı bayanat ulıwma maǵlıwmat ushin qabıl etilsin.
2. Liceydiń ishki tártip-intizami haqqında maǵlıwmatlarǵa ele de túsinikler berilsin.
3. Topar múyeshine náwbetshilikler shólkemlestirilsin.
Topar basshısı: Z. Nizamatdinova
Xatker: D. Maqsetbaeva
MAVZU: Internet maydonidagi ruxiy xavflar va ularga qarshi kurashish
Ózbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak mánaviyat – yengilmas kuch” asarida shunday yozgan edi: “Ayni paytda hayot haqiqati shuni kórsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yólida foydalanish mumkin”. Ilgari insoniyat ózaro ziddiyatlarda qurol-yaroǵning turli kórinishlaridan foydalangan. Tóqnashuvlar hosilasi dushmanning yeri, moddiy boyliklarini qólga kiritish bilan izohlanar edi. Urush xavfi hammaning kóziga yaqqol kórinib turgan sifatlarda namoyon bólardi. Hozirgi zamondagi eng katta xavf insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurash tusini oldi. Endilikda yadro poligonlarida emas, mafkura maydonlarida bólayotgan kurashlar kóp narsani hal qiladi. Ayni paytda ǵoyaviy-mafkuraviy kurashlar yer yuzini, barcha mintaqa va mamlakatlarni qamrab olmoqda. Bugun bu jarayonlardan biror kishi yoki mamlakat chetda qolmaydi. Ayniqsa, diniy ekstremizm, fundamentalizm va boshqa axloqsizlik ǵoyalarini kishilar ongiga singdirishdan iborat mafkuraviy-mánaviy tajovuzlar mintaqaviy va umumbashariy muammo darajasiga chiqib, unga qarshi kurashning xalqaro institutsional tizimini shakllantirishni taqozo qilmoqda. Xósh, muammo qaysi jihatlarda kórinadi?
“OMMAVIY MADANIYAT” TAHDIDI
“Ommaviy madaniyat” nima ózi? Uning jamiyatga va kelajakka foyda-ziyoni qaerda kórinadi? Kimdir buni shu kunning modasi, xiti yo keng iste’moldagi qaysidir narsasi kórinishida qabul qilishi mumkin. Aytaylik, qizlar uchun miniyubka, tor va badanni yaqqol kórsatuvchi futbolka, yigitlarga tizzaning yuqorisida turuvchi shorti va tananing yarmini ham yopmaydigan mayka bugunning modasi bólib turibdi. Ayrim mutaassib ayollar esa boshdan-oyoq qop-qora libosga óranib yurishni ózlariga ep kórishadi. Yana qaysidir kishi yaktak-ishton, oqmi-kók yo qora dóppi kiyish bilan kimlargadir órnak bólmoqni istaydi.
“Ommaviy madaniyat”ni tarǵib etuvchilarning maqsadi nima?
“Ommaviy madaniyat” mánaviy tanazzulning debochasidir. Uni tarǵib qiluvchilarning asl maqsad va niyatlari ham qaysidir millat yoki xalqni mánaviy jihatdan inqirozga uchratish bilan yengishga qaratilgan. Chunki, turli yarim yalanǵoch suratlar, fahsh kinofilmlar, har xil bemaza óyinlar odamlarda izlanish, yaxshilik sari intilish kayfiyatini yóqotadi. Bularning yoniga (qórqmay) ayrim saviyasiz xonandalarning maza-matrasiz qóshiqlari, bemáno va hayosiz kliplarini ham qóshish mumkin. Uzoqqa bormaylik. Atrofimizga bir qaraylik. Achinarlisi shuki, bir paytlar yigitlik, erkaklik ǵururini har narsadan ustun qóygan xalqning hozirgi yoshlari orasida quloǵiga sirǵa taqqan, tirnoqlarini óstirib bóyagan, uzun sochli yigitlarni uchratish mumkin. Yoki yorilib ketaman, deb turgan shim kiygan, yelkasiyu beli ochiq, tizzasiga yetmaydigan yubkali qizlarni oling. Ular erta-indin ota-ona bólsa, farzandlariga qanday tarbiya beradi? Ózlari axloqli bólmay turib, zurriyotlariga odobni órgata oladimi?
AXBORIY XURUJLAR TAHDIDI
Uchinchi ming yillik odami uchun axborot izlab topish muammosi óz-ózidan bartaraf etildi. Turli nashrlar, radio va televidenie, ayniqsa, internet saytlari istagancha xabar yoki málumotni yetkazib beryapti. Bu yaxshimi, yomonmi?
Dunyo media bozorida tarqatilayotgan barcha axborot kishilik jamiyati uchun foydalimi? Ósha ming-minglab málumotning mánaviyatga tahdidi qanday?
Bozorga kirgan kishining kózlari peshtaxtalardagi rang-barang mahsulotlarning kópligidan qamashishi tabiiy. Albatta, biri-biridan chiroyli, kórkam va sifatli tuyuladi. Qay biridan xarid qilishni bilmay, ikkilanishi ham bor gap… Axborot bozoridagi málumotlar, xabarlar haqida ham shunday deyish mumkin. Narigi bozordan farqli ólaroq, bu yerdagi mahsulotlar miyani “qamashtiradi”. Qaysi materialni óqishni yoki óqigandan sóng uni qanday “hazm” qilishni bilmay qolish ham hech gapmas. Har ikki bozor uchun bir xil me’yor bor: hech kim óz molini yomon demaydi. Eng sifatsiz mahsulot sotayotgan ham, quruq safsatadan iborat xabarni tarqatayotgan ham uni ótkazishni xohlaydi. Oziq-ovqat, dehqon va boshqa bozorlarga kirgan kishi nimani sotib olishni ózi biladi. Chunki, u yerga mahsulotlarni biladigan odam kiradi-da! Lekin media bozorning bugungi xaridori uning peshtaxtalaridagi xabar yoki málumotning qay biri sifatli ekanini biladimi?
Bizningcha, hamma gap shunda! Endi ommaviy axborot vositasi sifatida hayotimizga chuqur kirib kelgan internetning mánaviy tahdidini olib kóraylik. Internetning foydali tomonlari juda kóp. Lekin salbiy jihatlari ham yóq emas. Ayniqsa, turli tanishuv saytlari fuqarolarning, ayniqsa, yoshlarning ongiga halokatli ravishda tásir kórsatmoqda. Kimningdir qizi, óǵli, eri yoki xotini begonalar bilan ijtimoiy tarmoqlar, forumlar orqali tanishib, uchrashib yurganligi, buning oqibatida ayrim oilalarning buzilib ketayotgani bugungi kunda hech kimga sir emas. Ayni paytda ayrim tarmoqlar nafaqat tanishuv, balki axloqsizlik portaliga aylanib qolganini alohida tákidlash lozim. Masalan, “You Tube” axloq-odob normalaridan chiqib boryapti. Ularda ózimizning yuzsizlarimiz bor-budini namoyish etib, fahsh ishlariga qolganlarni ham chorlamoqda.“Facebook”da ham yalanǵoch kórinishlar kópaymoqda. Bundan tashqari, ayrim ekstremistik guruh va oqimlar ázolari ham bu kabi tarmoqlardan foydalanayotganidan kóz yumib bólmaydi. Ilgari pana-pastqam joylarda uchrashib, óz ǵoya va mafkuralarini boshqalarga singdirishga uringanlar endi ijtimoiy tarmoqlarga tanda qóyib olishdi. Axir, bu yerda hech kim ularning mushugini “pisht” demaydi-da. Alam qiladigan joyi, tuppa-tuzuk odam profilida kóringan “suhbatdosh” asta-sekinlik bilan tór tashlay boshlaydi. Ilinganlar esa óz yurtdoshlarimiz. Kimdir bilmay, boshqasi tushunmovchilik oqibatida, yana biri diniy qadriyatlarimizni hurmat qiluvchi kishi sifatida ularning domiga tushadi. Hozir ham bu davom etmayapti, deb óylaganlar adashib qolishi hech gapmas.
KINO “SAŃATI”NING TAHDIDI
Ótgan asrda kino haqida gap ketganda, quyidagi ibora kóp bor tákidlanar edi:
— Hamma sańatlar ichida biz uchun eng muhimi kinodir…
Uni aytgan odam óshanda nimani nazarda tutgan ekan-a? Kinoning madaniyat tarǵibotchisi sifatidagi ahamiyatinimi yoki boshqalar mánaviyatiga tásir kórsatuvchi muhim omilligi tóǵrisidami?
Kinosańatning katta “qurol” ekanligi, mana, endi yaqqol bilina boryapti. Yaqin-yaqinlarda ham ózbek televideniesini tóla egallab olgan sayoz filmlar bunga juda-juda ulkan “hissa” qóshdi. Odamlar Turkiya, Braziliya, Hindiston, Meksika va Amerika rejissyorlari ishlagan oldi-qochdi, muhabbat mojarolari, oilaviy munosabatlar haqidagi teleseriallar domiga osongina ilindi. Ota-ona, farzandlar, oila davrasida tomosha qilish jarayonida ópishish, quchoqlashish sahnalarini birgalikda kórishga teleseriallar orqali majbur qilindi. Yotoqxona, tóshakdan boshlangan lavhalar yana aynan ósha joyda tugallanishini qanday tushunish kerak? Bular-ku, kattalar uchun ishlangan teleseriallar… Endi yosh avlod, kichkintoylar uchun tayyorlangan multfilmlarni olib kóring. Tóǵrisi, kattalarnikidan qolishmaydi. Ósha sizu biz bilgan “Maugli”, “Qirol Sher”, “Sohibjamol va maxluq”, “Tom va Jerri” multfilmlarida ham ópishish, quchoqlashish sahnalari tólib-toshib yotibdi. Ularni ishlab chiqarganlarning asl maqsadlari nima ózi? Past saviyali film, qóshiq, multfilm yoki óyinlardagi chalǵituvchi xususiyat kishidagi (kattami, kichikmi, baribir) fikrlash qobiliyatini asta-sekin óldirib boradi. Unda tevarakda bólayotgan voqea-hodisalarga faqat shu óyin yoki film saviyasi, bergan “tálimi” nuqtai nazaridangina qarash sharoiti yetilib boradi. Ona suti oǵzidan ketmay turib, ana shunday ruhda “tarbiyalangan” boladan nimani kutish mumkin? Ayrim ota-onalar farzandini televizor qarshisiga ótqazib, multfilm qóyib berish bilan ózini aldayotganini bilmaydilar. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, mánaviyatga tahdid kelajakka tahdid, demakdir. Ózbekiston xalqi jahon taraqqiyotiga ulkan ulush qóshgan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Forobiy, buyuk imomlar al-Buxoriy, Moturidiy, at-Termiziy, hazrat Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlarning avlodidir. Ular va boshqa uluǵlarimizning mánaviy merosini butun dunyo ahli hayrat bilan órganayotgan bir paytda bizning zamonaviylik, madaniyatlilik niqobi ostida turli yengil-elpi, mánaviyatsizlikni tarǵib etuvchi omillarga berilishimiz kechirilmas holdir. Bunday salbiy illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish, ularga qarshi kurashish bugunning dolzarb vazifasi bólmoǵi kerak.
Qaraqalpaq Mámleketlik Universiteti
Akademiyalıq liceydiń shet tilleri
baǵdarınıń 211-toparında 20__-jıl
___________ kúngi tárbiya saatınıń
№____BAYANATI
Do'stlaringiz bilan baham: |