Bayanati qatnasıwshılar: Topar basshısı: Z. Nizamatdinova Topar oqıwshıları: Kún tártibinde: «Konstituciya erkin hám abadan turmısımızdıń bekkem tiykarı»



Download 113,33 Kb.
bet4/17
Sana24.12.2022
Hajmi113,33 Kb.
#895717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Qaraqalpaq Mámleketlik Universiteti

Qatnasıwshılar:
Topar basshısı: Z. Nizamatdinova
Topar oqıwshıları: _______________

Kún tártibinde:
1. «Jaslardıń milliy qádiriyatlarǵa múnasibetleri»
2. Aǵımdaǵı máseleler.

Tıńlandı:

Kún tártibindegi birinshi másele boyınshа topar basshısı Z. Nizamatdinova oqıwshılardı barlap, _______________ kúngi tárbiya saatında «Jaslardıń milliy qádiriyatlarǵa múnasibetleri» atlı bayanatın jasadı. « “Milliy qádiriyat” ata-babalarımızdan beri kiyatırǵan miyras» sıyaqlı túsinik tiykarǵi pikir sıpatında qaralıp, jaslardıń bul miyrasqa abaylı múnasibette bolıwı baslı waziypa ekenligin ayttı. Onda topar basshısı kún tártibindegi máselege ayrıqshа qarap ótti. Bıyilǵı oqıw ámel etiliwi jılında milliy úrp-ádet dástúrlerimizdi belgilep beriwshi bayramlarǵa jaqsı tayarlıq kóriw kerek ekenligi haqqında túsinik berip ótti. Topar oqıwshıları ózleriniń pikirleri menen shıǵıp sóyledi. Xalqımızdıń milliy qádiriyatqa qanday itibarda ekenligi haqqında óz kóz qarasların bildirdi.


Qarar:
1. . « “Milliy qádiriyat” ata-babalarımızdan beri kiyatırǵan miyras» sıyaqlı túsinik tiykarǵi pikir sıpatında qaralıp, jaslardıń bul miyrasqa abaylı múnasibette bolıwı baslı waziypa ekenligi haqqında bayanat ulıwma maǵlıwmat ushin qabıl etilsin.
2. Liceydiń ishki tártip-intizami haqqında maǵlıwmatlarǵa ele de túsinikler berilsin.
3. Topar múyeshine náwbetshilikler shólkemlestirilsin.

Topar basshısı: Z. Nizamatdinova


Xatker: D. Maqsetbaeva
Mavzu: Yoshlarning milliy qadiriyatlarga munosabati

Yoshlar tarbiyasi hamma davrlar, har qanday jamiyat uchun ham eng ustuvor vazifalardan biri bólib kelgan. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida óziga xos va mos milliy, diniy qadriyatlarga asoslangan xalqimizning tarbiya borasidagi azaliy ańanalari “ommaviy madaniyat”, mentalitetimizga yot ǵoya va qarashlar tásirida asl mohiyatini yóqotib borayotgani barchamizni tashvishga soladi. Ushbu jarayonga, yáni tarbiya masalasiga óz vaqtida jiddiy e’tibor qaratmasak, ertaga kech bólishi, tuzatib bólmas darajadagi oqibatlarga olib kelishi mumkin. Zero, tarbiya borasida taniqli márifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan sózlarini aslo unutmasligimiz lozim. Xósh, bugun yoshlar tarbiyasi borasida nimaga erishyapmiz, qanday yutuq va muammolarimiz bor? Ertangi kunimiz egalarining odob-ahloqi, bilim va salohiyati, mánaviyati, bir sóz bilan aytganda, tarbiyasidan kónglimiz tólyaptimi? Tóǵri, mamlakatimizda farzandlarimizning bolalar boǵchasidan tortib, maktab, kollej, oliy óquv yurtidagi tahsil davrigacha bólgan jarayonlarda juda katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Biroq, bu borada xato-kamchiliklarimiz, nuqsonlar ham borki, ular turli shakl va kórinishlarda bóy kórsatib, yosh avlod tarbiyasiga salbiy tásir kórsatmoqda. Ayrim yoshlarning yurish-turishi, ayniqsa, kiyinishini kórib, óylanib qolaman. Nahotki shu qiz yoki yigit bizning farzandimiz, bizning tarbiyamizni olib ósgan bólsa? Bázi qizlarimiz millatimizga xos bólmagan liboslarni kiyib yurishini men aslo oqlamayman. Tóǵri, qanday kiyinish har kimning shaxsiy ishi. Biroq kiyinishda madaniyat, xalqimizning qadim qadriyatlariga hurmat bólishi kerak. Bu borada keng jamoatchilik, ayniqsa, oilada ota-onaning nazorati muhimdir.


Bugun aksariyat yoshlarimiz bósh qoldi deguncha darrov qól telefoni bilan mashǵul bólishi odatiy holga aylanib qoldi. Qandaydir óyin óynaydi, qóshiq eshitadi, film tomosha qiladi, ijtimoiy tarmoqlardagi turli-tuman málumotlar bilan tanishadi. Buning nimasi yomon, texnika davri, taraqqiyot dersiz? Tóǵri, buning yomon tomoni yóq. Tan olishimiz kerak, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ayniqsa, internet taraqqiyot darajamizni bir necha poǵonaga kótardi, uzoǵimizni yaqin, ishimizni yengil qildi. Lekin yoshlarimizning uyali telefonga asir bólib qolayotgani, internet va ijtimoiy tarmoqlardan, ulardagi málumotlardan oqilona foydalanishlari borasida jiddiy óylab kórishimiz kerak bólgan jihatlar talaygina. Yoshlarimizning mobil telefon, internetga bu qadar boǵlanib qolishlarini aslo oqlab bólmaydi. Bu eng avvalo, ularning salomatligiga, mánaviyatiga salbiy tásir kórsatmoqda.
Internet tarmoqlarida aldov va ǵarazli maqsadlar yólida tarqatilayotgan turli málumotlarga ayrim yoshlarimiz osongina ishonmoqda. Natijada oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata olmay, kimlarningdir qurboniga aylanayotir.
Ótmishga, bobo-momolarimizning hayotiga nazar tashlasak, oilada óǵil bola tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Bolaligidan oilaning suyanchi, kattasi, opa-singillarining himoyachisi bólishini, qolaversa, Vatanning tayanchi ekanini uqtirib, shu asosda tarbiya berilgan.
Tóǵri, ayol oilaning chiroǵi, iqboli. Farzandning soǵlom, barkamol tuǵilib voyaga yetishi kóp jihatdan unga boǵliq. Shunday bólsa-da, tarbiyada e’tiborni ikki jinsdagi farzandga ham teng qaratish zarur. Hatto, óǵil bolalarga kóproq ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. Chunki ayolning ayolday yurishini táminlaydigan erkaklar ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak.
Ming afsuski, bugun jamiyatimizda ana shu tamoyil biroz izdan chiqdi. Bázi oilalarda otaning órni va roli pasayganday nazarimda.
Shu órinda, ota oilani táminlamasa, farzandlar tarbiyasi buziladi, degan aqidani unutib qóymasligimiz lozim. Biror bir ish bilan mashǵul bólmay xotini, farzandlari topgan pulga choyxonalarda ótirib osh yeydigan va bundan aslo xijolat bólmaydigan erkaklar oramizda, afsuski bor. Ana shunday muhitni kórib ósayotgan farzandlar yoki faqat onasi orqali táminlanayotgan bola otasining gapini gap órnida qabul qilmaydi. Yoxud ota kuni bilan bekor yursayu ovqat paytida dasturxonda hozir bólsa? Bunday otalar farzandlariga qanday ibrat bóla oladi?
Bu kabi holatlar yuzaga kelishining asosiy sababi yurtimizga ommaviy tarzda kirib kelayotgan, mentalitetimizga yot seriallar, videokliplar, internet, qól telefonlaridagi videoyozuvlar, umuman, globallashuv davrining turli “mahsulot“laridir. Ayni kunda mamlakatimizda “ommaviy madaniyat“, u keltirib chiqarishi mumkin bólgan illatlarga qarshi zarur ishlar olib borilmoqda.
Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning soǵliǵi va davomiyligini táminlaydigan, milliy qadriyat va urf-odatlarimizni asrab-avaylab kelgusi avlodlarga qoldiradigan, shu bilan birga, kelajak avlod qanday inson bólib kamol topishiga bevosita tásir kórsatadigan tarbiya óchoǵi hisoblanadi.
Xósh, bugun oilani mustahkamlash, ayniqsa, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida olib borayotgan ishlarimiz qay darajada samara bermoqda? Kelin-kuyovlar oilaviy hayot haqida yetarli tushunchaga ega bólib turmush qurdimi? Ular rózǵor aravasini tortib keta olyaptimi? Umuman, mustahkam oilalarni shakllantira olyapmizmi? Ochiǵi, bugun bu kabi savollarning barchasiga ijobiy javob berishga biroz óylanib qolamiz.
Ayrim oilalarda tóydan hech qancha ótmay, turli muammolar yuzaga kelmoqda. Kuyovning tayinli biror ishi yóqligi, oilaga bosh bólish, oilani moddiy táminlash layoqatiga ega emasligi, kelinning esa oila tutumlarini yaxshi bilmasligi ularning oila deb atalmish muqaddas qórǵonga yuzaki qarashlari qator muammolar keltirib chiqarmoqda. Shu bois ham shahrimizda qayd etilayotgan ajrimlarning aksariyatini yosh oilalar tashkil etayotir.
Ajrimlarga sabab bólayotgan yana bir jihat bu – mol-dunyoga hirs qóyayotganimiz. Qizlarimizga hamma narsani muhayyo qilyapmiz, bekamu kóst turmushga uzatyapmiz. Lekin ayrim qizlarimizning uquvsizligi, oilaviy hayotga tayyor emasligi, yangi oilaga, uning muhitiga kónika olmayotgani sabab turli nizolar kelib chiqayotgani ham bor gap. Kasallikni ózimiz yaratib, sóng unga davo izlashga majbur bólyapmiz.
Yuqoridagi kabi holatlar yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bóyicha hali juda kóp ishlar qilishimiz kerakligini kórsatadi. Shahrimizda yuqoridagi kabi illatlarga yól qóymaslik, ajrimlarning oldini olishga qaratilgan keng kólamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Baxtli va soǵlom oila sari” shiori ostida mehnat jamoalari, mahallalar, tálim muassasalarida oilaning muqaddasligi, oilalarda mánaviy muhit barqarorligini táminlash, nikohning ahamiyati xususida sud, FHDYo bólimlari mutaxassislari, imom-xatiblar, otinoyilar ishtirokida muloqot va davra suhbatlari muntazam ótkazilishi yólga qóyildi.

Qaraqalpaq Mámleketlik Universiteti


Akademiyalıq liceydiń shet tilleri
baǵdarınıń 211-toparında 20__-jıl
___________ kúngi tárbiya saatınıń
____BAYANATI


Download 113,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish