Baxtiyor mengliyev


Leksikologiya  va  uning  turlari



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/227
Sana31.10.2020
Hajmi1,62 Mb.
#50920
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   227
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Leksikologiya  va  uning  turlari.  Leksikologiya  (ot.  grek. 
lexikos  –  so‘zga  oid  va  logos  –  ta’limot)  tilning  lug‘at  tarkibini, 
leksikasini  o‘rganuvchi  tilshunoslik  bo‘limi.  Leksema  va  so‘z 
serqirra bo‘lganligi bois leksikologiyaning ham turlari juda ko‘p. 
 
 
 
 
 
 
 
111


Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Leksema o‘rganish obyekti va uning qirrasi o‘rganish 
predmeti sifatida 
O‘rganish predmeti 
Tilshunoslikning qaysi 
bo‘limi, yo‘nalishlarida 
o‘rganiladi 
Leksemaning  kelib  chiqishi  va 
rivojlanishi 
Diaxronik leksika 
Leksemaning 
tilning 
muayyan 
davrdagi xususiyati 
Sinxronik leksika 
Leksemaning  boshqa  leksemalar 
bilan paradigmatik munosabatlari 
Struktural leksika 
Leksemaning 
tabiatdagi 
ifodalovchilari bilan aloqalari 
Naturalistik leksika 
Ma’lum 
bir 
tildagi 
leksemani 
qarindosh bo‘lmagan boshqa tildagi 
leksema bilan qiyoslash 
Tipologik leksika 
Bir  tildagi  leksemani  shu  til  bilan 
qarindosh 
bo‘lgan 
boshqa 
til 
materiallari bilan qiyoslash 
Qiyosiy leksika 
Leksemaning 
inson 
ruhiyatiga 
ta’siri,  uni  qabul  qilish  va  hosil 
qilish xususiyatlari 
Psixolingvistik leksika 
Leksemaning jamiyatga ta’siri, nutq 
jarayonidagi 
o‘ziga 
xosliklari, 
ularning ijtimoiy ahamiyati 
Sotsiolingvistik leksika 
Leksemaning  bir  til  hududida 
tarqalish xususiyatlari 
Areal leksika 
Leksemaning leksikografik talqini 
Leksikografiya 
Leksemaning  xususiyatlari  juda  ko‘p  bo‘lib,  uni  o‘rganuvchi 
leksikologiya turlarini ko‘plab keltirish mumkin.  
Struktur  yondashuvda  so‘z  leksikologik  nazariyasining  asosiy 
vazifasi,  uning  alohidaligi  va  o‘ziga  xosligi  mezonini  tiklashdir. 
Birinchi  holatda  so‘z  so‘z  birikmasi  bilan  qiyoslanib,  uning  tugal 
shakllanganlik  va  alohidalik  belgilari  ochiladi.  So‘zning  nutqdagi 
112


analitik  shaklining  lisoniy  asosi  yoritiladi.  Ikkinchi  holatda 
so‘zning  turli  grammatik  shaklidan  hosil  qilingan  lisoniy 
invariantini  tiklash  xususida  so‘z  boradi.  Shu  munosabat  bilan 
grammatik  shakl  olgan  leksema  –  so‘zshakl  tushunchasi 
muayyanlashtiriladi.  Shuningdek,  leksemaning  turli  nutqiy  – 
fonetik, morfologik, leksik-semantik variantlari o‘rganiladi. 
Lug‘aviy  birlikning  semantik  tahlilida,  ular  (lug‘aviy  birliklar) 
leksik  semantika  –  semasiologiya  tadqiq  manbayiga  aylanadi. 
Bunda  so‘zning  tushuncha  (signifikat)  va  borliqdagi  atalmish 
(denotat)ga  munosabati  o‘rganiladi.  Semasiologiyada  so‘zning 
semantik  xususiyati  –  bir  ma’nolilik  va  ko‘p  ma’nolilik,  umumiy 
va  xususiy,  mavhum  va  muayyan,  bosh  va  hosila,  to‘g‘ri  va 
ko‘chma  ma’nolari  tekshiriladi.  Bunda  asosiy  e’tibor  so‘zning 
semantik  strukturasiga,  so‘z  ma’nolari  tipi  va  ularni  ajratish 
mezoniga,  so‘z  ma’nolarining  o‘zgarishi  va  taraqqiyoti,  so‘zning 
ma’nosini  yo‘qotishi  va  grammatik  formantga  aylanishi  – 
desemantizatsiya hodisasiga qaratiladi. 
Funksional 
yondashuvda 
so‘zning 
nutqda 
voqelanish 
jarayonidagi  roli,  shuningdek,  boshqa  lisoniy  sath  birliklari 
voqelanishiga,  ular  umumiy  ma’nolarining  parchalanishiga 
qo‘shgan  «hissasi»  tekshiriladi.  Masalan,  odamcha  so‘zida  odam 
leksemasi -cha morfemasining «kichraytirish-kamsitish» ma’nosini 
qizcha  so‘zidagi  «kichraytirish-erkalash»  ma’nosidan  farqlagan, 
morfologik sath birligi bo‘lgan -cha morfemasining «kichraytirish» 
umumiy ma’nosini parchalab, uning birini ikkinchisidan ajratgan. 
Leksikologiya leksikaga til sistemasidagi ichki sistema sifatida 
qaraydi.  Shuningdek,  o‘zaro  ma’noviy  umumiylikka  ega  bo‘lgan 
lug‘aviy  birlik  yanada  kichik,  ichki  sistemacha  sifatida  qaraladi. 
Shu  asosda  katta  va  kichik,  ichki  sistemalarning  pog‘onali,  bir-
birini tashkil etuvchilik munosabati ochiladi. Masalan, olma, o‘rik, 
nok kabi ho‘l meva nomi bir sistemani tashkil etadi. Sabzavot nomi 
boshqa  bir  sistemani  tashkil  qiladi.  Ular  yuqoriroqda  yana 
birlashadi  –  kichik  sistemachalardan  tashkil  topgan  «meva-
sabzavot  nomi»  sistemasini  tashkil  qiladi  va  umumlashtirish 
yuqoriga qarab davom etaveradi. 
 
113


Leksik aljabr
[ko‘lam] – [katta] = [...] – [gulobi]  
[yuz] – [bashara] = [...] – [josus] 
[afzal] – [abzal] = [...] – [tom]  
[bosh] – oyoq = [...] – [tub] 
Nuqtalar o‘rniga tegishli so‘zlarni qo‘ying. 
 
Tilning lug‘aviy tarkibi bir xil emas.  So‘zlar turli asosga ko‘ra 
ko‘plab  turlarga  ajratiladi.  Masalan,  qo‘llanish  darajasiga  ko‘ra 
umumiy  iste’mol  va  chegaralangan  (yoki  xususiy)  leksika, 
qo‘llanish  davriga  ko‘ra  eskirgan  so‘z,  zamonaviy  so‘z  va 
neologizm,  qo‘llanish  doirasiga  ko‘ra  dialektizm,  professionalizm, 
jargon kabi turlarga bo‘linadi. 
Leksikologiya  til  lug‘at  tarkibining  boyishini  o‘rganganda 
uning  3  tipini  ajratadi.  Bulardan  2  tasi  (yangi  so‘z  yasash,  so‘zni 
yangi  ma’noda  qo‘llash)  ichki  boyish  imkoniyati  bo‘lsa,  bittasi 
tashqi (so‘z o‘zlashtirish) imkoniyatdir. 
Lug‘aviy  birlikning  borliqqa  munosabatini  o‘rganish  – 
leksikologiyaning  muhim  aspektidan  biri.  Bunda  ularning  kishi 
hayotiga,  amal  qilayotgan  davrga  munosabati  ochiladi.  Masalan, 
yaqin  o‘tmishda  savdogar  so‘zida  salbiy  ottenka  bo‘lgan  bo‘lsa, 
bugungi kunda ijobiy bo‘yoqli so‘z sifatida keng iste’molda.  
Amaliy  leksikologiya  leksikografiya  (lug‘atchilik),  tarjima, 
lingvopoetika  va  nutq  madaniyatini  o‘z  ichiga  oladi.  Ularning  har 
biri  leksikologik  nazariyani  boyitadi.  Masalan,  tarjima  qiyosiy 
leksikologiya uchun qimmatli materiallar beradi. 
Nazariy  leksikologiya  leksikada  lisoniy  va  nutqiy  jihatlarni 
farqlab, ularning sistemasiy munosabatlarini tadqiq qiladi. 
Leksikologiya o‘z o‘rganish predmeti tadqiqida umumlingvistik 
tadqiq  usul  –  distributiv  (so‘zning  chegarasini  belgilash, 
morfologik  strukturasini  aniqlash),  substitutsiya  (so‘zlar  ma’noviy 
xususiyatlarini  tahlil  etish),  komponent  tahlil  (leksema  va  so‘zlar 
ma’noviy  tarkibini  aniqlash),  transformatsion  va  statistik 
metodlaridan foydalanadi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish