Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/258
Sana17.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#381064
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   258
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Тilga zo‘rovonlik yoki mashhur lingvistik jinoyatlar 
Zo‘rovon siyosat tilda ham o‘zining mash’um izlarini qoldirgan 
holatlar  tarixda  ko‘p.  Ulardan  eng  mashhuri  Buyuk  Fransuz 
inqilobi  davriga  tegishli.  Bu  inqilobning  muhim  merosi,  bir 
tomondan,  erkin  qomusiy  fikrlashga  keng  yo‘l  ochganligi  bo‘lsa, 
ikkinchi  tomondan,  tilni  zo‘rlik  bilan  sindirishga  ilk  urinishlarni 
amalga  oshirganligi.  Inqilob  hukumati  an’anaviy  oy  nomlari, 
murojaat  ifodalaridan  voz  kechish  siyosatini  qo‘llagan.  Masalan, 
rasmiy  murojaat  uchun 
sitoyen
  (“shaharlik”)  ifodasini  qo‘llash 
majburiyligi belgilab qo‘yilgan. 
Rossiya  inqilobchilari  ham  faranglardan  qolishmadi.  Ularga 
taqlidan  Rossiyada  1917-yilgi  Fevral  inqilobidan  keyin 
grajdanin
 
so‘zi  rasmiy  murojaat  tusini  oldi.  So‘ngra 
tovarish
  so‘zi  ham 
ommalashtirildi.  Eronda  Islom  inqilobidan  keyin 
birodar
  so‘zi 
shunday  taqdirga  ega  bo‘lgan.  Bu  so‘zlarning  barchasi  rasmiy 
bo‘yoqdor bo‘ldi, lekin jonli til xazinasidan joy olmadi. 
22


O‘tgan  asrning  60–70  yillarida 
grajdanin

o‘rtoq 
so‘zlari  o‘z 
yo‘nalishini  o‘zgartirdi  –  sobiq  sovet  rejimi  davrida  mahbuslar, 
mahkumlar  huquq-tartibot  xodimlarini 
o‘rtoq
  emas,  balki 
grajdanin
 so‘zi bilan atash shart qilib qo‘yildi. 
Buyuk  Fransuz  inqilobi  davriga  kelib,  fransuz  tilidagi 
ozodlik, 
shuhrat,  vatan
  so‘zlari  har  doim  qurbonlik  talab  qiladigan,  qonga 
tashnalik  mohiyati  bilan  yo‘g‘rildi.  Xalq  dushmani  atamasi 
Fransiyadan  keyin  sobiq  SSSRda  xalqni,  millatni  mustaqil,  ozod 
ko‘rishga  intilganlar  uchun  tavqi  la’nat  mazmunini  kasb  etdi. 
Bunday  holatni  Germaniyada 
reyx  dushmani
,  Eronda 
islom 
dushmani
 birikmalari misolida ham ko‘rish mumkin. 
Germaniyadagi  natsistlar  hukumati  1936-yil  22-avgustda 
barcha rasmiy hujjatlarda o‘lgan nemis askarlarini “halok bo‘lgan” 
(
gefallenen
)  deb  emas,  balki  “o‘ldirilgan”  (
ermordeten
)  deb 
rasmiylashtirish haqida qaror qabul qildi. Bu “nemis askari vijdonli 
dushman  bilan  bo‘lgan  urushda  halok  bo‘lmadi,  balki  vijdonsizlar 
tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi” degan g‘oyani ifodalash uchun 
xizmat qilishi mo‘ljallandi. Fashistik rejimda 
volk
 (“xalq”), 
deutsch 
(“nemis”), 
blut
  (“qon”), 
boden
  (“tuproq”)  so‘zlari  vermaxt 
natsional-sotsializmining 
asosiy 
tushunchalari 
sifatida 
rasmiylashtirildi. 
SSSR 
tarixi 
darsliklari 
Rossiya 
imperiyasi 
egallagan 
hududlarga  nisbatan  tarixiy  haqiqatga  zid  ravishda  “bosib  olish” 
so‘zi o‘rniga “qo‘shib olish” ifodasini rasmiylashtirdi.  
SSSR  qo‘shinlari  Afg‘onistonga  bostirib  kirgach,  sovet 
mafkurasi  afg‘on  qarshilik  harakati  a’zolariga  nisbatan 
dushman
 
so‘zini  rasmiylashtirdi.  Holbuki,  mantiqan,  bu  so‘zning  bostirib 
kirgan tomonga nisbatan istifoda qilinishi to‘g‘riroq bo‘lar edi. 
Amerika  Qo‘shma  Shtatlari  Vyetnam  urushi  davrida  tilni 
suiiste’mol  qilishning  o‘ziga  xos  namunalarini  ko‘rsatdi.  Urush 
AQSH  hududidan  ancha  yiroqda  bo‘lganligi  uchun  mamlakat 
jamoatchiligini  tinchlantirish  maqsadida  harbiy  ma’muriyat  qator 
evfemistik  vositalarning  OAVda  qo‘llanishini  rasmiylashtirgan. 
Masalan, 
appeasement
  (“tinchlantirish”)  so‘zi  “butunlay  tor-mor 
qilish”, 
self  protektion
  (“o‘zini  himoya  qilish”)  birikmasi 
“bombardimon  qilish”, 
friyendli  fire
  (“do‘stona  olov”)  qurilmasi 
23


“bilmasdan o‘z tomonidagilarni otib qo‘yish” ma’nosida evfemistik 
qo‘llanib, manipulyativ maqsadlarga bo‘ysundirilgan. 
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish