'
Baxramov Ravshan 205-guruh VOHA LANDSHAFTLARINING MORFOLOGIK VA TUZILISHI VA ULARNI XARITALASHTIRISH. O'rta Osiyo vohalarini landshaft-tipologik xaritalashtirish asosida qator vaha joy tiplari aniqlangan relefiga ko'ra quyidagitasniflarga ajratilgan. 1: vodiy vohalari ( vohali to'qay,qayir usti-terrasali voha, delta voha tiplari) 2: Cho'l tekislik vohalari( gilli cho'l vohalari,sho'rhoq voha,qumli-cho'lvoha tiplari) 3:Tog' oldi vohalari ( tog' oldi tekislik voha, adirlar vohasi, tekislik vohatipi) 4: Tog' oralig'i botiqlari voha tiplari. O'rta Osiyo vohalari turli kelib chiqishiga ega. Hozirgi voha landshaftlarini hammasi ham bir vaqtning o'zida paydo bo'lmagan. Buni agroirrigatsion yotqiziqlar va antropogen qatlamlarni qilinligi qadimda vohalardan hozirgi vohalarga qarab kamayib borishidan bilish mumkin. Agro irrigatsion yotqiziqlar va antropogen qatlamlar sug'oriladigan voha lantshaftlarini hosil bo'lishini ko'rsatadigan asosiy diagnoslik belg hisoblanadi. Buningasosida voha landshaftlarini yoshiga ko'ra 3 ta guruhga ajratish mumkin. 1) Qadimgi voha landshaftlari.Qadimgi landshaftlarining rivojlanish tarixi bo'lib,vaqt bo'yicha mezazoy, neogen,enolit va bronza davrlariga, neologik jihatidan esa muzdan keyingi davrga to'g'ri keladi. Bu davrda inson birinchi marta dehqonchilik bilan shug'ullana boshlaydi. Arxeologik malumotlar shuni ko'rsatadiki, qadimgi madaniyat va dehqonchilik markazlari kunsur, joytun, Marg'iyona, Samarqand, Xorazm va boshqa vohalardir.bu yerlarda agroirrigatsion yotqiziqlarning qalinligi 3-4 metrni tashkil etadi. Samarqand vohasining ayrim joylarida andropogen qatlamining qalinligi 20-25 metrga yetadi. 2) yangi voha landshaftlari. Yangi voha landshaftlarining hosil bo'lishi temir asridabizni eramizni XX-asr o'rtalariga to'g'ri keladi.Bizga ma'lumki bir mingyillikda inson temirdan asosiy ishlab chiqarishquroli sifatida foydalana boshlagan. Yangi voha landshaftlarining shakllanishi jamiyatning tuzilishi varivojlanishiga bog'liq. Turli madaniyat markazlari va sug'oriladigan yerlar rivojlangan, yangi aholi manzilgohlari shakllangan. O'rta Osiyo antropogen landshaftlari ichida maydoniga ko'ra birinchi andropogen landshaftlar yetakchi hisolanadi. 3) Eng yangi vha landshaftlari.yangi voha landsaftlarining shaklanishining va rivojlanishinikeyingiyillarda ancha faol kelmoqda. Har yil 10 lab ming gektar yerlar o'zlashtirilmoqda. Yangi o'zlashtirilgan yerlarda Mirzachol, Jizzax, Qarshi, Sherabot va Markaziy Farg'ona vohalari shakllandi. Voha landshaftlarini yoshi o'zgarib bormoqda. Vohalarni shakllanishga dastlabularning o'choqlari dehqonchilik yoki aholi punkitlarining yadrosi hosil bo'ladi keyin ular maydonining raduisikengayib boradi. Dastlabki shakllagan voha landshaftlari uning markazlarida, keyingilari vohalarining chkkalarida joylashadi. Voha landshaftlarining yoshi ham uning markazidan chetiga tomon pasayib boradi. A.N Babushkin va N.A Kogylar O'zbekistonni landshaft tipologik asosda tabiiy geografik rayonlashtirishda quyidagi madaniy landshaftlarni xaritaga tushiradi. Alyuvial tekisliklardagi sug'oriladiga o'tloq tuprioq sho'rxoklar madaniy landshaftlari liyosli tekisliklardagi sug'oriladigan och bo'z tuproq. Madaniy landshAaft alivial va prolivial tekisliklardagi sug'oriladigan tipik bo'z tuproqli madaniy landshaftlar. N.A. Gvozdevskiy va T.V Zvankovalar ham Samarqand va buxoro viloyatlarini tabiiy geografik rayonlashtirib bir necha voha landshaft tiplarini ajratishgan. A.A Abulqosimov (1966) Farg'ona vodiysini o'rta masishtabli landshaft tipologiya xaritalashtirish va tabiiy geografik rayonlashtirtish asosida haydaladigan sug'oriladigan adir oldi tekislik joy tiplarida quyidagi uroshisha tiplarini ajratadi 1) sug'oriladigan och gilli bo'z tuproqlardagi haydaladigan yerlar 2) sug'oriladigan qumoqli va gilli och bo'z tuproqli haydaladigan yerlar 3) sug'oriladigan qumoqli bo'z tuproqli haydaladigan yerlar Keyinchalik A.A Abdulqosimov (1983) tomonidan Samarqand, Kattaqo'rg'on, Andijopn, Farg'ona, Qo'qon, Denov va Horazm vohalarining landshaft tipologik xaritalari tuzilgan. Voha landshaftlarining chegaralari, tabiiy landshaftlar chegarasidan farqli o'laroq cho'llarda aniqroq o'tadi bu esa hozirgi landshaft komplekslarini tabiiy va antropogen landshaftlarga ajratishni osonlashtiradi. Vohalar juda oddiy vabir hil tug'ilishi mumkin. Ammo ularning morfologik tuzilishini o'rganish va ularni yirik mashtabda xaritalashtirish shuni ko'rsatadiki, vohalar landshaft tuzilishi jihatidan juda murakkab va turli tumandir.Avvalo har bir voha landshaft-tipologik jihatdan landshaft sinflaridan tarkib topgan. Bu antropogen landshaft o'z navbatida joy va urochisha tiplariga ajratiladi. Shunday qilib O'rta Osiyo voha geosistemalarini landshaft-tipologik xaritalashtirish shuni ko'rsatadiki, ajratgan joy tiplarini ajratishning asosiy tamoili qilib relefning genetic tiplari, kichik morfologik birliklarni ajratishda mikrorelefdagi farqlar, tuproq turlari, ularning mehanik tarkibi, gurunt suvlarining yotish sathi, agroirrigatsion qatlam qalinligi , ona jinslar harakteridagi farqkar asos qilinib olinadi. Vohalarning geografik tarqalishi va joining balandligi ular tabiiy sharoitining turli bo'lishiga olib keladi. O'rta Osiyo vohalari tog' oralig'i botiqlari tog' oldi prollivial tekisliklarida qayir usti terassalarida, qayir va deltalarda joylashgan. Bu vohalarda sodir bo'ladigan tabiiy geografik jarayonlar bir hil emas. Tog' oldi vohalarida relefning kuchli parchalanganligi sababli yer osti va yer usti oqimi tez hosil bo'ladi. Bu tekisliklarda lyoslar tarkibida tez eriydugan tuzlar yo'q. filtirasiya hususiyati ham katta emas. Bu esa tog' oldi tekisliklari vohalarida tuproqlarda ikkilamchi sho'rlanish va botqoqlanishni bo'lmasligiga sabab bo'ladi. O'rta Osiyo tekisliklaridagi vohalarda boshqa tabiiy geografik jarayonlar kuzatiladi. Ikkilamchi botqoqlanish, sug'oriladigan yerlarni sho'rlanishi va bosgqa jarayonlar. Natijada bu yerlarda sho'rlanish va botqoqlanishga qarshi turli tadbirlar komentodranaj to'rlari,sho'r yuvish, qumlarni mustahkamlash va hokazo. Shuning uchun ham O'rta Osiyo vohalarini bitta joy tipi deb bo'lmaydi. O'rta Osiyo vohalari mustaqil joy tiplaridan iborat bo'lgan joy tipi guruhlarini tashkil etadi. O'rta Osiyo shariitida relef va tog' jinslari nafaqat tabiiy balki andropogen landshaftlarni ajralishada ham asosiy tamoillardan hisoblanadi. Bu tamoil asosida quyidagi mustaqil joy tiplarini ajratish mumkin. 1) qayir vohasi 2)qayir usti terasa vohalari 3) delta vohalari E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT