Baxmal tumani XTBga qarashli 56-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktorining BUYRUG’I Baxmal tuman xalq ta’limi bo’limining 2018-yil 22-oktyabdagi “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2018-yil 3-oktyabrdagi” umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilar davomatini yuritish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 246-sonli buyrug’i to’g’risidagi 278-sonli buyrug’ini ijrosini ta’minlash haqida. Maktabda o’quvchilar davomatini yuritish, nazorat qilish, dars mashg’ulotlariga sababsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan o’quvchilarni aniqlash va ularni ta’limga jalb qilish ishlarini yanada samarali tashkil etish hamda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 3 oktyabrdagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilar davomatini yuritish tartibini takominlashtirish to’g’risida”gi 246-sonli buyrug’i xamda Baxmal tuman xalq ta’limi bo’limining 2018-yil 10 oktyabrdagi 231-sonli buyrug’ini ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. Baxmal tuman xalq ta’limi bo’limining 2018-yil 22 oktyabrdagi O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2018-yil 3-oktyabrdagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilar davomatini yuritish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 246-sonli buyrug’i haqidagi 278-sonli buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining 2018-yil 3-oktyabrdagi 246-sonli buyrug’i bilan “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilar davomatini yuritish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
3. Maktabning MMIBDO’ O’. Abduraxmonovga:
Maktab o’quvchilar davomatiga oid ma’lumotlarni o’z vaqtida olish, tahlillarni umumlashtirgan holda taqdim etish:
Rahbariyat bilan kelishilgan holda o’quvchilar davomatini nazorat qilish, maktabda dars mashg’ulotlariga sababsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan o’quvchilarni aniqlash, ularni ta’limga qaytarish choralarini ko’rish vazifalari yuklatilsin.
4. o’quvchilar davomati hisobotining haqqoniyligini ta’minlash borasida fan o’qituvchilari, sinf rahbarlari hamda maktab rahbariyatining ma’suliyatini oshirish:
O’quvchilar davomatini yuritishda zamonaviy axborot komunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish:
Farzandlari tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan, ularning ta’lim olish uchun yetarli shart-sharoit yaratmayotgan ota-onalarni, voyaga yetmaganlarni dars vaqtlarida boshqa ishlarga jalb etayotgan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish masalasida ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish;
O’quvchilar davomatining haqiqiy holatini aks ettirgan holda maktabdagi kunlik davomatni tuman xalq ta’limi bo’limiga har kunlik davomatni 14-00 gacha taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.