Batafsil bayon etilgan



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/189
Sana30.12.2021
Hajmi1,65 Mb.
#98205
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy

 
15 
grekcha  «hemera»  -  sutka  so'zi  ikki  ma'noda  qo'llanilgan:  1)  Quyosh  chlqishidan  Quyosh 
botishigacha bo'lgan vaqt oralig'i; 2) Quyosh chiqishidan keyingi Quyosh chiqishigacha bo'lgan 
vaqt oralig'i.  Lotincha  «dies» - sutka so'zi ham shu ma'noni bildirgan. Qadimgi Gretsiya, Rim, 
Bobilda  va  Misrda  sutka  ertalabdan,  O'rta  Osiyoda  esa  kechqurundan  boshlab  hisoblangan.  Oy 
kalendaridan  foydalanishgan  afinaliklar,  germanlar.  iudeylarda  ham  sutka  -  yangi  kun 
kechqurundan  boshlangan.  Zardushtiylar  esa  Quyoshning  chiqishi  bilan  yangi  kun  boshlanadi 
deb  hisoblashgan.  Sutkalarni  dastlab  misrliklar  soatlarga  bo'lganlar.  Eramizdan  avvalgi  2100-
yilida  Misr  kohinlari  sutkani  24  soatga    bo'lishgan:  ular  10  soatni  kunduz,  2  soatni  g'ira-shira 
payt,  12  soatni  kechasi  deb  hisoblashgan.  Bobilda  ham  bir  sutkaning  12  soati  kechasi 
hisoblangan.  Gerodotning    ta'kidlashicha,  greklar  bobilliklarning  shu  sistemasidan 
foydalanishgan. Eramizdan avvalgi II asrda Klavdiy Ptolemey rasmiy ravishda sutkani soatlarga 
bo'lgan.  Gerodotning  yozishicha,  eramizdan  avvalgi  VI  asrda  Ahamoniylar  hukmdori  Doro 
skiflarga  yurishi  davrida  qo'riqchilariga  vaqtni  hisoblash  uchun  tugilgan  arqon  tashlab  ketadi. 
Ular har kuni bitta tugunni yechganlar. Qolgan tugunlarning soni shohning qaytishiga necha kun 
borligini  bildirgan.  Ahamoniy  hukmdorligi  davrida  vaqtni  hisoblashning  bundan  ham 
mukammalroq  usuli  mavjud  bo'lgan,  lekin  oddiy  qo'riqchi  askarlar  yuqoridagi  usuldan 
foydalanishgan.Yerning yulduzlarga nisbatan bir marta aylanib  chiqish  davri  Yulduz  sutkasiga 
va Quyoshga nisbatan aylanish davri Quyosh sutkasiga bo'linadi.Yulduz sutkasi uzunligi bahorgi 
tengkunlik  nuqtasidan  ikkita  ketma-ket  yuqori  (yoki  pastki)  kulminatsiyalari  orasidagi  vaqtga 
teng. Yulduz sutkasi haqiqiy (presessiya va nutatsiya hisobga olinsa) yulduz sutkalarigaajraladi.   
Bahorgi  tengkunlik  sutkasi   nuqtasining  presession  harakati  ta'sirida o'rtacha yulduz sutkasi 
Yerning o'z o'qi atrofida haqiqiy aylanish  davridan  0,0084  sekundga  qisqa.  Nutatsiya  ta'sirida  
haqiqiy    yulduz    sutkasining  uzunligi  o'zgarib  turadi.  Quyosh  bir  sutka  davomida  osmon  
sferasida  1° Sharqqa tomon siljiydi.  Shu sababli yulduz sutkasi bilan  amalda vaqtni o'lchash 
noqulay  bo'lib,  u  kun  va  tunning  almashishi  bilan    to'g'ri  kelmaydi.  Shuning  uchun  Quyosh 
sutkasida  uning  ikkala  ketma-ket    pastki  (yarim  tun)  kulminatsiyasi  oralig'idagi  vaqt  olinadi. 
Quyosh  sutkasi  ham  haqiqiy  va  o'rtacha  (haqiqiy  Quyosh  sutkasida  haqiqiy  Quyoshning  pastki 
kulminatsiyasi,  o'rtacha  Quyosh  sutkasida  esa  Quyoshninn  soxta  pastki  kulminatsiyasidan 
boshlab  hisoblanadi)  bo'ladi.  Yer  orrbitasining  ellipssimonligi  va  ekvatorning  ekliptikaga 
og'ishganligi tufayli haqiqiy Quyosh sutkasi ham doimiy emas va yil davomida 24 soul 3 miiuil 
36  sekund  (sentabr  o'rtalarida)dan  24  soat  4  minut  27  sekund  (dekabr  oxirida)  gacha  o'zgarib 
turadi.  Shuning  uchun  Quyoshning  ekvator  bo'yicha  yil  davomida  doimiy  burchak  tezlik  bilan 
harakat  qiluvchi  o'rtacha  Quyosh  sutkasi  (24  soat  3  minut  56,55536  sekund  yulduz  sutkasi) 
olinadi. Tropik yil 366,2422 yulduz sutkasidan yoki 365,2422 Quyosh sutkasidan iborat. 
 
 
 
 
 

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish