14
Qadimda sayyoralarning nomi soatlarga ham berilgan. Bir haftada 168 soat (24x7) bo'lgan.
Shanbaning birinchi soatini (shuningdek 8, 15, 22-soatlarini) 23-soatini Yupiter, 24-soatini Mars
boshqargan.
Yetti kunlik hafta G'arbda imperator Avgust davrida keng tarqaldi. Eramizdan avvalgi 321-
yilda Konstantin «Hamma fuqarolar Quyosh kuni dam olsin», - deb farmon berdi. Slavyanlarda
ham yetti kunlik hafta bo'lib yakshanba «nedeley», ya'ni «hech narsa qilma», «ishlamaydigan
kun»-deyilgan. Dushanba - «ponedelnik» - «nedeley»dan keyingi kun, vtornik (seshanba) -
«nedeli»dan so'nggi ikkinchi, sreda (chorshanba) - «nedeli» (haftaning o'rtasi), «chetverg»,
«pyatnitsa» - to'rtinchi va beshinchi kun deb ataladi. «Subbota» - sabbat» (shabat) - ya'ni dam
olish so'zidan olingan. Qadimgi Rusda zamonaviy yakshanba XVI asrgacha «nedeli» deb
atalgan. Hafta so'zining o'rnida esa «sedmisa» ishlatilgan. Slavyan xalqlarida haftalarning
nomlanishi quyidagicha bo'lgan:
Ruscha
Ukraincha
Bolgarcha
Polyakcha
Chexcha
Ponedelnik
Ponedilok
Ponedelnik
Poniedrialek
Pondelek
Btornik
Vivtorok
Btornik
Wtorek
Uterek
Sreda
Sereda
Sryada
Sroda
Streda
Chetverg
Chetverg
Chetv‘rt‘k
Crnartek
Ctvrtek
Pyatnitsa
Pyatnitsa
Pet‘k
Piatek
Patek
Subbota
Subbota
S‘bota
Sobota
Sobota
Voskresene
Nedilya
Nedelya
Niedriela
Nedele
Ba‘zi xalqlarda haftalarning tartib raqami biroz boshqacharoq qo‘yilgan. Masalan,
gruzin tilida beshta shanba mavjud. Haqiqiy shanba – ‘‘shabati‘‘dan tashqari yana, ikkinchi
shanba (orshabati) - ya‘ni dushanba,
uchinchi shanba (samshabati) - seshanba, to'rtinchi shanba (otxshabati) -chorshanba, beshinchi
shanba (xutshabati) payshanba, juma - paraskevi va yakshanba - kriva deb ataladi. Forschada
ham hafta nomlarida «shanba» so'zi olti marta takrorlanadi. Yakshanba - birinchi shanba,
dushanba ikkinchi shanba, seshanba - uchinchi shanba, chorshanba - to'rtinchi shanba va
payshanba - beshinchi shanba tarzida. Juma - muqaddas kun hisoblanadi. Haftalarning forscha
nomlari Kavkaz va O'rta Osiyo xalqlari tomonidan ham ishlatiladi. Ozarbayjon tilida «bozor» -
yakshanba, turkchada ham yakshanba - «pazar», dushanba «pazartesi» - bozordan keyingi kun
deb ataladi. Angliyada bir vaqtlar shanba haftaning oxirgi kuni hisoblangan. Galfrid
Monmutskiy
16
(XII asr) asarlaridan bunga bir talay misol topishimiz mumkin.
Xulosa sifatida, shuni aytish mumkinki, turli xalqlarda turli nomlarda va shakllardagi
haftalardan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |