Ekliptika va ekvator
Kundalik hayotimizda asosan o'rtacha quyosh vaqtidan foydalanamiz. O'rtacha Quyosh
vaqti - ekvator bo'ylab tropik yil ichida bir marta tekis aylanib chiqadigan xayoliy nuqtadir.
O'rtacha Quyosh markazining yuqori kulminatsiya payti o'rtacha tush payti deyiladi. O'rtacha
Quyosh vaqti shu paytdan boshlanadi. O'rtacha Quyosh markazining pastki kulminatsiya payti
yarim tun deb ataladi. Fuqaro vaqti shu paytdan (soat 24.00) hisoblanadi va kalendarda kun
o'zgaradi. Astronomiyada 1925-yilgacha kun hisobi tush paytida o'zgarar, ya'ni yangi kun
kunduzi soat 12 dan boshlanar edi. 1925-yildan boshlab astronomiyada ham fuqaro vaqtidan
foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |