Tayanch tushunchalar:
Antraponometrik o‟lchov - insonning muayyan a‘zolariga muvoffiq holda o‘lchash.
"Metrologiya" grekcha so'z bo‘lib, o'lchovlar haqidagi fan demakdir.
Mavzu. Vaqtning dastlabki o'lchov birliklari
Reja:
1. Hafta va uning turlari.
2. Sutka va uning dastlabki shakllari.
3. Soat tushunchasi. Dastlabki soatlar.
Vaqtning eng muhim xususiyatlaridan biri uning bir tomonlama, ya'ni olg'a, kelajak
tomonga yurishidir. Matematiklar ta'biri bilan aytganda, manfiy vaqt yo'q va bo'lishi mumkin
ham emas. Vaqtni o'lchash uchun soat, minut, sekund, sutka, hafta, oy va yil birliklari olingan va
butun dunyo mamlakatlarida bir xil qabul qilingan. Aniq vaqtning asosiy manbayi - astronomik
kuzatishlardir. Ular maxsus asboblar yordamida yulduzlarni kuzatib, aniq vaqtni (sekundning
mingdan bir ulushlari aniqligida) topadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |