69
(Jadval Z.Rahmonquluva kitobidan olindi.)
Mayyalar bir vaqtning o'zida sanalarni uzviy bog'lab, bir nechta kalendardan
foydalanishgan. Ularda 260 kunli yil (uning shartli nomi solkin), 360 kunli yil («tun») va 365
kunli yil («xaab») bo'lgan. 260 kunli solkin yilida yigirma kunli haftalar bo'lgan. Shuning uchun
bunday yilda oy nomlari va hafta sanalari ma'lum bir qoida asosida tugallangan oraliq davrini
hosil qilib qaytarilaveradi. Bir imish kuni (13 kunli haftaning birinchi kuni, yigirma kunli oyning
birinchi nomi) yerga ishlov berishning boshlanish davri sifatida bayram qilingan.
Tun yili 18 ta 20 kunli oydan iborat edi (18-20 = 360). Qadimgi Mayyalar quyoshli yil
davrini shunday tasavvur qilgan bo'lishi istisnodan xoli emas. Lekin vaqt o'tishi bilan Mayyalar
bunday emasligiga ishonch hosil qilsa ham «tun» vaqtini aniqlash bo'yicha, yagona qulay usul
sifatida undan voz kecha olmagan. Aksincha, bu yil Mayyalarning boshlang'ich sanadan boshlab
kunlar sanasi asosi, xronologik birlik asoslari boiib qolganini biz quyida ko'rishimiz mumkin.
Mayyalarning kalendarlari oylari nomida yerga ishlov berishning aniq davri, shu davri
mobaynida bajarilishi lozim bo‘lgan u yoki bu ishlar aniq berilgan. Shunday qilib, Mayyalar
kalendarida Pop - «hukmdor bo'yrasi», Vo -«qurbaqa», Sip - «gunoh» (ovda qon to'kilishi), Sos -
«ko'rshapalak», Sek - «jo'xori», Shul - «tamom», Yashkin - «yangi quyosh», Mol - «hosilni
yig'ish», Chen - «quduq», Yash -«yangi» (yangi ekinlarga tayyorgarlik), Sak - «oq kiyim» (ov
davri), Kex - «kiyik ovi davri», Мак - «to'xtatish» (yangi maydonlarda daraxtlarni yondirish),
Kankin - «Sariq quyosh», Muan - «ochiq havo», Pash - «baraban», Kayyab - «katta yomg'ir»,
Kumxu - «momaqaldiroq shovqini» oylari bo'lgan.
Achinarlisi shundaki, Mayyalar kalendarida yangi yilning qachon boshlanganligini bizning
kalendarimiz bo'yicha aniqlash mushkul. Diego de Landa o'zining kitobida oy nomlarini ieroglif
belgilar bilan tasvirlab, Yukatanni ispanlar bosib olgunga qadar Mayyalarda yangi yil 16-iyulga
to'g'ri keladi deb ma'lum qiladi. Albatta, 360 kunli tun yilidan quyosh yili uzunroq. Bundan kelib
chiqadiki, oy nomlari 360 kunli yilda emas, 365 kunli yilda to'g'ri ishlatilsa, tabiatdagi
o'zgarishlarni to'g'ri tasvirlashi mumkin. Mayyalar, ayniqsa, shunday xaab yilidan o'zining
kundalik hayotida foydalangan. Shu maqsadda ular yilning oxirida 20 kunli 18 ta oyga yana 5
kun qo'shgan. Bu kunlar «Vaayueb xaab», ya'ni «yil ruhi» yoki «Ishma kaba kin» - nomsiz
Do'stlaringiz bilan baham: |