66
erasini qabul qildi. Bu davrda xristianlarda uchta asosiy era keng tarqalgan edi. Bular
Aleksandriya erasi (er.avv. 5443-уil 29-avgustdan boshlangan), Antiox erasi (er.avv. 5969-yil 1-
sentabrdan). Vizantiya era (er.av. 5509-yil l-sentabrdan)laridir. Vizantiya erasi greklar
tomonidan VII asrda qabul qilingan edi.
X asr oxirlariga kelib, Qadimgi Rusda Vizantiya uslubidagi Yulian kalendari tarqalgan
bo‘lsa-da, mahalliy an'analar ham saqlanib qoldi. (ma-salan, ukrain, belorus va polyak tillarida
bugungi kungacha xristianlikkacha qo'llanilgan oy nomlari saqlanib qolgan). Yulian
kalendarining Rim uslubida yilning boshi birinchi yanvardan, Vizantiyada esa birinchi
sentabrdan boshlangan. Yangi Rus kalendarida esa xristianlikdan oldin qabul qilingan 1-mart
yilning boshi sifatida saqlanib qoldi. Qadimgi Rus yilini Vizantiya yili bilan taqqoslasak, u
Vizantiya yilidan olti oy o'tib ketishi yo olti oy qolib ketishi mumkin edi. Agar Rus yili
Vizantiya (sentabr) yilidan keyin boshlansa, orqada qolib ketardi. Bu Rus yil hisobi tarixchilar
orasida «mart yili» yoki «mart uslubi» nomini oldi. Qadimgi Rus yili Vizantiya yilidan olti oy
oldin boshlansa, oldinga o'tib ketardi. Bunday Qadimgi Rus yil hisobi «ultramart yili» yoki
«ultramart uslubi» nomini oldi. Mazkur «mart» va «ultramart» yillari shartli ravishda qabul
qilingan bo'lib, tarixiy manba va hujjatlarda bunday nom uchramaydi.
Solnomalardan X-XII asr boshlarida mart uslubi ko'proq uchrashini kuzatish mumkin.
XII—XIII asrlarda ikki uslub ham mavjud bo'lgan. XIV asrga kelib, mart va sentabr uslublari
hukmronlik qilgan. XIV asr oxirlaridan-XVII asrgacha to'liq sentabr uslubiga o'tiladi. Mart
uslubi, mart yili yanvar yilidan ikki oy keyin boshlangan. Agar mart yilining dastlabki o'n oyi
(martdan dekabrgacha) Dionisiy erasining qaysidir yiliga mos kelsa. u holda o'sha yildagi yanvar
va fevral (Qadimgi Rus yilining ikki oyi) Dionisiy erasidagi keyingi yanvar yiliga kiradi.
Shunday qilib, «Dunyoning paydo bo'lishi» erasidagi mart yilini Yulian yiliga aylantirishda
quyidagi formuladan foydalanamiz:
D=B-5508-a
bunda a - martdan dekabrgacha 0 ga, yanvar, fevralda 1 ga tengdir. D -Dionisiy erasidagi
yilning tartib raqami, В - Vizantiya erasidagi yil.
Ultramart uslubi. Ultramart yili mart yilidan o'n ikki oy kattadir. Shuning uchun yilni
hisoblashda quyidagi formuladan foydalanamiz:
D=B -5509 + a,
Sentabr uslubi. Sentabr yili yanvar yilidan to'rt oy katta va ultmniml yilidan olti oy orqada
qoladi. Bunda ham
D=B-5509+ a
formuladan foydalanamiz, bunda a - sentabrdan dekabrgacha nolga, yanvardan
avgustgacha 1 ga tengdir.
«Dunyoning paydo bo'lish» erasining 7000-yilidan keyin yozilgan manba va hujjatlarda
yildagi ming tushirib qoldirilgan. Masalan, 7136-yilni yozish kerak bo'lsa, 136 yil tarzida
berilgan.
Rusda Yulian kalendari kirib kelishi bilan yetti kunlik haftadan ham foydalaniladigan
bo'ldi. Rusda haftalar yaxlit holda «sedmitsu» deb atalgan. XVI asrgacha zamonaviy yakshanba
«nedelya» (ish yo'q kun ma'nosida) deb atalgan. Bugungi «voskresen'e» atamasi birinchi marta X
asr oxirlarida kirib keldi. XVI asrga kelib, «voskresen'e» atamasi hafta « kunlarining birining
nomi sifatida qo‘llanila boshladi. Natijada «nedelya» esa «sedmitsa» - hafta ma'nosida
ishlatiladigan
bo'ldi.
Haftaning
nomlari
ularning
o'rniga
qarab,
ponedelnik
-
nedelya(voskresene)dan keyingi klin, «vtornik» - nedelyadan keyingi ikkinchi kun, «sreda» -
sedmitsaning o"rtasi, «chetverg» - nedelyadan keyingi to'rtinchi kun, «pyatnitsa» -nedelyadan
keyingi beshinchi kun degan ma'nolarni bildirgan. «Subbota» atamasi yuqoridagilardan
mustasno tarzda qadimgi yahudiy tilidagi «sabat» (shabat) so'zidan (ishning yakuni ma'nosini
bildiradi) kelib chiqqan.
Qadimgi Rusda XIII asrgacha sutka atamasi vaqtning o'lchovi sifatida ishlatilgan. Sutka
ikkiga, ya'ni yorug' va qorong'u qismga bo'lingan. Yangi kunni tongdan boshlab hisoblaganlar.
1722-yildan Rossiyada yangi kun kechasi soat 24.00 dan keyin boshlanadigan bo'ladi. XII asrda
Do'stlaringiz bilan baham: |