68
Milodiy IX ashdayoq mayya hududlarining janubiy tumanlarida aholining keskin
kamayishi yuz beradi. X asr o‘rtalaridan toshdan imoratlar qurish ham to‘xtatiladi. Buning
sabablari ikki xil taxmin ya‘ni ekologik muammolar va o‘zaro urushlar bilan izohlanadi.
Darhaqiqat Janubiy Amerikada yashovchi inklar ham o‘zaro mansab talashish, jipslikning
yo‘qligi oqibatida tanazzulga yuz tutgan edi.
47
Bundan 500 yil muqaddam Amerika qit‘asiga tashrif buyurgan sayyohlar,
bosqinchilar qit‘a aholisiga dinni, fan va madaniyatni targ‘ib etmoqchi edilar. Baholanki
Amerika kash etilishidan 500 yil muqaddam yo‘q bo‘lib ketgan ―Mayya hundulari‖ deya
nom olgan sivilizatsiya, o‘zidan so‘ng hozirgi kunga qadar davom etib kelayotgan bahs -
munozarali sir-sinoatlar qoldirdi. Ular astranomiyada yil hisobi va xronologiyada ko'zga
ko'rinarli chuqur bilimga ega bo‘lishgan. Shuningdek mayyalarda erga ishlov
berish, kulolchilik, matematika, tibbiyot fanlari, teatr, adabiyot, yozuv, musiqa va
qo‘shiqchilik san‘ati, haykaltaroshlik, me‘morchilik madaniyati yuksak taraqqiy
topgan. Mayyalar kalendar tizimini yaratib, boshqa xalqlarning kalendarlaridan kuchli farq
qilganlar. Mayyalar kalendaridan Markaziy Amerikaning boshqa xalqlari ham
foydalanishgan.Yozuvda ieroglif tizimi qo‘llanilgan. Haykallarida ko‘pgina yozuvlar
saqlanib qolgan. Ular o‘z hayotidagi muhim sanalarni, voqealarni tosh stolbaga (st'el
o'yib unda sayyoralar, yulduzlar va vaqtni alohida ierogliflar bilan belgilaganlar.
Markaziy Amerikani birinchi bo'lib «o'zlashtirishni» boshlagan ispanlar, bu yerda 40000
ga yaqin ehromlar borligini aniqlashdi. Ularning ba'zi birlarining balandligi 60 metrga yetardi.
Amerikada o'ziga xos sivilizatsiyalar mavjud bo'lgan, ulardan esa astronomik kuzatishlar uchun
maxsus ibodatxonalar, ehromlar qolgan.
XVI asrda ispanlar Yukatanni bosib olganidan so'ng Mayya rnadaniyatiga oid
yodgorliklarni vayron qildi. Mayya madaniyati yodgorliklarini Meksika birinchi arxiyepiskopi
don Xuan de Sumaraga boshchiligidagi rohiblar vayron qilishda bosh-qosh bo'lishgan.
Keyinchalik, shu davlatda ikkinchi arxiyepiskop bo'lgan Diego de Landa buyrug'iga asosan
1562-yilda yig'ilgan Mayyalar qo'lyozma kitoblari autodefa bayrami vaqtida yondirilgan edi. U
bu haqida shunday yozgan: «Biz ularda mana shu harflar bilan yozilgan ko'p miqdorda kitoblar
topdik. Ularda irim va shayton yolg'onlari bo'lishi mumkin bo'lgan hech narsa saqlanib
qolmasligi uchun hamma narsani yoqib tashladik». Baqt o'tishi bilan Diego de Landa
«Yukatandagi ishlar haqida» nomli kitobida Mayyalar tarixi va madaniyati haqida ma'lumotlar
keltirgan, ularning yozuv elementlarini ta'riflagan, bir nechta ieroglarni keltirib ularning
tarjimasini bergan.
Ispan qiroli Karl IV ga sovg'a qilingan uchta Mayyalar qo'lyozmasi tasodifan saqlanib
qolingan. Ulardan biri Drezden kutubxonasida, ikkinchisi Parijda, uchinchisi Madridda
saqlanadi. Arxeologik qidiruvlar natijasida Mayyalarning 150 ga yaqin shaharlari ochilgan.
Shuningdek, ieroglif yozuvlar ustunlarda, bino devorlarida, idishlarda va amaliy san'at
buyumlarida topilgan. Shunday yozuvlarning 500 dan ortig'i ma'lum. Faqat bitta xonadondagi
«ieroglif» zinasida 2000 dan ortiq belgilar tasvirlangan. Butun dunyo olimlari Mayyalar
yozuvining sirlarini ularning o'ziga xos madaniyatini, jumladan, kalendarini o'rganish uchun juda
ko'p mehnat qilishgan. Bu borada ko'p xizmat ko'rsatgan Y.B. Knorozovdir. U Mayyalar
kalendari haqida shunday yozadi: «Qadimgi sanalarni, hozirgi kunda to'liq tushunishimiz
mumkin. Lekin Mayyalar kalendaridagi hamma narsalar ham tushunarli emas».
Ma'lumki, Mayyalar yilni ikki qismga bo'lgan; qurg'oqchilik davri (uni quyosh xudosi
boshqargan) va yomg'ir davri (uni yomg'ir xudosi boshqargan). Mayyalar to‘linoy vaqtini va
yomg'irdan darak beruvchi qora bulutlarning yig'ilishini poylab, ekin ekishni, birinchi galda
jo'xori ekishni boshlashgan.
Mayyalar kalendari hisobining asosini «kin», ya'ni kun tashkil qiladi. Ular «blok»larga
birlashgan va bunday «blok»lar bir nechta bo'lgan:
47
A.Do'stov. Inklar xazinasi. ―Adolat kuchi‖ gazetasi. 10 noyabr 2005 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |