70
kunlar deb atalgan. Bu bayram kunlarida hukmdor almashishi ro'y berardi va mayyalar diniga
ko'ra osmonda ham hukumat bir yilga boshqa xudoga o'tardi.
Xaab yilining har to'rt yilida (ya'ni har 365-4=1460 kunda) oy kunlari qaytarilardi, ya'ni
o'sha oyning kunlariga to'g'ri kelardi. Shuning uchun xaab yangi yili Kan, Muluk, Ish yoki
Kavak, to'rt kunlarining birida boshlanardi, undan so'ng to'rt yillik davr yana boshdan
qaytarilardi.
Mayyalar kalendarida yana boshqa muhim 52 yillik davriylik bo'lgan. Haqiqatda esa 365·2
= 18980 kun. Bu vaqt oralig'iga 73·260=18980 kunli 73 solkin ham to'g'ri keladi. Shunday qilib,
52 yil o'tgandan so'ng xaab yillari, oyning kun va sanalari singari o'n uch kunli haftaning sanalari
ham qaytariladi. Bu abadiy Mayyalar kalendarini o'ziga xos «kalendar aylanasi»dir. Bu
kalendarda 13 kunli haftaning sanalari tepadan pastga qarab sanaladi, 1 dan 13 gacha bo'lgan
ustunlar solkin yilining 20 kunli oyining 13 tasiga to'g'ri keladi. Avvalambor, bu yerda mayya
sanalarini tasvirlash uchun uchta belgidan bir soni uchun - nuqta; besh soni uchun - tire va nol
sonini tasvirlash uchun - chig'anoqdan foydalanilgan. Yevropaliklar singari, Mayyalar ham
sonlarni tasvirlash uchun pozitsion sistemasidan foydalanishgan. ammo yigirmatalik asosda va
pastdan tepaga qarab yozilgan. Vaqtning katta oralig'ini hisoblash uchun, 860 kunli tun yilidan
va yuqori tartib davridan foydalanilgan:
1 katun = 20 tunga = 7200 kunga
1 baktun = 20 katunga = 144000 kunga
1 piktun = 20 baktun = 2880000 kunga.
«Baktun», «Piktun» nomlari (keyingi kalabtun, kinchiltun va aluatun birliklari singari)
Mayya madaniyati tadqiqotchilari tomonidan shartli ravishda berilgan.
Mayyalar tomonidan ustun va bino devorlarida qilingan yozuvlar, odatga ko'ra, sanani
yozish bilan boshlanadi. Y.V. Knozorovning fikricha, bu sanalar quyidagi tarkibda bo'lgan:
1) ma'nosi hozirgi vaqtgacha noma'lum qolgan kirish bloki;
2) kirish blokining o'rtasiga yozib kiritilgan («oy himoyachisi» deb nomlanuvchi) blok;
3) Boshlang'ich sanadan o'tgan 360 kunii yil (tun) va kunlar soni;
4) 260 kunli davr sanasi: 13 kunligining soni va 20 kunligining kun nomi;
5) 9 kunligining kun nomi va «to'qqiz kunli» blok;
6) 365 kunli yilning sanasi: 20 kunli oyning 18 tasidan birining yoki qo'shimcha besh
kunning nomi va soni.
Namuna sifatida Yashchilandagi eshik tepasidagi yozuvni ko'rib chiqamiz. Kirish bloki va
«Yash oyining himoyachisi»dan so'ng sana keladi, uni yozish vaqtida yuqori tartib davri
kunlarining sanog'i uchun nuqta bilan ajratish qabul qilingan: 9.0.12.2.4.2. kan - to'qqiz
kunligining 2 kuni, 2 yash - 27 kundan iborat bo'lgan 3 - oy oyining 27-sanasi. Bu boshlang'ich
0.0.0.0.0. sanadan 9 baktun 19 tun 2 vinal va 4 kun yoki 9·144,000 + 0·7200 + 19·360 + 2·20 +
4 = 1302884 kun o'tdi degani. Mayyalarning boshlang'ich sanasi sifatida quyidagilar qabul
qilingan: 260 kunli davr bo'yicha - 4 Axav; to'qqiz kunli bo'yicha - 1,365 kun yil bo'yicha - 8
kumxu. Shunday qilib, boshlang'ich sana bizning eramizgacha bo'lgan 3113-yilga mos keluvchi
0.0.0.0.0. 4 Axav 8 kumxu tariqasida yoziladi.
52 yillik davrning boshlang'ich sanasi to'g'ri yozilganligini tekshirib ko'ramiz. Buning
uchun avvalambor topilgan kun sonini 260 ga bo'lamiz: 1302884:260 = 5011, qoldiq 24;
jadvaldagi 10 ustundan ko'rinib turganidek, 4 Axaudan 24 kun o'tgach 2 Kan keladi. 1302884
sonini 365 ga bo'lib, 3569 ni chiqaramiz va 9·20=19=199 qoldig'i to'liq 9 oy va yana 19 kun
bo'ladi. Kumxu oyining to'liq bo'linishi uchun bu qoldiqqa 12 kunni qo'shish kerak, kelgusida
Vaayib besh kunligiga 5 kunni; shunday qilib, yilning keyingi oylariga to'liq 9 oy va 2 kun qoldi.
Agar chiqarilgan 1302884 kunlar sonini 9 ga bo'lib va qoldig'ini 1 bilan qo'shsak, 9 kunligining
kuniga hosil qilamiz. Oyli sanani esa aniqlashning iloji yo'q, chunki har bir Mayyalar shahrining
o'z maxsus kalendari mavjud edi. Jumladan, 1302884 sonini 365,25 ga bo'lganimizdan so'ng
3567 sonini hosil qilamiz. Bundan kelib chiqadiki, yuqorida ko'rib chiqilgan yozuv bizning
eramizning 3567-3112=455-yilida qilingan. Steladagi eng erta yozuvlardan bizga ma'lum bo'lgan
sana bizning eramizning 292-yiIi deb yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |