Barqaror rivojlanish



Download 25,91 Kb.
bet4/7
Sana03.06.2022
Hajmi25,91 Kb.
#631819
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Barqaror taraqqiyot va yuksalish jarayonlari

Global maqsadlar


17 barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) 2030 yil kun tartibiga kiritilgan


Barqaror rivojlanish (ingl. sustainable development) — bu iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar jarayoni bo‘lib, unda tabiiy resurslar ekspluatatsiyasi sarmoyalar yo‘nalishi, ilmiy-texnik rivojlanishga yo‘naltirilganlik, shaxs rivoji va instutsionalo‘zgarishlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, insonning ehtiyojlarini qondirish uchun bugungiva ertangi salohiyatni shakllantiradi. Bunda asosan inson hayoti sifatini oshirish nazarda tutiladi.
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) insoniyatni himoya qilish va farovonligini oshirishga qaratilgan. 2015 yil 25 sentabr kuni BMT Sammitida 193 mamlakat quyidagi 17 maqsadni qabul qildi:

  1. qashshoqlikning barcha shakllarini keng tarzda yo‘q qilinishi;

  2. ochlikni bartaraf etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ovqatlanishni yaxshilash, qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga ko‘maklashish;

  3. cog‘lom turmush tarzini ta’minlash va har qanday yoshdagi har bir inson uchun farovonlikni ta’minlash;

  4. xar tomonlama adolatli va sifatli ta’lim olishni ta’minlash va ta’lim olish imkoniyatlarini rag‘batlantirish;

  5. gender tengligini ta’minlash va barcha ayollar va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish;

  6. barcha uchun suv resurslari va sanitariya shart-sharoitlarini yaratish va oqilona foydalanishni ta’minlash;

  7. barchaning qulay, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya manbalariga talabini kanoatlantirish;

  8. barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni, to‘liq va samarali ish bilan ta’minlash va barcha uchun munosib ish o‘rinlarini yaratish;

  9. mustahkam infratuzilmani yaratish, inklyuziv va barqaror sanoatlashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash;

  10. mamlakatlar ichida va o‘rtasida tengsizlikni kamaytirish;

  11. shaharlar va inson manzilgohlarining ochiqligi, xavfsizligi, mustahkamligi va barqarorligini ta’minlash;

  12. iste’mol va ishlab chiqarishning barqaror namunalari bilan ta’minlash;

  13. iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish uchun shoshilinch choralar ko‘rish;

  14. barqaror rivojlanish uchun okeanlar, dengizlar va dengiz resurslarini saqlab kolish va ulardan okilona foydalanish;

  15. yer usti ekotizimlaridan barqaror foydalanishni himoya qilish, tiklash va rag‘batlantirish, o‘rmonlarni boshqarish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yerlar degradatsiyasini to‘xtatish va biologik xilma-xillikni yo‘qotishni to‘xtatish;

  16. barqaror rivojlanish uchun tinchliksevar va ochiq jamiyatlarni rag‘batlantirish, barcha uchun adolatni ta’minlash va barcha darajadagi samarali, hisobdor va inklyuziv institutlarni yaratish;

  17. barqaror rivojlanishga erishish vositalarini mustahkamlash va barqaror rivojlanish bo‘yicha global hamkorlikni jonlantirish.

2015 yilning sentabr oyida O‘zbekiston BMT Sammitida e’lon qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlarining milliy darajada bajarilishi bo‘yicha shartlarini qabul qildi. Shunga ko‘ra, 2018 yil 20 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat o‘zida 16 ta maqsad va 125 ta vazifani qamrab olgan.
2018 yili barqaror rivojlanish sohasida 16 ta milliy maqsad (bittasi, ya’ni 14-maqsad — “Okean, dengiz va dengiz resurslarini saqlash va oqilona foydalanish” O‘zbekiston uchun dolzarb emas), ularga oid 125 ta vazifa qabul qilingan.
BRMni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosini Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi, 2019 yil 20 martda ushbu kengash ularning ijrosini nazorat qilish uchun 206 ko‘rsatkichni tasdiqladi. BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida 119 ta ko‘rsatkich bo‘yicha ma’lumotlarga ega veb-­portal (http://nsdg.stat.uz) ishga tushirildi, 80 ta ko‘rsatkich bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ish ­ishlari davom etmoqda.
Barqaror rivojlanish maqsadlari 17 ta maqsaddan iborat bo‘lib, mamlakatimizda ularning har biri bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda va natijalar ham salmoqli.
Masalan, 1-maqsad asosida aholining kam ta’minlanganlik darajasini pa­saytirishga jiddiy kirishilib, 2015 yilda 12,8 foiz bo‘lgan bu ko‘rsatkichni 2019 yilga kelib 11 foizga tushirishga erishildi.

Download 25,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish