Nazorat savollari Asosiy chegaradosh holatlarni sanab bering.
Tranzitor giperbilirubinemiya toksik giperbilirubinemiyadan qanday farq qiladi?
Apgar shalasi
Chaqaloq holatini baholash usullarini sanang.
Oddiy eritema nima.
12.3. Chаqаlоqlаrni pаrvаrish qilish mеzоnlаri va usullari Chaqaloqlar birlamchi tualeti Chaqaloqlar uchun tug’ruqdan oldin individual steril komplekt tayyorlanadi, ular quyidagilarni tashkil etadi:
- uchta steril yo’rgak
- odeyal
- burun va yuqori nafas yo’llaridan shilliqlarni tozalash uchun kateter
- pipetka
-gonoblennoreya profilaktikasi uchun paxtali shariklar
-Koxerning ikkita qisqichi (kindikni qisish uchun)
- kindik kesish uchun qaychi
-Rogovin qisqichi (kindik qoldiqiga qo’yiladi)
- kindikni tozalash uchun kichkina paxtali tayoqchalar qo’yiladi.
Chaqaloqlar birlamchi tualetining bosqichlari: -Bola boshi chiqqandan keyin rezinali grusha yoki kateter bilan og’iz-halqumdan shilliqlarni tozalash;
- Chaqaloqni steril issiq yo’rgakga o’rab, gorizontal holatda onasining yoniga yotqiziladi (qonni yo’ldoshga yoki chaqaloqga transfuziyasini olidini olish maqsadida)
- Takroriy ravishda og’izdan shilliqlar tozalanadi.
Tug’ruqxonada o’tkaziladigan birinchi chora-tadbirlar Chaqaloq tug’ilganda parvarishning ketma-ketligi:
- Teridan-teriga muloqot
- Kindikni kesish
- Chaqaloqni ko’krakga qo’yish
- Chaqaloqning yetilganligini baholash
- Kindikni tozalash
- Blenoreyaning profilaktikasi
- Gemorragik kasallikning profilaktikasi
- Emlash
- Kiyintirish, cho’miltirish
- Ona va chaqaloqning birga bo’lishini ta'minlash.
Teridan-teriga holati Chaqaloq tug’ilgandan keyin ona va bola birga bo’lishi kerak, bola onasining ko’kragiga yotqiziladi.
Ona va chaqaloqning birga bo’lishining ijobiy tomonlari quyidagilardan iborat:
1. Ona va chaqaloqda ruhiy - ijtimoiy talabni qoniqtirish uchun;
2. Ona va bolani birga bo’lishi, emosional davr hisoblanadi.
3. Onaning normal bakterial florasining ko’payishi va chaqaloqning bu floraga moslashishi.
4. Chaqaloq uchun normal tana haroratini saqlash.
Kindikni siqishni optimal vaqti: Yo’ldosh qonini "yo’ldoshning xayrlashish sovg’asi" deb baholash mumkin. (Clement Smith, 1967).
- kindikni erta siqish 10-15 sekund;
- kindikni erta siqish yetuk tug’ilgan chaqaloqlar uchun rol o’ynamaydi; chala tug’ilganlarda esa qisman gipovolemiya va umumiy qon hajmining yetarli bo’lmasligi sababli nafas buzilish sindromi rivojlanishiga olib keladi.
Kindikni siqish muddatlari chaqaloqning keyingi holati va moslashishiga ta'sir qiladi.
- kindikni kech siqish 3-5minutlarga to’g’ri keladi
- agar chaqaloqlarda tug’ruq jarayonida o’tkir asfiksiya kuzatilsa, kindik kech siqiladi, chunki chaqaloq uchun kislorodga to’yingan qon miqdori ko’proq kerak bo’ladi.
Kindikni kech kesish quyidagi hollarda xavfli hisoblanadi:
-yurak qon - tomir tizimini zo’riqishi va chap tomonlama yurak yetishmovchiligiga sabab bo’ladi.
- polisitemiya, giperbilirubinemiya.
- miya qon aylanishi buzilishi va qonni quyuqlashishi natijasida nevrologik buzilishlarga olib keladi.
Hozirgi vaqtda kindikni kesishning optimal vaqti yetuk tug’ilgan chaqaloqlar uchun hayotining birinchi minutining oxirlari, chala tug’ilgan chaqaloqlar uchun esa tug’ilgandan keyin 30-45 sekund hisoblanadi.
Kindikni kesish usuli Kindikni kesishda eng qulay va ishonchli usulni qo’llash zarur. Elastik bo’lmagan bog’lov materiallari (ip yoki tasmalar): bu usul vaqtinchalik tomirlarni berkitadi va tug’ilgandan keyin 1 soatdan keyin kindik o’lchami kichiklashadi, boylam kuchsizlanadi va tomirlar yana ochiladi, bu kindikdan qon ketish va infisirlanishga sabab bo’ladi.
Rezinali tasma bilan kindikni bog’lash eng ishonchli usul hisoblanadi. Kindikni shipslar bilan qisib, kesilgandan keyin kindik shipslar yordamida siqib rezinali tasma bilan bog’lanadi.