Barno turdixodjaevna xalmatova, maktuba xabibullaevna mirraximova



Download 1,27 Mb.
bet135/170
Sana12.10.2022
Hajmi1,27 Mb.
#852584
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   170
Bog'liq
Халматова 2014-узб.лотин

Tug’ruqdan keyingi bo’limda "kam vaznli chaqaloqlarni" parvarish qilish
1.Chaqaloq bilan birga bo’lish va uni isitish lozim, tug’ruqdan keyingi palata issiq bo’lishi, 25-28ºC atrofida, chaqaloqlarning kravatchasi sovuq devorga yoki oynaga tegib turmasligi kerak.
Onalarga bolalarini har 4 soatdan tana haroratini o’lchashi va tana haroratii 36,5°C tushgan bo’lsa "teriga - teri" kontakti o’tkazishi kerakligi tuShuntirilishi lozim.
Chaqaloq quruqligi ta'minlanishi (tagliklarni yoshiga nisbatan tanlanishi).
Chaqaloq issiq kiyingan bo’lishi kerak (shapka, paypoq, issiq kiyimlar) lekin qatttiq yo’rgaklamaslik kerak. Qatttiq yo’rgaklansa chaqaloq sovuq qotishi mumkin.
"Kam vaznli chaqaloqlarni" cho’miltirish mumkin emas. Zarurat tug’ilgandagina cho’miltirish mumkin.
2. Gipoglikemiya profilaktikasi va kaloriyaga bo’lgan talabiga ko’ra chaqaloqni erta va tez-tez ko’krak suti bilan boqishning adekvatligini ta'minlash kerak.
- onaga har 2-3 soatda bolani ko’krak suti bilan emizishni tuShuntirish.
- har kungi ko’krak suti bilan boqishni baholab borish kerak: ko’krakni to’g’ri berayotganligi, so’rish tezligini, kunlik ko’krak bilan boqishning sonini, bolaning ona sutiga konikayotganligini.
- har kuni chaqaloq vaznini ulchab kurish va dinamikasini baholash.
- alternativ ovqatlantirishda chaqaloqning kunlik talabini baholash.
3.Issiq palatadagi chaqaloqning kunlik monitoringi
-chaqaloq harorati va og’irligini o’lchash va yozib olish
-nafas olishini baholash uchun bu holatda chaqaloq tinch holatda va yig’lamagan, baqirmayotgan bo’lishi kerak.
1. chuqur nafas bor yo’qligini aniqlash
2. bir daqiqadagi nafas olishlar sonini hisoblash. Nafas olish chastotasi 30>yuqori yoki >60 kam bo’lishini aniqlash.
3. ko’krak qafasini ko’tarilishi va kengayishi bor, yo’qligini aniqlash
4.burun qanotlarining kerilishi bor, yukligini
5. sariqlik bor, yo’qligini aniqlab borish kerak.
4. Universal ehtiyotlik choralari va gigienik jarayonlarni qo’llash
-Onaga kam vazn bilan tug’ilgan chaqalog’ini o’zi kiyintirishini, yuvintirishi, haroratini o’lchashini ayting.
-Onaga qo’lini to’g’ri yuvish texnikasini o’rgating va uning bajarishini kuzating.
-Kindikni quruq holatda saqlang
-Invaziv tekshiruvlarni minimal darajada o’tkazing: qon olish. Agarda bu tekshiruvlar zarur bo’lsa, unda izlariga to’qri ishlov berish.
-Onaga bolasini ko’rishiga va parvarish qilishiga sharoit yaratish.
"Kam vaznli chaqaloq"da termoregulyasiya.
- kam vaznli chaqaloq tana yuzasining issiqlik chiqarib yuborish xususiyati yuqori bo’lganligi sababli tez issiqlik yoqotadi (kattalardan 3 barobar ko’p)
- kam vaznli bolada termoregulyasiya yaxshi rivojlanmaganligi va yog’ va glikogen zahirasi kam bo’lganligi sababli tana haroratini bir xil ushlab turishga qiynaladi.
-bosh terisi orqali issiqlik yoqotish 50%ni tashkil qiladi. Shuning uchun chaqaloqlarga doimo bosh kiyim kiydirilishi kerak.
Ovkatlantirishdagi qiyinchiliklar
1.Chaqaloq tez o’sib rivojlanishi uchun yetarli darajada kaloriya yetkazib berilishi kerak.
- neytral haroratli muhitda chaqaloq uchun kuniga 120-140 kkal/kg kerak bo’ladi.
2. So’rish refleksi yaxshi rivojlanmagan.
-Chaqaloq rivojlanishining 34-35 haftasida so’rish, yutish va nafas olish reflekslari rivojlanadi.
-qoshiqdan ovqatlantirish hususiyati tug’ilgandan keyin 30-32 haftasiga to’qri keladi. 30- haftasigacha zond orqali ovqatlantiriladi.
3. Oshqozon o‘lchamining juda kichikligi 20 ml/kg
-1,000 grli bola : oshqozon xajmi 20 ml
-1,500 grli bola: oshqozon xajmi 30 ml
- 2,000 grli bola : oshqozon ulchami 40 ml
- 2,500 grli bola : oshqozon xajmi 50 mlga teng bo’ladi.
4. Ichak, buyrak va jigari to’liq shakllanmagan
Ona suti bola uchun eng yaxshi ozuqa hisoblanadi. Ona suti tarkibida 1000/grda 67 kkal bor.
Sutning miqdori va emizish soni
Miqdori :
-Birinchi kuni kuniga 80 ml/kg. Keyingi kunlarda sutning miqdorini 10-20 ml/kg dan to 150 ml/kg bo’lguncha oshirib boring.
Soni:
- Sutning umumiy xajmi chaqaloqning tana vazni va kuchiga qarab 8-12 martagacha bo’lish lozim
- Kam vaznli yoki kasal bolani har 2-3 soatda emizib turish zarur (10-12 marta / kuniga)
Emizish turlari
Chaqaloq gestasion davrda tug’ilgan (30 haftalikda ) yoki kasal chaqaloq:
- Zond orqali ovqatlantirish kerak 30-32 haftalikda
- ko’krak suti bilan boqish mumkin yoki qo’shimcha ovqatlarni qoshiqcha orqali berish yoki piyolachada sog’ilgan ona sutini berish kerak (34-35 haftalikda).
-ko’krak suti bilan boqish mumkin.
"Kam vaznli chaqaloq"larni ko’krak suti bilan oziqlanishiga tayyorgarlik belgilari:
-Gestasion / korrigirlangan davr >32 haftalikdan
-Chaqaloq nafas olishni, yutishni, so’rishni koordinasiya qila olishi.
- Chaqaloq axvoli klinik jixatdan stabilligi (nafas olishning turli xil buzilishlar ining yo’qligi).
-chaqaloq qisqa apnoe va bradikardiya bilan so’rishi.
- tetiklikning aniq belgilari / emishga tayerligi hisobga olinadi.
"Kam vaznli chaqaloq"larni emizishdagi muammolar:
- kam emib, keyin dam oladi.
- emish vaqtida uxlab qolishi mumkin.
- emish vaqtida tez -tez dam olishi, bu emish jarayonini cho’zadi
- har doim ham emish uchun uyg’onmaydi.
Bolani ohirida kelgan sut bilan emizish.
Onaga yordam va maslaxatlar bering:
- ko’krak suti bilan emizishni tug’ilgandan so’ng 1-2 soat ichida boshlang.
-chaqaloqni har 2-3 soatda emizing, oxirgi emizganingizdan 2 soatdan so’ng bola uhlayotgan bo’lsa ham turg’azib emizing.
- ko’krakda bolani ko’proq ushlab turing. Bolaga uzoq vaqt emishiga, orasida dam olib emishiga imkon bering. Agar chaqaloq emayotgan bo’lsa, emizishni to’xtatmang.
-sut oqimini tezlashtirish uchun : emizishdan oldin sutni ozgina sog’ib tashash kerak.
Kosachadan ovqatlantirish texnikasi
-kerak xajmdagi sutni kosachaga o’lchab oling
-chaqaloqni yarim vertikal holatda ushlab turing.
-kosachani chaqaloq og’ziga tekkizing
- sutni chaqaloq og’ziga quymang.
- chaqaloq o’zi sutni ichadi
- chaqaloq qorni tuyganligini og’zini yopib olgandan va sut ichishga qizikish yoqotganligidan bilish mumkin.
"Juda kam vaznli chaqaloqlar"ni ovqatlantirish yoki "kasal kam vaznli chaqaloqni" zond orqali ovqatlantirish:
- nozik nazogastral zondni qo’llang
- quloqdan oshqozonigacha bo’lgan masofani o’lchab, zondga belgilab oling
- burun orqali zond asta - sekinlik bilan oshqozonga kiritiladi.
- zondni to’g’ri yuborilganligini oshqozon ichidagi massani so’rib olishdan yoki oshqozoniga havo yuborib stetoskop bilan tinglab ko’rib aniqlanadi.
- 1-2 kun davomida zond oshqozonida qoladi.
- ovqatlantirish sekin, 15-20 minut davom ettiriladi.
Chaqaloqni emizish yoki sog’ilgan sut bilan ovqatlantirish
- zond orqali ovqatlantirilayotganda doimo ta'm bilish sezgisini va so’rish refleksini stimullab turish lozim.
- imkon tug’ilganda kosachadan ovqatlantirishga o’tish
- zond orqali ovqatlantirilayotganda ona bilan ko’proq kontaktda bo’lishini ta'minlash va buni onaga o’rgatish kerak
- uzluksiz sut bilan oziqlantirish chaqaloq ahvolini doimo kuzatib turishni talab qiladi.
- davriy ravishda 15-20 minut davomida ovqatlantirib turish bugungi kunga kelib fiziologik hisoblanadi.
O’z vaqtida tug’ilgan chaqaloqlarga nisbatan chala tug’ilgan chaqaloqlar dastlabki bir yil ichida vazniga tez qo’shadi va bo’yi tez o’sadi. Bir yil ichida 27-38 sm ga buyi o‘sadi, lekin Shunga qaramasdan 2-3 yeshida o’zi bilan tengdosh o’z vaqtida tug’ilgan bolalarga nisbatan rivojlanishdan orqada qoladi. Dastlabki 1,5 yil ichida psixomotor rivojlanishi sust bo’ladi. Ko’pchilik chala tug’ilgan bolalar normal aqliy faoliyatga ega bo’lishadi, lekin psixologik o’zgarishlar, bezovtalik, uyquning buzilishi, ishtaxa buzilishi, qatttiq ovqat qabul qilishidagi qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Oqibati. Ohirgi yillarda chala tug’ilgan bolalarning yashovchanligi va moslaShuvchanligi oshib bormoqda. Ammo 1000 grgacha tug’ilgan va gestasion davri 29 haftali chaqaloqlarda asab faoliyatidagi o’zgarishlar va parvarishi bo’uyicha muammolar mavjud bo’ladi. Bunday bolalarda o’lim ko’rsatgichi, asab sisitemasi buzilishi va nogironliklar kelib chiqadi (DSP, ko’rish va eshitish nuqsonlari, aqliy zaifliklar mavjud).
Muddatidan oldingi tug’ruqning oldini olish
Quyidagi chora-tadbirlar ko’riladi:
- bulajak onalar sog’ligini saqlash, oilani rejalashtirish, tibbiy- genetik maslaxatlar va prenatal tashxis, jinsiy hayotni to’g’ri olib borish, bola tashlashni oldini olish, homilador ayolga tinch va osuda oila sharoitini yaratish, muddatdan oldin tug’ish ehtimolligi bo’lgan homiladorlarni kuzatish va parvarish qilish.
Jаdvаl 3

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish