Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko’ra bozorlar quyidagi turlarga bo’linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga ko’ra ulgurji va chakana savdo to’g’risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do’konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo’jalik mahsulotlarini harid qilish alohida o’rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo’jaliklaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |