Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati — jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishidir. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan ziddiyatlaridan biri — ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emaslikdir. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotining ziddiyatli tomonlaridan yana biri - tovarlar hajmi bilan pul massasi o’rtasidagi ro’y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |