Barcha dasturlash tillari kabi Python dasturlash tili ham rivojlanib, zamonga va talabga qarab ishlab chiqaruvchilar tomonidan o’zgarishlar kiritib borilmoqda


Masala. for operatori yordamida 0 dan 4 gacha bo’lgan sonlarni oynaga chiqarish kodi yozilsin. for x in range(5): print(x) Natija



Download 4,22 Mb.
bet28/52
Sana23.12.2022
Hajmi4,22 Mb.
#894684
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52
Bog'liq
Python дастурлаш тили Lotin yangi

Masala. for operatori yordamida 0 dan 4 gacha bo’lgan sonlarni oynaga chiqarish kodi yozilsin.
for x in range(5):
print(x)
Natija:
0
1
2
3
4

Ushbu natijadan range(5)funksiyasi sikldagi takrorlanishlarni 5 marta, ya’ni 0 dan 4 gacha sodir etdi.


Masala. yig’indini hisoblash dasturi tuzilsin.
Ma’lumki, yig’indining yoyilgan ko’rinishi quyidagich bo’lar edi.

# Yigindi


import math
n = int(input('n sonni kiriting = '))
s = 0
for k in range(n):
s = s + ((100-k)**2)/(math.sin(k)+math.pow(3,k))
print('s=',s)
Natija:
n sonni kiriting = 14
s= 14037.355359587267
range()funksiyasi 0 dan boshlanadi, lekin uning boshlang’ich qimatini o’zgartirish, funksiyadagi ikkinchi argumet yordamida amalga oshiriladi. Masalan,
for x in range(2, 5):
print(x)
Natija:
2
3
4
Natijadan range(2,5)funksiyasi sikldagi takrorlanishlarni 3 marta, ya’ni 2 dan 4 gacha sodir etdi.
Masala. Fibonachchi ketma-ketligining n hadini topish dasturi tuzilsin.
Ma’lumki, Fibonachchi ketma-ketligining birinchi hadi 1 ga, ikkinchi hadi ham 1 ga teng bo’lib, qolgan hadlari o’zidan avvalgi ikkita hadlarining yig’indisiga teng bo’lar edi. Dastui tuzamiz.
# Fibonachchi n xadini topshish dasturi
avvalgi = 1
keyingi = 1
n = int(input('nechanchi xadni topish zarur n = '))
if (n == 1) or (n == 2): print (n, ' - xad 1 ga teng')
else:
for i in range(3, n+1):
joriy = avvalgi + keyingi
avvalgi = keyingi
keyingi = joriy
print (n, "chi xad", joriy, 'ga teng')
Dasturda ketma-ketlikning birinchi va ikkinchi hadlari 1 ga teng bo’lganligi uchun ularni 1 avvalgi va keyingi hadlarini 1 ga teng qilib olindi. Ketme-ketlikdagi topilishi kerak bo’lgan n – had natural son bo’lganligi uchun uning tipi int butun tipli qilib olindi.
Ketma – ketlikning birinchi va ikkinchi hadlari 1 ga teng bo’lganligi uchun n == 1 ga yoki n == 2 bo’lsa javob 1 ga tengligini oynaga chiqarib, dastur ishi tugallanadi, aks holda sikl ochilib qidirish uchinchi haddan boshlanadi. Tsiklning ohirgi hadi n ga teng bo’lganligi uchun siklning oxirgi hadi n+1 qilib olinadi, chunki range() funksiyasi 0 dan boshlab n-1 gacha sonlar bilan ishlaydi. Tsikl tanasidagi almashtirishlar n hadgacha davom ettiriladi.
range()funksiyasida uchinchi parametr ko’rsatilmasa sikl parametrini 1 ga orttiradi. Agar uchinchi parametr ko’rsatilsa sikl boshida ko’rsatilgan qadam qiymati ketma-ket qo’shilib boradi va sikl oxiridagi songacha davom ettiriladi. Masalan,

for x in range(2, 25, 5):


print(x)
Natija:
2
7
12
17
22
Masala. 100 dan 200 gacha barcha 3 ga karrali bo’lgan sonlar yig’indisini topish dasturi tuzilsin.
Masalaga dastur tuzishdan avval 100 soni 3ga bo’linmaganligi uchun 100 dan keyingi birinchi uchga bo’linadigan sonni topib olamiz, u 102 ga teng. Shuning uchun ketma ketlikning birichi hadi 102 ga, keyingilari 102 + 3 = 105, 105 + 3 = 108, ... larga teng bo’ladi. Shuning uchun ketma ketlikning birinchi hadi 102 ga, oxirgi xadi 200 gacha, siklning o’zgarish qadami, ya’ni sikl parametri 3 ga teng bo’ladi.
# yigindi 3 ga karrali
s = 0
for x in range(102, 200, 3): s = s + x
print ('Yigindi s q', s)
Natija:
Yigindi s = 4950


Masala. 0 dan n gacha bo’lgan sonlar ichidan 6 ga va 7 ga bo’linadigan sonlarni oynaga chiqarish dasturi tuzilsin.
n = int(input('n sonni kiriting = '))
m = int(input('m sonni kiriting = '))
for n in range(n,m):
if (n % 6 != 0) or (n % 7 != 0):
continue
print ( "Natija - ", n )
Natija:
n sonni kiriting = 100
m sonni kiriting = 200
Natija - 126
Natija - 168

For operatori bilan bir qatorda else operatoridan ham foydalanish imkoni berilgan. Bu operatordan sikl tugaganidan so’ng bajarilishi kerak bo’lgan dastur qismi yoziladi. Masalan:


s = 0
for x in range(102, 200, 3):
s = s + x
else:
print ('Yigindi s q', s)
print ('Tsikl yakunlandi.')

Natija:
Yigindi s = 4950


Tsikl yakunlandi.



Download 4,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish