math.pi – pi soni. >>> math.pi, natija 3.141592653589793
math.e – e soni. >>> math.e, natija 2.718281828459045
math.ceil(x) – x dan katta bo’lgan eng yaqin butun songacha yaxlitlaydi.
>>> math.ceil(3.2), natija 4; >>> math.ceil(3.7), natija 4.
math.floor(x) – x dan kichik bo’lgan eng yaqin butun songacha yaxlitlaydi.
>>> math.ceil(3.2), natija 3; >>> math.ceil(3.7), natija 3.
math.fabs(x) – x ning absolyut qiymatini beradi.
>>> math.fabs(-7), natija 7.0.
math.factorial(x) – x butun musbat sonning faktorialini6 hisoblaydi.
>>> math.factorial(5), natija 120
math.floor(x) – x dan kichik bo’lgan eng yaqin songacha yaxlitlaydi.
>>> math.floor(3.2), natija 3. >>> math.floor(3.8), natija 3.
math.exp(x) – e ning x darajasini hisoblaydi7.
>>> math.exp(3), natija 20.085536923187668
math.log2(x) – yoki math.log(x,2) asosi 2 ga teng bo’lgan logarifm bo’yicha x ning qiymatini hisoblaydi.
>>> math.log2(3), natija 1.584962500721156,
>>> math.log(3,2), natija 1.5849625007211563
math.log10(x) – asosi 10 ga teng bo’lgan logarifm bo’yicha x ning qiymatini hisoblaydi.
math.log(x[, base]) – asos ko’rsatilmasa e asosga ko’ra hisoblaydi.
>>> math.log(3), natija 1.0983122886681098
math.pow(x, y) – x ning y darajasini hisoblaydi.
>>> math.pow(3, 4), natija 81.0;
>>> math.pow(3.4, 4), natija 133.633599...;
>>> math.pow(3, 4.2), natija 100.9042...;
>>> math.pow(3.2, 4.5), natija 187.5749...
math.sqrt(x) - x ning kvadrat ildizi.
>>> math.sqrt(25), natija 5.0
Trigonometrik funksiyalar qiymatlarini hisoblashda argument radian o’lchovida beriladi. Gradus o’lchovidan radian o’lchoviga o’tish uchun 1 gradus = Pi/180 radian = 0.0174 radianga va aksincha radian o’lchovidan gradus o’lchovigv o’tish uchun 1 radian = 180/Pi = 57.2958° bog’lanishdan foydalaniladi.
Dasturda yanada aniqroq natija olish uchun g_rad = g*math.pi/180 (gradus o’lchovidan radianga o’tish) ifodasidan foydalanish mumkin.
Python dasturlash tilida gradusdan radian o’lchovidan radianga va aksincha o’tkazish funksiyalari mavjud. Bu funksiyalar math.degrees(x) va math.radians(x) deb nomladandi. Masalan, >>> math.radians(45), natija 0.7853981633974483; >>> math.degrees(2.1), natija 120.32113697747289
math.cos(x) – x ning kosinusini hisoblash.
math.sin(x) – x ning sinusini hisoblash.
math.tan(x) – x ning tangensini hisoblash.
math.acos(x) – x ning arkkosinusini hisoblash.
math.asin(x) – x ning arksinusini hisoblash.
math.atan(x) – x ning arktangensini hisoblash.
Yuqorida sanab o’tilgan funksiyalardan tashqari math kutubxonasida yana bir qator funksiyalar mavjud bo’lib ularni pythonning rasmiy sayti dan yoki pythonning yordam bo’limidan olish mumkin.
Ayrim int, round, abs funksiyalar standart funksiyalar hisoblanib, math modulini yuklashni talab qilmaydi. Ulardan bevosita foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |