Banklarda buxgalteriya hisobi


XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI



Download 62,81 Kb.
bet2/9
Sana31.12.2021
Hajmi62,81 Kb.
#243174
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xadjayeva Elvira muammoli kredit

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

KIRISH

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida, tijorat banklarining

operatsiyalarini rivojlantirish, hamda jahon tajribalari asosida amaliyotga tadbiq

qilish hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. O'zbekistonda kredi t

qo'yilmalari hajmining yildan-yilga keskin oshishi sababli muammoli kreditlarning

vujudga kelishining oldini olishning yangi usullarini ishlab chiqish hamda

muammoli kreditlar bilan ishlash dolzarb tus oladi. Bunday holatda esa, mazkur

muammoni yechish bo'yicha keskin choralar qabul qilinishi zarurligini bildiradi.

Tijorat banklarining kredit operatsiyalari bankning asosiy daromad

manbalaridan biridir. Biroq bu operatsiyaning risklilik darajasi ancha yuqoridir.

Tavakkalchilik darajasini kamaytirish uchun, tijorat banklarida yuzaga kelayotgan

muammoli kreditlar bilan ishlash tizimi tadbiq etilgan. Muammoli kreditlar bilan

ishlash tizimi qonunchilik tizimidagi va Markaziy bankning me'yoriy hujjatlari

bilan tartibga solinadi.

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta

ustuvor yo„nalishi bo„yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI Iqtisodiyotni

rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo„nalishlarining bank

faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy qilish,

ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymayotgan to‘siqlarni bartaraf

etish bandida quyidagilar belgilab berilgan. Unga ko`ra 2018-2019 yillarga

mo‘ljallangan bank faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar,

shu jumladan:

bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining talablariga asosan, tijorat

banklarining mablag‘lari yetarliligi va likvidliligi darajasi ko‘rsatkichini qo‘llab-quvvatlash;

boshqaruv va bank tavakkalchiligi tizimi, shu jumladan, ilg‘or xorijiy

amaliyotlari asosida tijorat banklarida menejment tavakkalchiligi samaradorligin i

yanada oshirish;

tijorat banklari faoliyatiga, shu jumladan, kredit siyosatiga davlat hokimiyati

organlari tomonidan ma'muriy aralashuvlarning oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik;

tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish, kredit portfeli miqdorini doimiy

oshirib borish va uning sifatini yaxshilash, investitsiyaviy loyihalarni moliyalash

hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash ko‘lamini yanada oshirish;

banklarga xos bo‘lmagan vazifalarni istisno etish bo‘yicha amaliy choralarni

ko‘rishni nazarda tutuvchi Dastur loyihasini ishlab chiqish va kiritish.1

Bank tizimining samaradorligini oshirish banklar iqtisodiyotining real

sektorini kreditlashdagi faol ishtiroki bilan bog'liqdir. Tijorat banklari kreditlash

faoliyatida bir qator muammolarga duch kelmoqda. Banklarning kredit portfeli

tarkibi sifat jihatidan tubdan o'zgarmoqda. Agar 2000 -yilda kredit portfelining 54

foizi tashqi qarzlar hisobidan shakllantirilgan bo'lsa, 2015-yilda uning 91 foizi

yuridik va jismoning shaxslar depozitlari hisobidan shakllantirildi. Bu esa, o'z

navbatida, iqtisodiyotimiz tarmoqlariga investitsiya kiritish va shuning hisobidan

taraqqiyotimizni ta'minlashda ichki imkoniyatlarimiz tobora ortib borayotganining

dalilidir.

Respublikamiz bank tizimini isloh etishga doir muhim farmonlar va qarorlar

qabul qilindi.

Muammoli kreditlardan kelib chiqadigan zararlar quyidagilarda namoyon

bo'ladi:

• bank daromadining pasayib ketishiga;

• omonatchilar, investorlarning bankka bo'lgan ishonchi yo'qolishi va

bank nufuzining pasayishi;

• kredit operatsiyalaridan olinadigan foyda hajmining qisqarishi tufayli,
moddiy rag'batlantirishlarning susayishi, bankning malakali kadrlaridan mahrum

bo'lishi xavfi ortadi.

Ushbu holat mazkur muammoni hal etish uchun ta'sirchan choralar qabul

qilishini taqozo etadi va tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.

Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o'sish sur'atlarini

ta'minlashda eng muhim omil bo'ldi. Buning natijasida tijorat banklarining jami

kapitali 25 foizga oshdi. Bank tizimining mustahkamlanishi 2014-yilda Markaziy

bankning qayta moliyalash stavkasini 10 foizdan 9 foizga, tijorat banklarining

kreditlar bo'yicha foiz stavkasini ham shunga mos ravishda kamaytirish uchun

zarur imkoniyatlar tug'dirdi.

Banklar tomonidan ishlab chiqarishni modernizastiya qilish va texnologik

yangilash dasturlarini moliyalashtirishga yo'naltirilgan kreditlar hajmi 2013-yilga

nisbatan 1,2 barobar, aylanma mablag'larni to'ldirish uchun ajratilgan kreditlar esa

1,3 martadan ziyod oshdi.

2014-yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

subyektlariga 9 trillion so'mdan ortiq yoki 2013-yilga nisbatan 1,3 barobar ko'p,

shu jumladan, 2 trillion so'mga yaqin miqdordagi mikrokreditlar ajratildi. Bu o'tgan

yilga qaraganda 39 foiz ko'pdir. So'nggi besh yilda kichik biznesni kreditlash hajmi

qariyb 5 barobar ko'paydi.

2014-yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan investistiyalar hajmi 10,9 foizga

o'sdi va AQSh dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda

jami kapital qo'yilmalarning 21,2 foizdan ortig'i yoki 3 milliard dollardan ziyodini

xorijiy investistiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to'rtdan uch qismi to'g'ridan -to'g'ri xorijiy investistiyalardir.2

"Yangi biznesni qo'llab-quvvatlash" deb ataladigan mezon bo'yicha

mamlakatimiz ayni paytda jahonda 42-o'rinni, tuzilgan shartnomalar ijrosini

ta'minlash bo'yicha 32-o'rinni, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan

qo'llanadigan bankrotlik tizimining samaradorligi bo'yicha 75-o'rinni egallab

turibdi. "Kichik biznes subyektlariga kredit berish" deb nomlanadigan ko'rsatkich


bo'yicha O'zbekiston so'nggi uch yilda 154-o'rindan 42-o'ringa ko'tarildi va o'tgan

yilning o'zida reytingini 63 pozitsiyaga yaxshiladi.

Kollejlarning 480 mingdan ortiq bitiruvchisi ish bilan ta'minlandi. Tijorat

banklari tomonidan ularga o'z biznesini tashkil qilish uchun 280 millia rd so'mga

yaqin imtiyozli kreditlar ajratildi va bu 2014-yilga nisbatan 1,3 barobar ko'pdir.3


Download 62,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish