1. Kredit portfelining nazariy-ilmiy asoslari va uning ahamiyati
Tijorat bankining moliyaviy barqarorligi ko'p jihatdan uning kredit
operatsiyalarining samaradorligiga bog'liq. Shu boisdan kredit operatsiyalarini
to'g'ri tashkil etish asosida bankda foizli daromadlarning barqaro r darajasiga
erishish va muammoli ssudalarni ko'payishiga yo'l qo'ymaslik muhim vazifalardan
sanaladi.
Banklar faoliyatida kredit operatsiyalari asosiy o'rinni egallagani uchun
ularning kredit portfelini to'g'ri tashkil qilish banklarning samarali va barqa ror
faoliyat ko'rsatishi uchun imkoniyat yaratib beruvchi asosiy omillardan biri
hisoblanadi. Kredit operatsiyalarini olib borishda yo'l qo'yilgan kamchiliklar
banklar daromadining kamayishiga, ba'zi hollarda ularning sinib ketishiga olib
kelishi mumkin. Shu sababli banklarning kredit portfeli va uning sifatini nazorat
qilib borish tijorat banklari samarali faoliyatining garovidir.
Bank tomonidan bajarilgan barcha kredit operatsiyalar ularning kredit
portfelida o'z aksini topishi, har bir bank kredit portfelining sifatli bo'lishiga
erishishi zarur. Bu esa kreditlarning o'z vaqtida qaytib kelishida asos bo'lishi
mumkin.
Ba'zi mualliflarning tadqiqotlarida bu tushunchani va uning mohiyatiga
berilgan ta'riflarni uchratish mumkin. Masalan amerikalik iqtisodchilar Kris J.
Barlton, Diana Mak Noton kredit portfeli - bu kreditlarni turkumlashni o'z ichiga
oladi deb ta'riflashadi.
N. Sokolinskaya "kredit portfelini qisqa va uzoq muddatli kreditlar
yig'indisidan iborat"4 deb ta'riflaydi. Bu ta'rifda asosiy e'tibor kreditning muddatiga
qaratilgan bu holat kredit portfelining mohiyatini to'liq ochib berolmaydi. Chunki
bank tomonidan berilgan kreditlarning muddatining belgilab qo'yilishi va unga
rioya qilinishi faqat kredit portfelining sifatini aniqlashda muhim omil bo'lishi
mumkin.
Abalkin L. I, Panova G. S, Lavrushin O. I. va boshqa bir guruh
iqtisodchilarning fikricha tijorat banklarining kredit portfeli - bu kreditlarning sifat va tarkibi bo'yicha turkumlanishidir. Bu ta'rifda, bizning fikrimizcha kredit
portfelining mohiyatini ochib berishga ijobiy yondashilgan. Ijobiyligi shundaki,
ular kreditlarning sifat tarkibiga qarab ma'lum omillarni hisobga olgan holda
turkumlash zarurligini ta'kidlaydilar.
Demak kredit portfeli - bu turli xil risklarga asoslangan muayyan
mezonlarga qarab turkumlangan kreditlar miqyosidagi bank talablarining
yig'indisidir.
Tijorat banklari kredit portfelini shakllantirish va sifatini oshirishning
alohida nazariy va amaliy masalalari xorijlik bir qator taniqli iqtisodchilar,
jumladan, V. Usoskin o'zining "Zamonaviy tijorat banki" nomli monografiyasida
tijorat banki kredit portfelining sifat darajasini oshirish uchun mijozlarning kredit
to'loviga layoqatliligini baholash tizimini takomillashtirish zarur deb hisoblaydi.
O. Lavrushin, G. Panovalar tijorat banklari kredit portfelining sifatini
oshirishda asosiy e'tibor kreditlarning daromadlilik darajasini barqarorligini
ta'minlashga, mijozlarning kredit to'loviga layoqatliligini baholash tartibini
takomillashtirishga qaratadilar.
Keyingi yillarda O'zbekistonda ham tijorat banklari kredit portfelining
sifatini oshirishning alohida jihatlari A. Boymuratov, Sh. Abdullayeva, S.
Berjanov, O. Iminov, S. Norqobilov, D. Saidovlar tomonidan o'rganilgan.
Sh. Abdullayeva tijorat banklari faoliyatidagi kredit riskini boshqarishni
takomillashtirish yo'li bilan kredit portfelining sifatini oshirish mumkin deb
hisoblaydi5
Tijorat banklarining kreditlash amaliyotini tashkil qilish, uning
samaradorligini ta'minlash xususidagi masalalar to'g'risida to'xtalib, D. Mak Noton rivojlanayotgan mamlakatlarda kreditlash amaliyotini tashkil qilishning zaruriy shartlaridan biri kreditlarni garov ta'minoti asosida berishni odatiy hol sifatida
qabul qilishdir, degan xulosaga keldi.6
Uning fikriga ko'ra, garov sifatida
olinadigan mulkning sotilish bahosi kredit va uning foizini qaytarishga yetishi
lozim. Bu esa, mulkni doimiy ravishda qayta baholab turishni taqozo qiladi.
Bizning fikrimizcha, olimning mulkni davriy baholash to'g'risidagi fikri
Respublikamiz amaliyoti uchun ham juda muhim hisoblanadi. Chunki mulklarning
joriy bahosini tez-tez o'zgarish holati mamlakatimizning xo'jalik amaliyoti uchun
xos bo'lgan holat hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining tijorat banklarida kredit portfelini shakllanish
jarayonini va unga bozor munosabatlariga o'tish jarayonlarining ta'sirini ilmiy
asosda o'rganish mamlakatimiz bank tizimi uchun muhim amaliy ahamiyat kasb
etadi. Buning boisi shundaki, birinchidan mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish
uchun zarur bo'lgan investitsion xarajatlarni moliyalashtirishda bank kreditlari
muhim manba vazifasini bajaradi, ikkinchidan aholining va korxonalarning
vaqtinchalik bo'sh pul mablag'larini banklarga jalb etib ularni iqtisodiyotning real
sektorini kreditlashtirishga yo'naltirish inflyatsion jarayonlarni jilovlashning
zaruriy sharti hisoblanadi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan barcha kreditlar uning kredit portfelida
o'z ifodasini topadi.
Tijorat banklari o'z mijozlariga turli ko'rinishdagi kreditlar berishi mumkin.
Avvalambor, qarz oluvchilarning asosiy guruhlari bo'yicha:
• xo'jalikka;
• aholiga;
• hukumatning davlat organlariga berilgan kreditlarga bo'linadi.
Yo'nalishi bo'yicha kreditlar quyidagicha:
• iste'mol;
• sanoat;
• savdo;
• qishloq xo'jaligi;
• investitsion;
• budjet.
Kreditlar foydalanish muddati bo'yicha:
• qisqa muddatli;
• uzoq muddatli kreditlarga bo'linadi.
Miqdori bo'yicha kreditlar:
• yirik;
• o'rta;
• mayda kreditlarga bo'linadi.
Ta'minlanganlik bo'yicha:
• ta'minlanmagan (ishonch) kreditlar;
• ta'minlangan kreditlarga bo'linadi.
O'z navbatida ta'minlangan kreditlar ta'minlanish xarakteriga ko'ra:
• garovli;
• kafolatlangan;
• sug'urtalangan kreditlarga bo'linadi.
Bank kreditlari maqsad bo'yicha:
• ipoteka ssudalari;
• moliyaviy tashkilotlarga berilgan ssudalar;
• qishloq xo'jaligiga berilgan ssudalar;
• savdo va sanoat korxonalariga berilgan ssudalar;
• jismoniy shaxslarga berilgan ssudalar;
• boshqa ssudalar;
• lizing moliyalashtirishlarga bo’linadi.
Bunda bank o'zining qaysi tarmoqqa ko'proq e'tibor berishiga qarab, u yoki
bu kredit ulushi kredit portfelida ko'proq bo'ladi. Bu uning kredit siyosatidan kelib
chiqadi.
Bank aktiv operatsiyalari ichida kredit asosiy o'rinni egallaydi va bank
daromadining katta qismi ham ayni shu kredit operatsiyalari orqali keladi. Shu sababli bank kredit portfelining qanday shakllanishi bank faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Bank yaxshi kredit portfelini shakllantirish niyatida ekan, kreditlash jarayonini to'g'ri tashkil qilishi zarur bo'ladi.
Bank o'lchami ham uning kredit portfeliga ta'sir etuvchi omillardan biri
hisoblanadi, ayniqsa bir qarz oluvchiga beriladigan kreditning maksimal miqdorini
belgilovchi kapitali hajmi muhimdir. Katta banklar odatda ulgurji kreditorlar
hisoblanadilar, ular o'zlarining kreditlarining asosiy miqdorini korporatsiyalar va
boshqa firmalarga beradilar. Kichikroq banklar esa fuqarolarga kichik ssudalar, uy
garovi ostida xususiy shaxslarga kreditlar, ferma va rancho egalariga kichik
kreditlar shaklidagi yakka holdagi kreditlarni berishga yo'naltirilganlar.
Bundan tashqari kredit portfeli tarkibiga kreditlashning turli ko'rinishlari
sohasida menejerlarning tajriba va malakasi, hamda o'z kredit inspektorlariga
ma'lum ko'rinishdagi kreditlarni bermasligi ko'rsatilgan bank kredit siyosati ham
ta'sir ko'rsatadi.
Kredit portfelining tarkibi ma'lum darajada bankning kutilayotgan
daromadiga ham bog'liq, chunki bank odatda kutilayotgan daromadi maksimal
bo'lgan ssudalarni berishni ma'qul ko'radi.
Tijorat banklari sifatli kredit portfelini shakllantirish uchun avvalambor
kreditlash jarayonini to'g'ri va sifatli olib borishlari zarur.
Xo'jalik subyekti kredit olish uchun tahliliy va xomcho’t ma'lumotlaridan
kelib chiqqan holda, kredit buyurtmasi va iltimosnomasini tuzadi.
Iltimosnomada kredit olish zarurligi, uning samaradorligi, qaytarilishi,
to'lovi va ta'minlanishi, shuningdek, o'z kapitali tarkibi va uning kreditlanayotgan
tadbirdagi ishtiroki batafsil bayon qilinadi.
Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
• kredit buyurtmasi;
• pul oqimi tahlili ko'rsatilgan biznes reja;
• oxirgi hisobot davri uchun buxgalterlik balansi, debitorlik va
kreditorlik qarzlari va to'lov muddati 90 kundan oshgan qarzlarni qiyoslash
dalolatnomalar talqini bilan birga;
• foyda va zararlar to'g'risidagi hisobot;
• aylanma mablag'larini aylanishi hisob-kitobi.
Kredit xodimi yuqorida qayd etilgan hujjatlarni olgach, uch kunlik muddatda
quyidagilarni aniqlaydi:
• subyektlarning kredit va to'lov qobiliyati, uning reyting bahosini,
shuningdek kredit maqsadlarining ustav faoliyatiga muvofiqligi, kredit turini
aniqlaydi, bunda u majburiy tartibda likvidlilik, qoplash, muxtoriyat, qarz
mablag'larini jalb qilish, foyda va aylanma mablag'lari aylanishi koeffitsientlaridan
foydalanadi.
Kredit paketini tahlil qilishda nafaqat kredit biti mlarining turli sohalariga,
balki rahbarning shaxsiy sifatlariga ham baho beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlarni batafsil o'rganib chiqqach, bank xodimi kredit
bitimini tuzish uchun xulosani rasmiylashtiradi. Bunda quyidagilar ko'rsatiladi:
• kreditning maqsadi, muddati va miqdori;
• kredit qaytarilishining ta'minlanishi;
• foiz miqdori va boshqalar.
Umuman olganda mijozning kreditga layoqatliligini baholashning asosiy
ko'rsatkichlarini ko'rsatib o'tish maqsadga muvofiq Bular edi:
• likvidlik koeffitsienti.
• qoplash koeffitsienti.
• muxtorlik koeffitsienti va qo'shimcha ko'rsatkichlardan, aylanish
koeffitsientlari aniqlanadi.
Likvidlilik va qoplash koeffitsientlari qarzlarni to'lash uchun o'z mulkini
pulga aylantirish imkoniyati haqida dalolat beradi.
Likvidlik koeffitsienti:
pul mablag'lari+tez sotiladigan talablar
Lk = ------------------------------------------------------------------------- ;
qisqa muddatli qarz majburiyatlari
Qoplash koeffitsienti:
1,2,3 - guruh likvid mablag'lari
Qk = ------------------------------------------------------------------------- ;
qisqa muddatli qarz majburiyatlari
Aylanma mablag'larning aylanishi koeffitsienti (Ak) joriy aktivlarning
aylanish tezligi va aktivlarga tezligini xarakterlab, u ma'lum davr ichida aylanma
mablag'lari necha marta aylanganligini ifodalaydi:
Realizastiya qilingan mahsulot hajmi
Ak = ------------------------------------------------------------------------- ;
aylanma mablag'larning o'rtacha xronologik qoldig'i
Ak ni hisoblash aylanishini prognozlash va kreditlash muddatini aniqlashga
imkon yaratadi.
Shuningdek, aylanma mablag'larning kunlarda aylanishini ham hisoblash
mumkin, bu ko'rsatkich korxona aylanma mablag'larining bir marta (P-T-I/Ch-T-P)
aylanishi uchun necha kun ketishini ko'rsatadi:
aylanma mablag'lar o'rtacha qoldig'i x 360
Ak (kuniga) = ---------------------------------------------------------- ;
realizastiya hajmi
Aylanma mablag'lar aylanishiga qancha kam kun ketsa, korxonaning foyda
olishi, binobarin kreditni bankka to'lashi shuncha tez amalga oshiriladi.
Muxtorlik koeffitsienti:
O'z mablag'lari manbalari
Mk= --------------------------------------------------------- x 100%
balans jami summasi
Qisqacha aytganda, kreditlash jarayoni yuqoridagicha tashkil etish, bank
risklarining oldi birmuncha olinib, sifatli kredit portfeli shakllanishiga xizmat
qiladi.
Kreditga layoqatlilikni aniqlash kreditlash jarayonining asosiy tomoni
hisoblanadi. Shu sababli ham yuqoridagi usullarni aniq va to'g'ri amalga oshirish
kreditlarning sifatini yaxshilaydi.
Tijorat banklarning operatsiyalari uning aktiv operatsiyalari ichida asosiy
o'rinni egallaydi, shuning uchun bank kredit portfelining sifati uning faoliyati
natijalarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi.
Har qanday bankning kredit portfeli boshqarib turiladi, chunki kredit portfeli
sifati, boshqa bank xizmatlari sifatiga nisbatan, riskni va bank ishonchliligini
baholash uchun muhimdir.
Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy o'rni va
manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash mumkin. Tijorat
banklari tasniflashni asosan milliy valyutada olib boradilar va ba'zi hollarda qayta
moliyalashtirish va o'z mablag'lari hisobidan beriladigan kreditlar, masalan, Milliy
bank va shunga o'xshash banklarda qattiq valyutada ham ifodalanishi mumkin.
Tijorat banklari faoliyatida turli xil risklar uchrab turadi. Lekin ularning
faoliyatiga ko'proq kredit riski, likvidlilik riski va foiz riski ta'sir qiladi. Tijorat
banklari faoliyatining asosiy qismi kreditlar berish va shu asosda foyda olishga
yo'naltirilgan bo'lganligi uchun ular faoliyatida bu risklarning salmog'i ham yuqori
bo'ladi.
Tasniflangan kreditlarning qaysi guruhga kirish darajasi tez sotiladigan
aktivlar va yuqori likvid mablag'larning mavjudligi bilan belgilanadi.
O'zbekistan Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998-yil 9 noyabrda
tasdiqlangan 242-sonli "Aktivlar sifatini tasniflash, mumkin bo'lgan yo'qotishlar
bo'yicha tijorat banklari tomonidan rezervlar tashkil qilish va undan foydalanish
qoidasi"ga (kiritilgan o'zgartirishlar va qo'shimchalar) asosan tijorat banklari
tomonidan beriladigan kreditlar yuqorida keltirilgan mezonlar bo'yicha "yaxshi",
"standart", "substandart", "shubhali" va "umidsiz" kreditlarga tasniflanadi.
Tijorat banklarining kredit portfelini berilgan ssudalarning ta'minlanganlik
darajasiga qarab quyidagi turlarga bo'lish mumkin:
• birinchi darajali ta'minotga ega bo'lgan;
• boshqa ta'minotga ega bo'lgan;
• to'liq ta'minlangan;
• ta'minlanmagan ssudalarga bo'linadi.
Birinchi darajada ta'minlangan kreditlar guruhiga to'liq ta'minlangan
kreditlar kiradi. Ular quyidagilar bilan ta'minlanadi:
• O'zbekiston Respublikasi hukumati kafolati;
• O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki roziligi bilan birinchi sinf
xorijiy banklari kafolati;
• Erkin ayirboshlanadigan valyutadagi garov;
• O'zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog'ozlari ko'rinishidagi
garov;
• Standartlashtirilgan qimmatbaho metallar qo'yilmalari ko'rinishidagi
garov.
Boshqa ta'minotga ega bo'lgan ssudalar guruhiga quyidagilar:
• mol-mulk garovi;
• qimmatli qog'ozlar ko'rinishidagi garov;
• boshqa huquqiy va jismoniy shaxslarning kafolat xati va boshqalar
kiradi.
Tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalarini to'la - to'kis olib borish
ular tomonidan kredit siyosatining qay darajada tuzilganligiga bog'liq, banklar
o'zlarning kredit siyosatiga ko'ra mijozlarning ta'minotini belgilashlari mumkin.
O'z navbatida, tijorat banklari kredit portfeli sifatini muntazam tahlil qilib
borishlari zarur. Bu kreditlarni boshqarish, kredit portfeli sifatini yaxshilash,
shuning natijasi o'laroq bank foydasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |