5.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarning hisobi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yil boshida o‘tgan yilda to‘langan summaga nisbatan bashorat qilinib joriy yil uchun yillik avans to‘lovi haqida ma’lumotnoma taqdim etiladi51.
Joriy to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq bank joriy soliq davrining 25 yanvarigacha bankda suvda foydalanish bo‘yicha yangidan joriy etilganlari esa - davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechikreditirmay, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga mo‘ljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (foydalaniladigan suv hajmidan) va suv resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadilar. Ma’lumotnomaga asosan hisoblangan avans summasi oldindan to‘lanadi, Debet 19931–“Muddati uzaytirlgan soliqlar (alohida ochilgan analitik hisobda)”, Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablag‘lari” hisobvarag‘i.
Soliq davri mobaynida mo‘ljallanayotgan soliq solinadigan baza o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchi suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy to‘lovlarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning o‘zgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi. Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash joriy to‘lovlar hisobga olingan holda soliq to‘lovchilar tomonidan, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyida, hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechikreditirmay amalga oshiriladi.
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha joriy to‘lovlar summasi hisob-kitobga ko‘ra, byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi. Bunda er usti va er osti suv resurslaridan foydalanilganligi uchun foiz nisbati olinadi, ya’ni haqiqatda ishlatilgan suv hajmi to‘g‘risida ma’lumotnomaga asosan uni 74,6% - er osti suvi (1 m/kub -98.2 so‘m), 26,4% er usti (1 m/kub-124,8 so‘m) suviga ajratiladi. Ushbu nisbatlar bo‘yicha oldindan amalga oshirilgan to‘lov summasiga,
Debet 56714–“Soliq (daromad solig‘idan tashqari) va litsenziyalar”, Kredit –19931-“Muddati uzaytirlgan soliqlar(alohida ochilgan analitik hisobda)” hisobvarag‘i.
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun oldindan to‘langan soliq summasi haqiqatda to‘langan summadan kam bo‘lsa, kam to‘langan qismi bankning 22504-hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va ushbu hisobdan davlat byudjetiga o‘tkazib beriladi.
-kam to‘langan summasiga, Debet 56714–“Soliq (daromad solig‘idan tashqari) va litsenziyalar”, Kredit 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar” hisobvarag‘i.
-kam to‘langan summa davlat byudjeti hisobvarag‘iga o‘tkazilganda, Debet 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar”, Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablag‘lari” hisobvarag‘i.
Agar oldindan to‘langan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi haqiqatda to‘lash lozim bo‘lgan summadan ko‘p bo‘lsa, ushbu farq keyingi oylarda o‘zaro hisob-kitob qilish asosida tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |