Banklarda buxgalteriya fanidan



Download 10,6 Mb.
bet80/98
Sana09.12.2022
Hajmi10,6 Mb.
#882409
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   98
Bog'liq
БҲТ ва А МАЪРУЗА матн(ББҲ)

3.Mol-mulk solig‘i hisobi.
Tijorat banklari barcha yuridik shaxslar kabi mol-mulk solig‘i to‘laydilar, hozirgi paytda ushbu soliq stavkasi mol-mulkning umumiy summasiga nisbatan 5 foizni tashkil etadi49. Mol-mulk solig‘i uchun soliq davri qilib kalendar yil belgilangan. Banklarda mol-mulk solig‘i uchun soliqqa tortiladigan bazani aniqlashda 16509+16535+16529+16541, 16549- hisobvaraqlarida mavjud qoldiq summalari olinadi, (16549 hisobvaraqda hisobga olingan ijradagi teminallar uchun soliqdan imtiyoz mavjud va ular soliq bazasidan chegiriladi). 16601- hisobvaraqda aks ettirilgan nomoddiy qimmatliklar bo‘yicha ham imtiyoz mavjud va ular ham soliq bazasiga kiritilmaydi. Banklar yilning barcha choraklari uchun avans hisobotini soliq organlariga taqdim etadi. Bank tomonidan oylik to‘lanadigan mol-mulk solig‘i hisoblanib, 22504-hisobvarag‘ida jamlanib boriladi va quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet 56714–“Soliq (daromad solig‘idan tashqari) va litsenziyalar”, Kredit 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar (alohida ochilgan analitik hisobda)” hisobvarag‘i.
Hisobot davri tugagach, haqiqatda hisoblangan bir yillik mol-mulk solig‘i to‘lab beriladi va yanvar oyining 25-sanasigacha to‘langan soliq summasi bo‘yicha hisobot topshiriladi. Mol-mulk solig‘i to‘langanda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Debet 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar (alohida ochilgan analitik hisobda)”, Kredit 23402 –“Respublika byudjetining mablag‘lari” hisobvarag‘i.
Mol-mulk solig‘i to‘langandan so‘ng yanvar oyining 25-sanasigacha to‘langan soliq summasi bo‘yicha hisobot topshiriladi.


4.Er solig‘i hisobi.
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida er uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan banklar er solig‘ini to‘lovchilari hisoblanadi50. Ko‘chmas mulk bank tomonidan ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi, ya’ni bank er solig‘ini to‘lovchi bo‘ladi. Er uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs er uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun er solig‘ini to‘laydi. Er solig‘i har bir soliq davrining 1 yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab chiqariladi va er solig‘ining hisob-kitobi er uchastkasi joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi. Er solig‘ini to‘lash, banklar tomonidan yilning har choragida, yil choragi ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
Banklar amaliyotda er solig‘ini davlat soliq inspeksiyalari tomonidan Toshkent shahri va viloyatlarda zonalar bo‘yicha 1 kv.m.ga o‘rnatilgan soliq stavka haqida taqdim etgan tartiblar asosida to‘laydilar (1ga uchun: 1-zona -131175469 so‘m, 5-zona -26235094 so‘m.) Bank binosi joylashgan joy qaysi zonaga taalluqli ekanligi kadastr hujjatlari asosida aniqlanadi. Soliq baza aniq bo‘lgandan keyin bank binolari joylashgan hududning maydoni hajmi aniqlanadi va belgilangan stavkalar asosida soliq summasi aniqlanadi. Aniqlangan er solig‘i summasi belgilangan tartib va muddalarda davlat byudjetining tegishli hisobvaraqlariga to‘lab beriladi.
Hisoblangan er solig‘i summasiga, Debet 56714–“Soliq (daromad solig‘idan tashqari)va litsenziyalar”, Kredit 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar (alohida ochilgan analitik hisobda)” hisobvarag‘i.
Er solig‘i to‘langanda, Debet 22504 –“Hisoblangan boshqa soliqlar (alohida ochilgan analitik hisobda)”, Kredit 23402 –Respublika byudjetining mablag‘lari” hisobvarag‘i.
Soliq solinadigan bazada soliq davri mobaynida o‘zgarish bo‘lganda banklar bir oylik muddat ichida davlat soliq xizmati organiga er solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etadi.



Download 10,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish