а) моддий активлар келиб тушганда ва улар дарҳол фойдаланишга берилганда: Дт 16535 Мебель, мослама ва жиҳозлар ёки 16561- Омбордаги асосий воситалар, Кт 29802- Товар-моддий қимматликлар ва кўрсатилган хизматлар учун тўланадиган маблағлар .
б). банк томонидан активларнинг қиймати тўлаб берилганда: Дт 29802- Товар-моддий қимматликлар ва кўрсатилган хизматлар учун тўланадиган маблағлар, Кт 16103- Бош банк/филиаллардан филиаллар ва банклараро ҳисоб-китоблар бўйича олинадиган маблағлар .
в). банк омборидан АВни фойдаланишга берганда: Дт 16535 Мебель, мослама ва жиҳозлар, Кт 16561- Омбордаги асосий воситалар.
6. Бепул олинган АВларнинг ҳақиқий қийматига:
Дт 16500-Асосий воситалар, Кт 45909- Банк асосий воситаларини сотиш ёки диспозиция қилишдан фойда.
7. Агар, АВ субсидия шаклида олинган бўлса, у ҳолда,
Дт 16500-“Асосий воситалар” счети, Кт 22896- ”Бошқа муддати узайтирилган даромадлар” счети.
8. АВни банк инфратузилмасини ривожлантириш доирасида солиқдан озод қилинган маблағлар ҳисобидан сотиб олган бўлса,
Дт 30903- «Умумий заҳира фонди» «Банк инфратузилмасини ривожлантириш фондига йўналтирилган маблағлар» счети, Кт 30903- «Умумий заҳира фонди» «Банк инфратузилмасини ривожлантиришга сарфланган маблағлар» ҳисобвақлари.
Aktivning amortizatsiyalanadigan summasi uning boshlang‘ich qiymatidan tiklash qiymatini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Banklarda AVga amortizatsiya ajratmalari bank xarajatlariga o‘tkaziladi, Dt 56600-Eskirish xarajatlari, Kt 16511- Binolar va boshqa imoratlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) Banklarda av quyidagi holatlarda hisobdan chiqarilishi mumkin:
- to‘liq jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirganda: - sotilganda: - qaytarib bermaslik sharti bilan berilganda: - fors-major hollarda: - kamomad va yo‘qotishlar aniqlanganda:
1. Aktivlardan foydalanish to‘g‘risida bank rahbariyati qaroriga ko‘ra, uni hisobdan chiqarish jarayonida hech qanday iqtisodiy foyda bermaganda.
a) bank binolari bo‘lsa, Dt 16511-Binolar va boshqa imoratlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv), Kt 16509- Bankning imoratlari - Binolar va boshqa qurilgan imoratlar .
b) 30908 -schetidagi mazkur AV ob’ektiga tegishli bo‘lgan qoldiq summasiga, Dt 30908- Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi, Kt 31203- Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv).
2. Agar, bankning transport vositasi sotilganda, sotib oluvchi asosiy vositani to‘liq rasmiylashtirgandan so‘ng, uning qiymatiga, Dt 19909- Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar hisobvarag‘i, Kt 16529- Transport vositalari.
3. Agar, bank tomonidan sotilayotgan AVga xaridor tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirilsa,
a) aktivning sotish summasiga, Dt 16103- Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar, Kt 29802- Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar.
b) bank tomonidan sotilayotgan transport vositasining sotish qiymati uning qoldiq qiymatidan yuqori bo‘lsa, u holda, Dt 29802- Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar - sof tushum summasi, Dt 45909- Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda - farq summasi, Kt 16529- Transport vositalari - qoldiq qiymati.
v) agar, bank tomonidan sotilayotgan transport vositasining sotish qiymati uning qoldiq qiymatidan past bo‘lganda esa, u holda, Dt 29802- Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar - sof tushum summasi, Dt 55902- Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar –farq summasi, Kt 16529- Transport vositalari - qoldiq qiymati.
Do'stlaringiz bilan baham: |