6.Chet el valyutasidagi halqaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalar hisobi
Tovar va xizmatlarni eksport-import qilish bilan bog‘liq xalqaro hisob-kitob operasiyalari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro savdo palatasining bir xillashtirilgan qoida va tamoyillari hamda tegishli me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Tovar va xizmatlarni eksport-import qilish bilan bog‘liq xalqaro hisob-kitob operasiyalari vakolatli tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday operasiyalar amalga oshiriladigan ish uchastkasi mijozlar va xorijiy banklar bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnata oladigan, tez-tez yuzaga keladigan kelishmovchiliklarni xalqaro qoida va taomillarga muvofiq hal qilish yo‘llarini topa oladigan, yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlashni talab qiladi. SHuni hisobga olish zarurki, hisob-kitoblarni amalga oshirish vaqtida bank yo‘l qo‘ygan har qanday xato jarima va burdsizlik to‘lovi shaklidagi valyuta yo‘qotishlariga olib keladi.
Inkasso – bu eksportchining o‘z bankiga importchidan ma’lum miqdordagi summani olishni yoki ushbu mablag‘larni belgilangan muddatda to‘lab berilishi haqida tasdiq (aksept)ni olish to‘g‘risidagi topshirig‘idir. Xalqaro amaliyotda inkasso quyidagi turlarga bo‘linadi: sof inkasso va hujjatli inkasso.
Sof inkasso – bu pul majburiyatlari (masalan cheklar va veksellar) bo‘yicha mijozga tegishli bo‘lgan mablag‘larni olishdir. Hujjatli inkasso – bu mijozga tegishli bo‘lgan mablag‘larni tijorat hujjatlari (tovarlar etkazib berilganligi, ish va xizmatlar bajarilganligini tasdiqlovchi transport, sug‘urta hujjatlari va boshqalar) bo‘yicha olishdir. Quyidagi chizmada eksport operasiyalari bo‘yicha oldindan akseptlab to‘lanadigan hujjatli inkasso bilan hisob-kitoblar tartibi keltirilgan (2-chizmaga harang).
Hozirgi xalqaro savdoni kredit vositasi hamda to‘lovlarni ta’minlash va amalga oshirish chorasi bo‘lgan akkreditivsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Akkreditiv – bankning tovarlarni yoki xizmatlarni sotuvchiga muayyan pul summasini tovar jo‘natilganligi yoki shartnomadagi xizmatlar bajarilganligini tasdiqlaydigan tegishli hujjatlar o‘z vaqtida taqdim etilgan hollarda to‘lash haqidagi qat’iy majburiyatidir.
Экспортчи корхона
Хорижий корхона (импортчи)
1
Чет эл вакил банки
Ваколатли банк
3
6
3-chizma. Eksport operasiyalari bo‘yicha oldindan akseptlab to‘lanadigan hujjatli inkasso bilan hisob-kitoblar bo‘yicha hujjatlar aylanishi.
Bu erda,
Tovarlar etkazib beriladi; 2) Inkasso banka taqdim etiladi; 3) Inkasso chet el bankiga jo‘natiladi; 4) Importchi korxonaga to‘lov hujjatlari kelib tushganligi haqida xabar beriladi; 5) Inkasso importchi tomonidan akseptlanadi; 6) CHet el banki tomonidan mablag‘lar eksportchining banki vakillik hisobvarag‘iga kirim qilinadi; 7) Vakolatli banki mablag‘larni mijozi – eksportchi korxonaning valyutadagi tranzit hisobvarag‘iga kirim qilinish i izohlangan.
Махаллий импортчи корхона
Чет эл корхона (экспортчи)
1
5
2 4 6 7
Чет эл вакил банк
(Банк-бенефицар)
«А» банк
(Банк-эмитент)
3
8
4-chizma. Akkreditivlar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha hujjatlar aylanishi tartibi
Bu erda,
1) eksportchi va importchi o‘rtasida akkreditiv shartnomasi tuziladi; 2) eksportchining foydasiga akkreditiv hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risida ariza beradi; 3) bank-emitent akkreditivni xat orqali yoki telekommunikasiya vositalari orqali sotuvchi turgan mamlakatdagi banka topshiriqnoma bilan yoki akkreditivni tasdiqlashga vakolat berish bilan jo‘natadi; 4) bank-benefitsiar akkreditiv hisobvarag‘ini ochib, bu haqda sotuvchiga xabar beradi: 5) sotuvchi tovarlarni jo‘natadi; 6) akkreditiv shartnomasiga muvofiq tovarlar jo‘natilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi; 7) chet el banki mablag‘larni sotuvchining hisobvarag‘iga kirim qiladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: 8) akkreditiv muddati tugagandan keyin yoki amaldagi qonunchilik bo‘yicha boshqa hollarda ishlatilmagan summa sotib oluvchining bankiga qaytariladi: 9) bank-emitent kelib tushgan mablag‘larni mijozining hisobvarag‘iga kirim qilinishi izohlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |